Ziyo-Uz BukToPuHaCu  ( 2417927 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 ... 500 B


AbdulAziz  24 Sentyabr 2006, 22:06:09

Ziyo-Uz BukToPuHaCu: NATIJALAR

1.  Nargiza - 102 ball (43 savol, 22 avtojavob, 3 to'g'ri javob)
2.  AbdulAziz - 64 ball (14 savol, 10 to'g'ri javob)
3.  Nodi - 30 ball (6 to'g'ri javob)
4.  Laylo - 16 ball (1 savol, 3 to'g'ri javob)
5.  Doniyor - 16 ball (1 savol, 3 to'g'ri javob)
6.  Abdusalom - 15 ball (3 to'g'ri javob)
7.  Maknuna - 13 ball (3 savol, 2 to'g'ri javob)
8.  Shoxjahon - 11 ball (4 savol, 1 avtojavob, 1 to'g'ri javob)
9.  Shoir - 10 ball (2 to'g'ri javob)
10. Abdulsobir - 10 ball (2 to'g'ri javob)
11. Muxbir - 10 ball (2 to'g'ri javob)
12. Mubashshir - 10 ball (2 to'g'ri javob)
13. Qaysar - 5 ball (1 to'g'ri javob)
14. Shahina - 5 ball (1 to'g'ri javob)
15. Forumnnb - 5 ball (1 to'g'ri javob)
16. Mashhura - 3 ball (1 savol, 1 avtojavob)
17. Feruzabegim - 2 ball (2 savol)

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Sentyabr 2006, 22:06:20

Eng ko'p savol berganlar:

1.  Nargiza - 43 ta
2.  AbdulAziz - 14 ta
3.  Shoxjahon - 4 ta
4.  Maknuna - 3 ta
5.  Feruzabegim - 2 ta
6.  Mashhura - 1 ta
7.  Laylo - 1 ta
8.  Doniyor - 1 ta

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Sentyabr 2006, 22:06:39

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 1-10

Adabiyot
1. Qaysi asar epigrafida "Takabburlik bilan ham mehr-muhabbat qozonish mumkin" deya aytilgan?
Javob: Gabriel Garsia Markesning "Oshkora qotillik qissasi" asari

Adabiyot
2. "Alpomish" dostonida Ko'kaldosh mingan ot?
Javob: Ko'kdo'nan

Falsafa
3. Kim o'zini "birinchi faylasuf" deb e'lon qilgan?
Javob: Pifagor

Zoologiya
4. Eng tez uchadigan hasharot qaysi?
Javob: Ninachi eng tez uchuvchi hasharot hisoblanadi. Uning harakati tezligi 57 km/soatga yetadi.

Zoologiya
5. Eng katta kapalak qaysi?
Javob: Dunyodagi eng yirik kapalak Attacus Altas. Qanotlari yoyilganda 30 sm.ga yetishi bois ko'pincha ko'rganlar uni qush deb o'ylaydi.

Islom tarixi
6. Ma'lumki, Abdulloh ibn Mas'ud Ka'batullohda birinchi bo'lib qur'on tilovat qilgan sahoba hisoblanadi. O'shanda u qaysi surani tilovat qilgan edi?
Javob: Abdulloh ibn Mas'ud r.a. Ka'batullohda birnchi bo'lib Qur'on tilovat qilganida, "Ar-Rohman" surasini o'qigan.

Islom tarixi
7. "Fath" surasi nozil bo'lganda uni Rasululloh SAV birinchi bo'lib kimga o'qib berganlar?
Javob: Hazrati Umar r.a.ga

Islom tarixi
8. Sahoba Mus'ab ibn Umayrning islomiyatga qo'shgan ulug' hissasi nimadan iborat?
Javob: Madina ahliga Qur'oni karimni o'rgatganlar.

Islom tarixi
9. Qur'oni Karimning eng ohirgi nozil bo'lgan oyati qaysi suraning nechanchi oyati? Va uning ma'nosi qanday? (tarjimasi)
Javob: Qur'oni karimdagi eng oxirgi kalomi "Baqara" surasining 281-oyatidir:
Va (barchangiz) Allohga qaytariladigan kundan qo‘rqingiz! So‘ngra har bir jonga qilgan amali uchun to‘la jazo beriladi va hech kimga zulm qilinmaydi. (Manba: "Qur'on, tafsir va mufassirlar" kitobi)
Yana  boshqa manbalarga ko'ra, Moida surasining 3-oyati:
"Bugun men sizlarga diningizni komil, ne`matlarimni to`la qildim va Islomni din deb ixtiyor etdim"

