Ziyo-Uz BukToPuHaCu  ( 2417590 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 326 327 328 329 330 331 332 333 334 335 336 ... 500 B

Y_U_R_I_S_T  18 Mart 2009, 10:37:39

Zamiraxon savoli:

Savol: Qaysi shahar haqida quyidagicha gap aytiladi?
 Agar sen ....ga kelmagan bo'lsang, to'nkasan. Agar kelgan bo'lsangu, zavqlanmagan bo'lsang, eshaksan. Agar u yerdan o'z ixtiyoring bilan ketgan bo'lsang, tuyasan.

Qayd etilgan

Y_U_R_I_S_T  18 Mart 2009, 10:43:00

Abdullоh savoli:

Savol: Qaysi asrdan boshlab fir'avnlar tomonidan piramidalar qurdirish to'xtatilgan va nima uchun?

Qayd etilgan

Y_U_R_I_S_T  18 Mart 2009, 10:48:25

Zamiraxon savoli:

Savol: Qaysi shahar haqida quyidagicha gap aytiladi?
 Agar sen ....ga kelmagan bo'lsang, to'nkasan. Agar kelgan bo'lsangu, zavqlanmagan bo'lsang, eshaksan. Agar u yerdan o'z ixtiyoring bilan ketgan bo'lsang, tuyasan.

Afina

Qayd etilgan

Zamiraxon  18 Mart 2009, 13:04:57

Savol:
Uning balandligi 34sm, vazni 3,85kg. U qora marmarga o'rnatilgan bo'lib, tilla suvi bilan qoplangan. Uning eskizini Sedrik Gibbons bir yig'ilish paytida yon daftarchasiga zerikkanidan chizib o'tirgan. U nima?

Qayd etilgan

Zamiraxon  18 Mart 2009, 13:28:38

Savol:
" .... qorachadan kelgan, o'rta bo'yli, turk lafzli odam edi. Fors tilini yaxshi bilar edi. Sulton arslonlar orasida eng kuchli sher edi. Bir so'zli, kek saqlamaydigan, ochiqko'ngil, to'g'ri odam bo'lgan. U jiddiy shaxs edi. Hech qachon kulmasdi" deb yozib qoldiradi shu savolda berkingan buyuk shaxsning shaxsiy kotibi, tarixchi Nasaviy. U kim?

Qayd etilgan

Y_U_R_I_S_T  18 Mart 2009, 15:48:35

Savol:
Uning balandligi 34sm, vazni 3,85kg. U qora marmarga o'rnatilgan bo'lib, tilla suvi bilan qoplangan. Uning eskizini Sedrik Gibbons bir yig'ilish paytida yon daftarchasiga zerikkanidan chizib o'tirgan. U nima?

Oskar mukofoti

Qayd etilgan

Abdullоh  28 Mart 2009, 12:07:53

1. Ma'lumki Abu Bakr Siddiq r.a.ning laqablaridan biri - Atiqdir. Abu Bakr Siddiq nima uchun bu laqabni olganlar?

Javob: Abu Bakr Siddiq. Ahmad Lutfiy Qoznchi kitobidagi rivoyat:

Farzandi har qancha ulg‘aysa—da, ona uchun u baribir bola. Ummulxayrning ham nazaridan bir muddat bo‘lsin o‘g‘li nari ketmaydi. O’ttiz sakkizga chiqqan, tijoratda yaxshi va halol inson kishisi bo‘lib tanilgan o‘g‘lining so‘nggi paytlarda ancha o‘zgarib qolganini sezdi. Faqat unga bo‘lgan qat’iy ishonchi unga nimadir bo‘layotganidan xavotirga tushishga mo’nelik qilardi. Islomga oshkora da’vat boshlanishi bilan iymon keltirgan bechora mo‘minlarga ham azob davri boshlandi. Bu qiynoqlarni ruhida his qilgan hazrat Abu Bakr (r.a.) chorani ularni qullikdan qutqarishda deb o‘yladi. Shu kungacha to‘plagan davlatini Alloh taolo rizoligi uchun sarfladi. Azob chekkan qullarning xojalari bilan savdoga kirishdi. Bilol, Amr bin Fuqayra, Zubyona, Zimurra, Nahdiyya va Ummu Abas nomli ikki erkak , to‘rt ayol hazrat Abu Bakr (r.a.) tomonidan sotib olindi va darhol ozod qilinib, hurriyatga erishdilar. Mana shu payt, bir necha yil avval onasi tomonidan qo‘yilgan «Atiq» laqabi yana bir marotaba boshqa tomondan izohlanib, bahslashildi va azobda qolgan bechoralarni qutqarishi Alloh taolo tomonidan yuksak taqdirlandi. Rasululloh (s.a.v.): «Jahannamdan ozod kilingan insonni ko‘rish bilan baxtiyorlik his qiladiganlar bu odamga boqsinlar» deya hazrat Abu Bakrni ko‘rsatdilar.
«Atiq» bo‘lish (jahannamdan ozod etilish)ning yaqqol ko‘rinishi mana shu edi. Buni u insonlarning ozodlikka haqiqiy munosibligini va o‘zi hurriyatga chiqargan kishilardan hech narsa talab qilmaganligi bilan isbotladi. Amallarining barchasini u, Alloh taolo rizoligi uchun bajargandi. Alloh uchun qilganlarining ajrini bandasining qo‘lidan kutishga haqqi yo‘qligini bilardi. Bundan keyin ham shu fikr va niyatda qolib, hatto Bilol bin Abu Raboha ko‘ngil uchun emas, yuksak iymon ta’siridan «Payg‘ambarimiz» (s.a.v.) deyishidan baxtli edi.

Qayd etilgan

AbdurRohman  29 Mart 2009, 09:30:12

Savol:
" .... qorachadan kelgan, o'rta bo'yli, turk lafzli odam edi. Fors tilini yaxshi bilar edi. Sulton arslonlar orasida eng kuchli sher edi. Bir so'zli, kek saqlamaydigan, ochiqko'ngil, to'g'ri odam bo'lgan. U jiddiy shaxs edi. Hech qachon kulmasdi" deb yozib qoldiradi shu savolda berkingan buyuk shaxsning shaxsiy kotibi, tarixchi Nasaviy. U kim?

adashmasam Jaloliddin Maguberdi

Qayd etilgan

Y_U_R_I_S_T  30 Mart 2009, 13:10:01

Munavvara savoli:

 :as: o'yin to'xtab qolibdiku  :D

Savol:
 mashxur Isquvar Puaroni menimcha hamma ko'rgan bo'lsa k-k Valohu alam.
Shu film asarini yozgan Agata Kristi qandaydir ish qilganu va unga ilhom kelib ijod qilgan.
Savol: hurmatli forumdoshlar xo'sh bu qanday ish?

Savol tushunarli bo'ldi deb o'ylayman

Qayd etilgan

Zamiraxon  02 Aprel 2009, 13:13:08

Tog'ri :)

Qayd etilgan