Toshkentliklar yo'qmi?  ( 201554 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 ... 39 B


Ansora  03 Oktyabr 2009, 14:25:41

Shaharlarning ham ruhi bor deyishadi, Toshkent ham shunday shaharlardan biri.

O'tgan yillarda, İSESCO degan tashkilot tarafidan "Toshkent-İslom Dining Markazi", deb tanlangangan keyin İstambulda ham shu mavzuda sempozyum tashkil etildi. Sempozyumni Ankaradagi O'zbekiston Buyuk Elchiligi va İstambuldagi O'zbekiston Boshkonsulligi va Turkiyadagi bazi Davlat organlari tashkil etdi. Meni ham shu dasturda olib boruvchi qilib tanlashdi.

Bu men uchun qanchalar g'urur beruvchi bir kun edi, anglata olmayman. Dastur ohirida (5-6 soat davom etgandi) ovozim chiqmay qolgan, holim qolmagan, lekin sevinchdan qushday u yerdan bu yerga uchardim:) 

Dastur ohirida esa OSH berildi, 300 kishilik, somsalar, patirlar...

O'zbekistonimizni, Toshkentimizni Vatandan 5000 km uzoqda tanitishda men ham zarra bo'lsa o'z hissamni qo'sha olganim uchun juda baxtiyor bo'ldim. Bir navi Toshkent-i Azimga vafo qarzimni to'laganday bo'ldim. Toshkent menga juda ko'p narsani o'rgatdi....juda ko'p...

Rabbim dunyo turguncha Toshkentimizni bizlarga nasib etsin insholloh...

Qayd etilgan



Ansora  03 Oktyabr 2009, 14:58:27

O'qituvchilarimizdan biri Toshkentga birinchi marta kelishi bo'lib, undan O'zbek talabalar: "Domla sizga Toshkent yoqdimi", deb so'rashibdi.
Turkchada- "yoqmoq"- bizdagi "kuymoq", "yoqmoq" ma'nosida ishlatiladi.

Domla ham boshda, rosa boshlari bazi "o'zini bilmas militsiyonerlar" bilan baloga kirgani uchun: "Ha bolalalar shunaqangi yoqdi-ki asti qo'yaverasizlar", asosan cho'ntagimni yoqdi,  degan ekan:)

Qayd etilgan


Ansora  03 Oktyabr 2009, 15:07:23

Andijonlik bo'lganimiz uchun uyda Anjon shevasida gaplashardik. Endigina o'qishga kirgan paytlarim, dadam bilan uydan chiqib mahalladan yura boshladik. O'qishga ketayotgandik. Qo'shnilardan biri: "Zamirahon yo'l bo'lsin", deb so'rab qoldilar. Men ham: "Ha hola, Toshkentga, o'qishga", deb javob berdim. Dadam esa: Voy, Tashkentmi, Toshkent'mi deb kulgandilar. Bizda asosan Rus tilidagi "Tashkent", so'zi ishlatilardi, lekin men nimagadir hech qachon Tashkent, demaganman, doimo "Toshkent", derdim. Dadam, "qizim katta bo'lib, Til adabiyot fakultetiga ham o'qishlarga kirib, adabiy tilda gapiradigan bo'lib, qolibdi-da," deb o'zlaricha hazil qilgandilar:)

Qayd etilgan


Ansora  03 Oktyabr 2009, 15:27:27

Yana Turkiyalik domlalardan biri aytib bergandi. Birinchi marta O'zbek xonadoniga mehmonga borishlari ekan. Toshkent ayol-qizlari ham mashallah juda pishiriqlarga usta bo'lishadi. Dasturxonda somsadan torting, tort va turfa hil pechenyelar, meva-cheva, qand-qurs, hamma narsa bor ekan. Turkiyada esa bunday emas. Avval ovqat beriladi, ketidan choy, eng ohirida esa meva. Dasturxon tez tez o'zgarib turadi. Bizda esa o'zingiz bilasiz:)
Hullas domla, dasturxondagi hamma narsadan tatib ko'ra boshlabdilar. Yarim soat o'tmasdan, issiqqina chuchvara sho'rva kelibdi. 1 soatdan keyin palov...Bechora domla dasturxondagi narsalar bilan eng boshda qorinlari to'ydirib olganlari uchun keyingi ovqatlardan yeya olmabdilar:)
O'zlarindan keyin Toshkent'ga kelgan o'qituvchilarga doim shunday deb tayinlar ekanlar: "Mehmonda darrov to'yib olmanglar, asosiylari keyinroq keladi. Dasturxon qochib ketmaydi:))))

Qayd etilgan


Ansora  05 Oktyabr 2009, 00:10:11

Ziyovuddin, sizga yuqorida bahs etgan tadbirdan menga ham tekkan hadiya:


Qayd etilgan


Ansora  05 Oktyabr 2009, 02:26:25

Bir kuni yana dadam bilan metroda ketayotgan edik. Adashmasam 1 chi kurs bo'lishim kerak. Shirinsuhan ayol: Ehtiyot bo'ling, eshiklar yopiladi, keyingi bekat: "YOSHLİK" dedi. Bizni yonimizda turgan odam, Yashlık, dedi. Dadam ham Shahslik, deb tushunibdilar, menga qarab kuldilar. Men esa, odamning Turk ekanligini angladim va u kishiga salom berdim. U ham juda xursand bo'lib, men bilan qisqagina suhbatlashdi:) Bizni bekatimiz keyingisi bo'lgani uchun hayrlashdik.
Dadajonim o'zimni dadam, juda xursand bo'lgandilar, qizim juda zo'r Turkcha o'rganibdi, deb:)

Qayd etilgan


Ansora  05 Oktyabr 2009, 02:28:46

Yana Turk domlarlardan biri oilasi bilan metroda ketayotgan ekan, Alisher Navoiyda (peresyadka) almashish bo'lgan joyda: Yoshi ulug'larga joy bering, deyiladi-ku, shuni eshitishibdi va aaa qachon choy berisharkan, deb kuta boshlashibdi: :7 :7 :7

Qayd etilgan


Usmon  15 Dekabr 2009, 00:05:06

Salom barcha forumdoshlaga!!! Salomni qayoda beriwni bilmay, wuyoda post qoldiriwni ma'qul deb bildik ;D

Qayd etilgan


Ulugbek-Uz  15 Dekabr 2009, 13:22:45

Salom barcha forumdoshlaga!!! Salomni qayoda beriwni bilmay, wuyoda post qoldiriwni ma'qul deb bildik ;D

Ваалайкум салом!
Бормисиз Усмон? А­нди !seen демокчи булиб турувдикда :)
Аима дерди, халиги, Велком ту бск :)

Qayd etilgan