XIII-XXI asr adabiyoti  ( 75565 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 B


Muhammad Amin  20 Yanvar 2008, 05:23:13

ALMAIY (1852-1891)
 
 

 
 

 
Almaiy Fazlulloh Mirjalol o`g`lining taxallusi bo`lib, bu so`z arabchada "sinchkov, ziyrak" degan ma`noni bidiradi.
Almaiyning tug`ilgan va vafot etgan yillari turli adabiyotlarda turlicha talqin qilinadi.
Almaiy Toshkentning Qo`shtut mahallasida tavallud topgan. U ta`limni Buxorodagi madrasada olgan.
Almaiy nafaqat o`zbek tilida, balki arab va fors tillarida ham ijod qilgan. U bu tillarga g`azallar bitgan. Almaiyning arab grammatikasiga oid "Avzona-l-jumu`" (Ko`plik vaznlari) deb nomlangan asari ham bor.
U tarjimonlik sohasida ham ijod qilgan. Hindlarning mashhur yodgorligi "Kalila va Dimna" asarini fors tilidan o`zbek tiliga o`girgan.
Almaiy xushnavis xattotlardan edi. U ayniqsa tirnoq bilan yozish usuli - Xatti noxuniyga usta bo`lgan.
Almaiyga "Ma`dani fazl - Qori Fazlulloh" deb sifat berilgan. Bu jumla Qori Fazlulloh ilm-u fazilat konidir degan ma`noni beradi. Odatda "Qori" so`zi ikki ma`noda ishlatiladi. Birinchisi "Qur`on"ni qiroat bilan o`quvchilarga nisbatan, ikkinchisi ko`zi ojiz kishilarga nisbatan. Almaiy har ikki jihatdan ham qori bo`lgan. U ham "Qur`on"ni yaxshi qiroat bilan o`qigan, ham go`dakligida sandalga tushib ketib, ko`z atrofi kuyib chandiq bo`lgan.
 

 

Qayd etilgan


Muhammad Amin  20 Yanvar 2008, 05:24:15

 MUHAMMADRIZO OGAHIY (1809-1874)
 
 

 
 

 


Ulug’ o’zbek shoiri, tarixnavis, tarjima maktabining asoschisi va davlat arbobi Muhammadrizo Ogahiy Xiva yaqinidagi Qiyot qishlog’ida Erniyozbek mirob oilasida (1809) tug’ildi. Uch yoshligida otasi o’lib, amakisi Munis tarbiyasida qoldi. 1829-yilda Munis vafotidan keyin Ogahiy bosh miroblik vazifasiga tayinlandi. 1857-yilda miroblikdan iste’fo beradi. Qolgan umrini ijodga bag’ishlaydi. 1874-yilda 65 yoshida vafot etadi.

Ogahiy ijodiy faoliyati davomida devon tuzdi (O’zFA ShI inv. â„– 938), 19 ta asarni o’zbek tiliga tarjima qildi (inv. â„– 1214; 809.), 5 ta tarixiy asar yozdi (inv. â„– 7474). U shoir sifatida Navoiy an’analarini davom ettirdi. "œTa’vizu-l-oshiqin" ("œOshiqlar tumori") nomli devon tuzgan. Unda 18.000 misra she’ri jamlangan, shundan 1.300 misrasi forsiy she’rlari. U 20 ga yaqin she’riy janrlarda asarlar yaratgan.

O’zbek mumtoz adabiyotida Ogahiy bilimdon siyosatchi, tarixchi sifatida ham yorqin iz qoldirgan. U "œRiyozu-d-davla" (1844), "œZubdatu-t-tavorix" (1845-1846), "œJome’u-l-voqeoti Sultoniy" (1856), "œGulshani davlat" (1865), "œShohidi iqbol" (1873) kabi tarixiy asarlar yozdi. Bu asarlarda Xiva xonlari Olloqulixon (1825-1842), Rahimqulixon (1843-1846), Muhammad Aminxon II (1846-1855), Sayyid Muhammadxon (1856-1865), Muhammad Rahimxon II (1865-1872) davridagi voqealar bayon qilingan. Mirxond, Xondamirning tarixiy asarlarini tarjima qildi.

