Buxoroliklarga savollar!  ( 30994 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B

Robiya  16 Yanvar 2008, 12:17:50

Assalomu alaykum!
 Hurmatli userlar siz bu mavzu orqali Buxoro viloyati urf-odatlari, marosimlari va boshqa o'zingizni qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishingiz mumkin. Buxorodan bo'lgan foydalanuvchilar javob berishga harakat qilishadi.

Qayd etilgan

Usmon  16 Yanvar 2008, 13:40:50

Assalomu alekum!!!
Ruxsatiz bilan boshlab bersam.
Buxoroliklarni boshqa viloyatdagilardan tubdan ajralib turadigan faqat o'zlariga xos urf-odatlari bormi?
Keyin, agar shevadayam o'zlariga xos so'zlar bo'lsa yozib yuborila, iltimos..

Qayd etilgan

Robiya  18 Yanvar 2008, 18:15:40

Assalomu alaykum!
 Ha, ayniqsa, to'ylarda bu farq yaqqol bilinadi. Masalan, bizda to'yga kuyovni jar bilan olib kelishadi (Olov yoqilgan 2 katta xodani ko'tarib). Atrofida kuyovjo'ralar qo'shiq aytib, o'ynab kelishadi. Keyin kelib kelinning oldiga borgungacha kuyovning 1-2 do'stlari ko'tarib olov atrofida aylantirishadi.

Qayd etilgan

zulayxo  19 Yanvar 2008, 10:55:34

Assalamu alaykum va rohmatulloh
Olov atrofida  aylantirish  :(
Buxorodigi mo'mina qizlaga qiyin bo'pti...

Qayd etilgan

NURIK  19 Yanvar 2008, 11:40:43

Salom . Yana tuydagi urf odatlar bilan bog'liq shunday odatcha xam borki , bunga kupchilik e'tibor bermasa xam kerak. Masalan kechqurun to'y tugagach , kelin aloxida mashinada ,kelin tomon qudalar bilan kuyovnikiga keladi . Kuyov kelinni mashinadan tushirip olish uchun unga peshvoz chiqqanida shu mashina egasini rozi qilishi kerak , yani u rozi bo'lgandagina kelinni tushishiga ruxsat beriladi . Bunda kuyov yonidan qanchadir miqdorda mashina egasiga pul xadya etadi ,buni esdan chqarmaslik kerak : ) 

Qayd etilgan

djepotai  19 Yanvar 2008, 11:59:45

Туй тугагач, демак шу кун кечаси туй булса, шу куннинг узида, съни туйдан кейин келинни куёвнинг уйига олиб келишади демокчисиз?! Билмадиму, келин сртаси куни срталаб олиб келинишини схши биламан, мумкин баъзи махаллаларда кандайдир бошкача хам одат булиши мумкин ...

Qayd etilgan

AbdurRohman  19 Yanvar 2008, 12:02:59

aga, bizdayam kelinni ertasi kuni opkelishadi. kelin kelganda kuyov kelinni ko'tarib olov atrofida aylanadi!

Qayd etilgan

NURIK  21 Yanvar 2008, 14:52:44

Bilishimcha boshqa ko'pgina viloyatlarda qiz uchun to'lanadigan qalin puli mavjud ekan, Buxoroda ham manashu odat bormi yoki bizda umuman yo'qmi? ???

Qayd etilgan

qaysar  21 Yanvar 2008, 15:40:19

aga, bizdayam kelinni ertasi kuni opkelishadi. kelin kelganda kuyov kelinni ko'tarib olov atrofida aylanadi!

Bechora yoshlar hayotlarini shirk bilan boshlayotganlarini anglamasalar ham kerak....

Iye, bunaqa odatla haliyam bormi?

Qayd etilgan

Usmon  21 Yanvar 2008, 15:54:29

aga, bizdayam kelinni ertasi kuni opkelishadi. kelin kelganda kuyov kelinni ko'tarib olov atrofida aylanadi!

Bechora yoshlar hayotlarini shirk bilan boshlayotganlarini anglamasalar ham kerak....
Off: Diydor opa, unaqamasde. Darrov shirk deb, yarim Buxoro shakkokka chiqib ketmasin. Sal yumshoqrode, axir bu odat faqat. Bu bilan otashparast bo'lib qolishmidi shekilli.  Chunki bu kimgadir o'xshash uchunmas, faqat ajdodlarga hurmat va an'ana yuzasidan bo'lsa kerak. VAllohi A'lam
2-off: So'raganimga pushaymonman :9

Qayd etilgan