Adabiyot:
10. Iste’dodli yozuvchi Ulug’bek Hamdamning «Isyon va itoat» romanidan savol:
«Bu — kuchli va ojizning it-mushuk bo‘ladigan joyi ekan. U yerda insoniyat yaratgan madaniyatdan asar ham yo‘q edi. Inson uning eshigini ochib kirar ekan, tug’ilgandan shu yoshgacha o‘ziga yuqtira olgan neki ezgulik bor hammasini yechib tashlab, ichkariga yalang’och badan, qaynoq qon oqib turuvchi vujud bilan kirar edi».
     Savol: Asarda tasvirlangan joy qayer?
Javob: Qamoqxona.

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Sentyabr 2006, 22:07:08

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 11-20

Kino
11. Jeki Chan so‘zining ma’nosi nima?
Javob: Gong-Konglik degan ma'noni bildiradi.

Adabiyot
12. "œGo‘ro‘g‘li" turkumiga kiruvchi oxirgi doston qaysi?
Javob: "Ero'gli" dostoni

Islom tarixi
13. Abu Bakr raziyallohu anhuning "Siddiq"dan tashqari yana qanday kunyalari bor edi?
Javob: Abu Bakrni "Atiq" (saqlangan) degan nom bilan ham chaqirishgan. Oisha r.a. rivoyat qiladilar: "Rasululloh s.a.v.: "Abu Bakr Allohning do’zaxdan saqlagan bandasidir" - dedilar. Ana shu kundan boshlab u "Atiq" nomini oldi. (Termiziy rivoyati) Bu hususda yana: "Nasabida aybsitadigan kamchlik bo’lmagani uchun uni "Atiq" deyishadi", degan qavl ham bor. Lekin ulug’ imomlar u zotni "Siddiq" deb nomlashga qaror qilishgan. Alloh rozi bo’lsin.
Ali ibn Abu Tolib deydi: "Alloh taolo Abu Bakrni O’zining rasuli tilida "Siddiq" deb nomladi".

Islom tarixi
14. Abu Bakr raziyallohu anhudan jami nechta hadis rivoyat qilingan?
Javob: Abu Bakr Siddiq r.a. nihoyatda kamgap, ko’p sukutli inson edilar. Shuning uchun ham u zotndan atiga 42 ta hadis rivoyat qilingan.

Islom tarixi
15. Sulaymon a.s. vafotlaridan keyin jinlar U Zotni sehrgar deyishgan. Bunga sabab nima edi? Va buni rad qilib Qur'oni Karimni qaysi surasidagi, qaysi oyatlar nozil bo'lgan?
Javob: Sulaymon a.s. davrida jinlar odamlarga sehr o'rgatib, qog'ozga yozib tarqatganlar. Sulaymon a.s. buni bilgach, hamma qog'ozlarni yig'ib tahtlari ostiga ko'mdirib qo'yadilar. U Zotning vafotlaridan keyin, jinlar uni kavlab olib:" Mana Sulaymon a.s. o'z tahtini sehr bilan boshqargan deyishadi. Shuning sababida yahudiylar u kishini payg'ambar deb tan olmaganlar. Muhammad s.a.v. Sulaymon a.s.ni payg'ambarlar qatorida tilga olganliklaridan keyin:"Agar Muhammad s.a.v. haq payg'ambar bo'lganida Sulaymonni payg'ambar demas edi. Sulaymon a.s. sehrgar, uni payg'ambar degan Muhammad s.a.v. ham sehrgar deyishadi. Shunda keyin  Qur'oni Karimning ushbu go'zal oyatlari nozil bo'ladi:
Bas, qachonki, Biz (Sulaymonga) o'limni hukm qilganimizda, uning o'limiga faqat asosini yeyayotgan kemiruvchi qurtgina dalolat qildi. Bas, qachonki, u qulab tushgach, jinlarga aniq bo'ldiki, agar ular g'aybni biluvchi bo'lganlarida bu xor qiluvchi azobda (mehnatda) qolmagan bo'lur edilar. (Saba' surasi, 14-oyat)
Shundan keyin esa ular Sulaymon payg'ambarni sehrgarga chiqardilar.
Buni rad qilib Qur'oni karimning ushbu oyati nozil bo'lgan:
Va Sulaymon davridagi shaytonlar (jinlar) aytgan narsalarga ergashadilar. Sulaymon kofir emas edi, balki odamlarga sehr o‘rgatadigan shaytonlar kofir edilar. Va Bobildagi Horut va Morut nomli farishtalarga tushirilgan narsalarga ergashadilar.— Holbuki, u farishtalar: «Biz faqatgina fitnamiz (ya’ni odamlarni aldab imtihon qilish uchun yuborilganmiz), bas, (biz aytgan narsalarni qilib) kofir bo‘lib qolma», demasdan turib hech kimga hech narsa o‘rgatmas edilar.— Va o‘shalardan (Horut va Morutdan) er-xotinning o‘rtasini buzadigan narsalar o‘rganadilar. (Lekin) ular (yahudiylar) Allohning iznisiz hech kimga zarar yetkaza olmaydilar. Va hech foydasiz, bil’aks zararli narsalarni o‘rganadilar. Axir (Allohning kitobi o‘rniga sehrni) almashgan kimsalarga oxiratda hech qanday nasiba yo‘q ekanini bilgan edilar-ku. Jonlarini naqadar yomon narsaga (ya’ni oxiratdagi mahrumlikka) sotganlarini bilsalar edi. (Baqara, 102-oyat)

