1. Ma'lumki Abu Bakr Siddiq r.a.ning laqablaridan biri - Atiqdir. Abu Bakr Siddiq nima uchun bu laqabni olganlar?
2. Hazrati Umarning "Foruq" laqabini olishlariga sabab bo'lgan voqea qaysi edi?
Assalamu alaykum.
1.Abu Bakr (roziyallohu anhu) yuzlarining go'zalligi va avvaldan yaxshi ishlarni yaxshi ko'rganlari uchun "atiq" deb nomlanganlar.. Ba'zi rivoyatlarga ko'ra onalari Abu Bakr(roziyallohu anhu) dan oldin tug'ilgan bolalari olamdan o'tib ketavergani uchun ular tug'ilganlarida Ka'baning tagida quyidagicha duo qilgan ekanlar: ": «اللهم إن هذا عتيقك من الموت ، فهبه لي».
2. Umar (roziyallohu anhu)ni birinchi islomga kirgan kunlarida Payg'ambarimiz(sollalohu alayhi va sallam) "al-Foruq_ deb nomladilar. Chunki Alloh Ta'alo Umar (roziyyallohu anhu) bilan kufr va iymon orasini ajratdi..