Ogahiy tarjima maktabi yaratgan adib. Yigirmadan ortiq Sharq mumtoz adabiyoti namunalari Ogahiy tomonidan tarjima qilindi. Ular Nizomiyning "œHaft paykar" (nasr bilan), Sa’diyning "œGuliston", Kaykovusning "œQobusnoma", Mirxondning "œRavzatu-s-safo", Muhammad Mahriy Astrabodiyning "œTarixi Jahonkushoyi Nodiriy", Zayniddin Vosifiyning "œBadoe’u-l-vaqoye’", Mahmud G’ijduvoniyning "œMiftohu-t-tolibin", Muhammad Muqim Hirotiyning "œTaboqoti Akbarshohiy", Muhammad Yusuf Munshiyning "œTazkirayi Muqimxoniy", Rizoqulixon Hidoyatning "œRavzatu-s-safoyi Nosiriy", Husayn Voiz Koshifiyning "œAxloqi Muhsiniy", Muhammad Vorisning "œZubdatu-l-hikoyat", "œSharhi daloyilul-hayrot", Jomiyning "œYusuf va Zulayho", Badriddin Hiloliyning "œShoh va gado", Nizomiyning "œHaft paykar" kabi badiiy va axloqiy-falsafiy asarlardir.

Nashr qilingan asarlari:
Ogahiy. Ta’vizu-l-oshiqin. —T.: 1960;
Ogahiy. Asarlar (nashrga tayyorl. G’.Karimov va S.Dolimov). Olti jildlik -T.: 1971;
Ogahiy. Ishq ahlining tumori (nashrga tayyorl. F.G’anixo’jayev v.b.) . — T.: 1999.
 

 

Qayd etilgan


Muhammad Amin  20 Yanvar 2008, 05:24:44

 MOHLAROYIM NODIRA (1792-1842)
 

 
 

 
Taniqli shoira, davlat arbobi. Asl ismi Mohlaroyim, Andijon hokimi Rahmonqulibiy oilasida dunyoga keldi. 1808-yilda o’sha paytda Marg’ilon hokimi bo’lgan Amir Umarxonga turmushga chiqadi. 1810-yilda akasi Olimxon o’rniga taxtga chiqqan Umarxon bilan Qo’qonga keladi. 1822-yil Umarxonning fojiali vafotidan so’ng o’g’li Madalixon bilan birga Qo’qon xonligini boshqaradi. Madrasa, masjid, karvonsaroylar qurdiradi. Ilm ahliga rahnamolik, faqirlarga homiylik qiladi. 1842-yil Buxoro xoni Amir Nasrulloh tomonidan qatl etiladi.

Nodiraning she’riy merosi bir nechta devonlarining qo’lyozmalari (inv. â„– 7768, 660, 2090) orqali yetib kelgan.O’zbekcha she’rlarida Komila va forsiyda Maknuna taxalluslari bilan ham asarlar yaratgan. Uning 10.000 misraga yaqin asari yetib kelgan. G’azal, muxammas, ruboiy, fard kabi ko’plab janrlardan faol foydalangan. She’rlarida Navoiy, Fuzuliy, Bedil an’analarini davom ettirgan. Nodira g’azallarida firoq, dard iztiroblari samimiy bayon qilingan.

Nodira hayoti va ijodini o’rganish o’z davridanoq boshlangan. Hakimxon To’raning "œMuntaxabu-t-tavorix", Avazmuhammad Attorning "œTuhfatu-t-tavorix", Ishoqxon To’raning "œTarixi Farg’ona", Mushrifning "œAnsobu-s-salotin va tavorixi xavoqin" kabi tarixiy asarlarida, Uvaysiyning "œVoqeoti Muhammadalixon", Nodir-Uzlatning "œHaft gulshan" nomli dostonlarida Nodiraning iqtidori, faoliyati borasida qimmatli ma’lumotlar bayon etilgan.

Andijonda shoira nomiga shahar markazidagi shohko’chalardan biri, kinoteatr va boshqa madaniy muassasalar qo’yilgan.