Islom tarixi
16. Rasululloh s.a.v: "Sening oxirgi nasibang sut bo'ladi", - deya bashorat bergan sahobiy kim edi?
Javob: Ammor ibn Yosirga Rasululloh SAV "Seni yo'ldan adashgan bir guruh o'ldiradi. Oxirgi nasibang sut bo'ladi" deya marhamat qilganlar.

Islom
17. Qur'oni Karimning eng mashhur va oyatlarda ko'p kelgan sakkiz sifati va uning ma'nolarini keltiring.
Javob: Alloh taolo Qur'oni karimni bir necha sifatlar bilan zikr etgan. Jumladan:
1. Arabiy. Arab tilida, arabcha.
2. Mubin. Aniq. Bu sifat sifatlanuvchining sifatini yanada ta'kidlash uchun keladi.
3. Ajab. Odamlarni taajjubga soluvchi.
4. Muborak. Barakotli, tabarruk.
5. Zu zikr. Zikr qilinadigan, sharafli.
6. Musaddiq. O'zidan oldin nozil etilgan ilohiy kitoblarni ham tasdiqlovchi.
7. Hakim. Hikmatli.
8. Aziz. G'olib, quvvat va qudratli.
9. Karim. Karamli, karomatli, mukarram.
10. Majid. Ulug'.
11. Shifo. Hissiy va ruhiy shifobaxsh.
12. Rahmat. Qur'on Allohning rahmatidir.
13. Mav'iza. Nasihat.
14. Bushro. Xushxabar.
15. Bashir. Bashorat beruvchi.
16. Nazir. Ogohlantiruvchi.
17. Furqon. Haq bilan botilni ajratuvchi.
18. Burxon. Qiyomat kuni hujjat bo'luvchi. (Foydamizga yoki zararimizga)
19. Mushaf. Sahifalangan.
20. Tanzil. Nozil qilingan.

Islom
18. Qur'oni Karimda Qiyomat kunida qabrdan turguvchi kofirlar chigirtkalarga o'hshatilgan. Bu oyat qaysi suraning nechanchi oyati? Va ular nima uchun chigirtkalarga o'hshatilgan?
Javob: Bu xabar "Qamar" surasining 7-oyatida kelgan:
6-7. (Ey Muhammad), endi siz ulardan yuz o‘giring! Chorlaguvchi (Isrofil farishta) notanish bo‘lgan bir narsaga (ya’ni Qiyomatdagi kofirlar uchun dahshatli hisob-kitobga) chorlaydigan Kunda ular (kofirlar) ko‘zlari (qo‘rquvdan) quyiga boqqan hollarida go‘yo yoyilgan chigirtkalar kabi, qabrlaridan chiqib kelurlar!
Bu oyati karimaning mo'jizakorligini olimlar yana bir tasdiqlashdi. Aniqlanishicha, chigirtkalar bir joydan bir joyga kochishda juda ko'p sonli, gala-gala bo'lib borishar ekan. Ular hatto bir nech milliardlab yurishar ekan. Ularning uzunligi 38km, balandligi bir necha metrgacha yetar ekan. Bunadan tashqari chigirtkalar o'z tuhumlarini tuproq orasiga urug' singari joylashtiradilar va  vaqti yetgach, bir vaqtni o'zida tuproq orasidan millionlab chigirtkalar chiqishar ekan. Huddi, Ulug' Kunda insonlarning qabrdan birdaniga ko'tarilgani kabi.

Islom tarixi
19. Ashobi Badr 313 kishidan iborat edi. Ularning qanchasi muhojir va qanchasi ansoriy edi? Abu Jahl lashkari necha kishidan iborat edi?
Javob: Musulmonlarning ikki yuz o'ttiz oltitasi ansorlar, yetmish yettitasi muhojirlar edi. Abu Jahl qo‘shinida to‘qqiz yuz ellik kishi bo‘lib, yetti yuz tuya, yuztacha sovutlangan yugurik otlari bor edi.

Islom tarixi
20. Dajjol haqidagi sahih hadislarda uning qaysi sahobiyga o'xshab ketishi aytilgan?
Javob: Ibn Qatan r.a. Bu zot payg'ambarimizdan so'radilar:
- Dajjolning menga o'xshashi zarar qilmaydimi?
Rasululloh:
- Yo'q, sen musulmonsan, Dajjol esa kofirdir, dedilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Sentyabr 2006, 22:07:29

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 21-30

Qur'oni karim
21. Ikkinchisi yo'q ne bor?
Javob: Alloh taolo. "Ayting,"U - Alloh bittadir". (Ixlos,1)

Qur'oni karim
22. Uchinchisi yo'q ikki narsa ne?
Javob: Kecha va kunduz. "Biz kecha va kunduzni ikki belgi alomat qildik". (Isro,12)

Qur'oni karim
23. To'rtinchisi yo'q uch narsa ne?
Javob: Muso a.s.ning Hizrga aytgan uchta uzri.

Islom
24. Beshinchisi yo'q to'rt narsa ne?
Javob: Zabur, Tavrot, Injil va Qur'on.

Islom
25. Oltinchisi yo'q besh narsa nima?
Javob: Mo'minlarga farz qilingan besh vaqt namoz.

Qur'oni karim
26. Yetinchisi yo'q olti narsa nima?
Javob: Alloh taolo yeru osmonlarni yaratgan olti kun. "Biz osmonlar va yerni hamda ularning o'rtasidagi bor narsani olti kunda yaratdik". (Qof,38)

Qur'oni karim
27. Sakkizinchisi yo'q yetti narsa nima?
Javob: Yetti qavat osmon. "(Alloh)Yetti qavat osmonni ustma-ust qilib yaratgan Zotdir". (Mulk,3)

Islom
28.To'qqizinchisi yo'q sakkiz narsa nima?
Javob: Qiyomatda Alloh taoloning Arshini ko'tarib turuvchi sakkiz farishta.

Qur'oni karim
29. To'qqiz mo'jiza sohibi kim va bu mo'jizalar nima?
Javob: Muso a.s. ning to'qqiz mo'jizasi. (qo'l, aso, sahro, qadirg'och, to'fon, chigirtka, bit, qurbaqa va qon)

Qur'oni karim
30. O'ntaga ziyoda qilingan narsa nima?
Javob: Bir yaxshilikka qaytariladiga o'n yaxshilik. "Kim bir yaxshilik qilsa, unga o'nta qilib qaytarilur". (An'om,160)

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Sentyabr 2006, 22:07:45

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 31-40

Qur'oni karim
31. O'n bir kishi kim?
Javob: Yusuf a.s. o'n bir aka - ukasi.

Qur'oni karim
32. O'n ikkita mo'jiza nima?
Javob: Muso a.s.ning qavmi uchun otilib chiqqan o'n ikki chashma. "Eslang, Muso qavmi uchun suv tilaganida: "Asoyingni toshga urgin", dedik. Bas, unda o'n ikki chashma otilib chiqdi". (Baqara,60)

Qur'oni karim
33. O'n uch nafar kishi kim?
Javob: Yusuf a.s. ota-onasi va o'n bir aka-ukasi. "Men tushimda o'n bir yulduzni, yana quyosh va oyni ko'ribman". (Yusuf,4)

Qur'oni karim
34. Nafas oladi, lekin joni yo'q. U nima?
Javob: Tong. "Va nafas olayotgan tongga qasam ichurmanki... (Takvir, 18.)

Qur'oni karim
35. O'z sohibini olib yurgan qabr?
Javob: Yunus a.s.ning "qabrlari" baliq.

Qur'oni karim
36. Yolg'on gapirib jannatga kirgan kim?
Javob: Yusuf a.s.ning aka-ukalari.