Nashr qilingan asarlari:
Nodira. Devon. —T.: 1963;
Nodira. Ey, sarvi ravon. —T.: 1992;
Komila —Nodira. —T.: 2002.
 

Qayd etilgan


Muhammad Amin  20 Yanvar 2008, 05:25:09

JAHON OTIN UVAYSIY (1780-1845)
 
 

 
 

 
Atoqli shoira, o’zbek shoirlari murabbiysi Jahonotin Uvaysiy Marg’ilonda tug’ilgan. Otasi Siddiq bobo ikki tilda she’rlar yozgan. Onasi Chinnibibi otinoyi bo’lib, akasi Oxunjon hofiz sifatida mashhur edi. Uvaysiyni Hojixon ismli kosibga uzatishgan, biroq shaxsiy hayoti quvonchli kechmagan. U Nodira bilan hamdardlikda Qo’qonda xon saroyida yashay boshlaydi. 65 yoshligida Marg’ilonda vafot etadi.

Uvaysiyning 15.000 misraga yaqin she’riy asarlari mavjud. Uning bir devoni O’R FA ShIda saqlanadi (inv.â„–1837). Unga shoiraning g’azal, muxammas, musaddas, murabba’lari va "œShahzoda Hasan" hamda "œVoqeoti Muhammadalixon" dostonlari kiritilgan. Shoira devonining 3 nusxasi topilgan. "œShahzoda Hasan", "œShahzoda Husayn" kabi dostonlari mavjud, "œVoqeoti Muhammadalixon" nomli tarixiy asari tugallanmagan.

Uvaysiy hayoti va ijodi haqidagi ma’lumotlar uning asarida, ayrim tazkiralarda yetib kelgan. "œMajmuayi shoiron" tazkirasida (1821) ham shoira ijodiga munosabat bildiriladi.

Nashr qilingan asarlari:
Uvaysiy. Devon. —T.: 1963;
Uvaysiy. Ko’ngil gulzori. — T.: 1983.

 

 

Qayd etilgan


Muhammad Amin  20 Yanvar 2008, 05:25:43

MOHLAROYIM NODIRA (1792-1842)
 

 
Taniqli shoira, davlat arbobi. Asl ismi Mohlaroyim, Andijon hokimi Rahmonqulibiy oilasida dunyoga keldi. 1808-yilda o’sha paytda Marg’ilon hokimi bo’lgan Amir Umarxonga turmushga chiqadi. 1810-yilda akasi Olimxon o’rniga taxtga chiqqan Umarxon bilan Qo’qonga keladi. 1822-yil Umarxonning fojiali vafotidan so’ng o’g’li Madalixon bilan birga Qo’qon xonligini boshqaradi. Madrasa, masjid, karvonsaroylar qurdiradi. Ilm ahliga rahnamolik, faqirlarga homiylik qiladi. 1842-yil Buxoro xoni Amir Nasrulloh tomonidan qatl etiladi.

Nodiraning she’riy merosi bir nechta devonlarining qo’lyozmalari (inv. â„– 7768, 660, 2090) orqali yetib kelgan.O’zbekcha she’rlarida Komila va forsiyda Maknuna taxalluslari bilan ham asarlar yaratgan. Uning 10.000 misraga yaqin asari yetib kelgan. G’azal, muxammas, ruboiy, fard kabi ko’plab janrlardan faol foydalangan. She’rlarida Navoiy, Fuzuliy, Bedil an’analarini davom ettirgan. Nodira g’azallarida firoq, dard iztiroblari samimiy bayon qilingan.

Nodira hayoti va ijodini o’rganish o’z davridanoq boshlangan. Hakimxon To’raning "œMuntaxabu-t-tavorix", Avazmuhammad Attorning "œTuhfatu-t-tavorix", Ishoqxon To’raning "œTarixi Farg’ona", Mushrifning "œAnsobu-s-salotin va tavorixi xavoqin" kabi tarixiy asarlarida, Uvaysiyning "œVoqeoti Muhammadalixon", Nodir-Uzlatning "œHaft gulshan" nomli dostonlarida Nodiraning iqtidori, faoliyati borasida qimmatli ma’lumotlar bayon etilgan.

Andijonda shoira nomiga shahar markazidagi shohko’chalardan biri, kinoteatr va boshqa madaniy muassasalar qo’yilgan.


Nashr qilingan asarlari:
Nodira. Devon. —T.: 1963;
Nodira. Ey, sarvi ravon. —T.: 1992;
Komila —Nodira. —T.: 2002.
 

Qayd etilgan


Muhammad Amin  20 Yanvar 2008, 05:26:10

MUHAMMAD RAHIMXON II FERUZ (1844-1910)
 

 
Feruz shoh-shoir. Xiva xoni. Adabiyot va san’at rahnamosi, musiqashunos, mohir sozanda va bastakor, san’atkor ham talabchan muxlis bo’lgan.

Shoir she’riyatining bosh mavzui — ishq. Uning "œUl oy vasfini vird etsam zabonda", "œOlsa jonim qoshu ko’zing, ikki lab", "œSoldi olam ichra g’avg’o, ey malaksiymo, ko’zing", "œGulshan ichra sarv yoxud ul qadi mavzunmudur" kabi ishqiy g’azallari juda mashhur.

Nashr qilingan asarlari:
Feruz Muhammad Rahimxon. Ne bo’ldi, yorim kelmadi. Toshkent, 1991.
Feruz Muhammad Rahimxon. Ne bo’ldi, yorim kelmadi. Toshkent, 1994.
Feruz. Elga shohu ishqqa qul. Toshkent.

 

Qayd etilgan


Muhammad Amin  20 Yanvar 2008, 05:26:41

AHMAD TABIBIY (1869-1911)
 

 
 

 
Tabibiy Xorazm adabiy muhitiga mansub shoir. Tabibiy ijodida tazkiranavislik an’analari o’z rivojini topdi.

Tabibiy lirik shoir. Uning uchta o’zbekcha va ikkita forscha devoni ma’lum va mashhur.

Tabibiy san’atshunos, musiqashunos va xattot sifatida ham shuhrat qozongan.

Nashr qilingan asarlari:
Tabibiy. Tanlangan asarlar. Toshkent, 1968.

 

Qayd etilgan


Muhammad Amin  20 Yanvar 2008, 05:27:12

SIDDIQIY AJZIY (1864-1927)
 
 

 
Siddiqiy Ajziy 1864-yilda Samarqandda tug’ilgan. Madrasa ta’limini olgan.

U 1890-yillarning oxirida Makkaga boradi. 1900-yilda Rusiyaning Jiddadagi elchixonasida tarjimonlik qilgan. Shoir 1901-yilda ona yurtiga qaytadi va yangi tipdagi maktab ochadi...

U keng ommani ma’rifatga boshlash, haq-huquqini anglatishni adabiyotning bosh mavzui deb bildi. Millatni o’z ahvolini anglashga, dunyo bilan barobar yashamoqqa chaqirdi.

Siddiqiy 1919-yilda Samarqand viloyati adliya bo’limi mudirining o’rinbosari, keyinroq esa bo’lim mudiri bo’lib ishladi.

1922-yilda yana asl kasbi muallimlikka qaytdi. 1927-yilda vafot etadi.

Shoir adabiy merosi professor B.Qosimov tomonidan to’plab, nashr qilingan. "œAynu-l-adab" ("œOdob ko’zi", Samarqand, 1916, o’zbekcha), "œGanjinayi hikmat" ("œHikmat xazinasi", Samarqand-Toshkent, 1914, tojikcha) she’riy to’plamlari, "œMir’oti ibrat", "œAnjumani arvoh" kabi poemalari, publitsistik maqolalari, Gogol "œShinel"i tarjimasi, hikoyalari ijodining serqirraligidan dalolat beradi.

She’rlari Kavkazda "œMulla Nasriddin", "œDirilik" jurnallarida bosilgan.

Nashr qilingan adabiyotlari:
Siddiqiy Ajziy. Tanlangan asarlar. T., 1973.
Ajziy. Mir’oti ibrat. To’plamda: Milliy uyg’onish. T., 1993, 96-107 betlar.
Ibrat, Ajziy, So’fizoda. Tanlangan asarlar. T.: Ma’naviyat, 1999.
 

Qayd etilgan


Muhammad Amin  20 Yanvar 2008, 05:27:37

KARIMBEK KAMIY (1865-1922)
 
 

 
Karimbek Sharifbek o’g’li Kamiy — Milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyoti birinchi davriga mansub shoirlardan biri.

Kamiy 1865-yilda Toshkentning Sebzor dahasida tug’ildi. Dastlabki ta’limni Mozorxon mahallalik Mansurxon domladan oladi. Keyin "œBeklarbegi" madrasasida o’qidi. Oila qurmagan. 1922-yilda o’zi tug’ilgan hovlida vafot etgan.

Kamiydan bizga olti ming misraga yaqin she’riy hamda nasriy asarlar va o’zi tuzgan bir necha qo’lyozma bayozlar saqlanib qolgan.

She’rlarining aksariyat qismi an’anaviy ishqiy mavzuda. Shunga qaramasdan, ma’rifatparvarlik va ijtimoiy she’rlari ham borki, bular shoir ijodining bosh yo’nalishlarini tashkil etadi.
 

Qayd etilgan


Muhammad Amin  20 Yanvar 2008, 05:28:15

AVAZ O`TAR O`G`LI (1884-1919)
 
 

 
Avaz O`tar o`g`li 1884-yilda Xivada tug`ilgan. U demokratik va ma`rifatparvarlik ruhidagi she`rlari bilan ajralib turadi.
Uning otasi asli kasbi sartaroshlik bo`lsa-da, uning adabiyotga mehri bo`lakcha edi. U o`sha zamonning yetuk shoirlaridan Ogahiy, Komil bilan ko`p bora adabiy suhbatlar qurar edi. Bu esa yosh Avazda adabiyotga bo`lgan mehrning juda erta rivojlanishiga olib keldi.
Usta Avazni sakkiz yoshida maktabga berdi. So`ngra Avaz o`qishni madrasada davom ettirdi.
U Navoiy, Fuzuliydan tortib o`z zamonining ko`zga ko`ringan shoirlari Komil, Munis, Ogahiyning she`rlarini ham muntazam mutolaa qilib boradi. Aynan shu she`rlar ta`sirida u ham ijod qila boshlaydi. Va tez orada xalq tiliga tushadi. Bundan xabar topgan Muhammad Raxim II uni saroyga taklif qiladi. U saroyda Ahmad Tabibiy ismli shoir bilan birgalikda ijod qila boshlaydi.
Biroq saroy hayoti Avazga yoqmaydi va ota kasbi sartaroshlik bilan hayot kechira boshlaydi.
U saroy ahlini o`z she`rlarida fosh eta boshlagach, xon unga ikki yuz darra urdiradi. Keyin uni jinniga chiqarishib, Xivadagi Boboeshon mozorida qattiq nazorat ostida tutishadi.
1909-yilning yozidan to qish chillasigacha mozorda qolib ketgan Avaz xonlikni hajv qilib, she`rlar yozishda davom etdi.
Muhammad Rahim II dan keyin Xiva taxtiga o`tirgan Isfandiyorxon ham uni o`ziga dushman bilib, ta`qib qilishni davom ettiradi. Shu kabi qiynoqlarga dosh bera olmasdan 1919-yilda o`ttiz besh yoshida u dunyodan ko`z yumadi.
Avaz O`tar o`g`lidan bizgacha yetib kelgan adabiy merosning talay qismini muhabbat mavzusi tashkil etadi.
Bunda tashqari u ma`rifatparvarlik yo`nalishida ham samarali ijod qilgan. Bular jumlasiga "Fidoyi xalqim", "Hurriyat", "Ulamolarga", "Maktab", "Til" kabi ijod namunalarini misol qilib ko`rsatish mumkin.
 

 

Qayd etilgan