Qur'oni karim
37. Ota-onasiz yaratilganlar?
Javob: Farishtalar, Odam a.s. Iyso a.s. Ismoil a.s.ning qo'chqorlari va Solih a.s.ning tuyalari.

Islom
38. Bir daraxt, o'n ikki shohi bor, Har shohida o'ttizta barg, har birida behsta meva, uchtasi soyada, ikkitasi oftobda. U nima?
Javob: Bir daraxt - bir yil.
O'n ikki shohi - o'n ikki oy.
O'ttizta barg - o'ttiz kun.(oy kunlari)
Har birida beshta meva - har kungi besh vaqt namoz.
Uchtasi soyada - bomdod, shom va hufton.
Ikkitasi oftobda - peshin va asr.

Islom tarixi
Javob: 39. Payg'ambarimiz Muhammad SAVning nechta qiz va o'g'illari bo'lgan? Ularni yoshiga qarab ketma-ket sanang.
Rasululloh s.a.v.ning to'rt o'g'il va to'rt qizlari bo'lgan,
Qizlari: 1. Ruqiya. 2. Zaynab. 3. Ummu Gulsum. 4. Fotima (r.a.)
O'g'illari: 1. Qosim. 2. Tohir. 3. Tayyib. 4. Ibrohim.(Ibrohim cho'rilari Moriyadan tug'ilgan.)

Geografiya
40. Qaysi davlatning 3 ta poytaxti bor?
Javob: Janubiy Afrika Respublikasi.
Pretoria (administrative); Cape Town (legislative); Bloemfontein (judicial)

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Sentyabr 2006, 22:07:57

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 41-50

Islom tarixi
41. Umar ibn Hattob r.a. Fil voqeasidan necha yil keyin tug'ilganlar?
Javob: Hazrati Umar r.a. fil yilidan 13 yil keyin tug'ilganlar. Ya'ni payg'ambarimiz SAVdan 13 yosh kichiklar.

Islom tarixi
42. Umar ibn Hattob r.a. Rasululloh s.a.v.dan necha yil keyin vafot etganlar?
Javob: Rasululloh SAV favotlaridan 13 yil keyin 63 yoshlarida vafot qilganlar.

Islom tarixi
43. Umar ibn Hattob r.a.ning to'qqiz otalarini sanang.
Javob: Hattob - Nufayl - Abduluzzo - Riyoh - Qurt - Raziy - Adiy - Ka'b

Islom tarixi
44. Umar ibn Hattob r.a. qaysi qabiladan edilar?
Javob: Umar ibn Hattob r.a. Quraysh qabilasidan bo'lganlar. Onalari tomonidan esa Bani Mahzum naslidan.

Islom tarixi
45. Umar ibn Hattob r.a.ning onalrini ismi nima, qaysi qabilaning qaysi naslidan bolganlar?
Javob: Onalari Hontama binti Hoshim. Quraysh qabilasining Bani Mahzum naslidan.

Islom tarixi
46. Umar ibn Hattob r.a.ning kunyalari va laqablari nima edi?
Javob: Kunyalari Abu Hafsa, laqablari Al-Foruq.

Islom tarixi
47. Umar ibn Hattob r.a.ning nechanchi otalarida ularning sulolasi Rasululloh s.a.v.ning sulolalari bilan birlashadi?
Javob: To'qqizinchi otalari - Ka'bda Payg'ambarimiz SAVning sulolalariga birlashadi.

Tarix
48. Gitler qaysi shaharda tug'ilgan?
Javob: Avstriyaning Branau shaharchasida.

Futbol
49. Futbol bo'yicha so'nggi jahon chempionatida "eng yaxshi yosh o'yinchi" kim bo'ldi?
Javob: 2006 yilgi Jahon Chempionatida Germaniya terma jamoasi xujumchisi, kelib chiqishi polyak bo'lgan Lukas Podolski "eng yaxshi yosh o'yinchi" bo'ldi.

Islom tarixi
50. Rasululloh SAVning vahiy kotiblari kim edi?
Javob: Muoviya va Zayd ibn Sobir r.a.

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Sentyabr 2006, 22:08:17

"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 51-60

Geografiya
51. AQSH bilan Rossiya o'rtasidagi eng qisqa masofa necha km tashkil qiladi? Va bu masofa AQSHning qaysi shahridan hisoblanadi?
Javob: AQSH va Rossiyaning o'rtasidagi eng yaqin masofa 4km tashkil qiladi. Bu masofa Alyaskadan hisoblanadi.

Islom tarixi
52. Azonning hozirgi tartibda aytilishi birinchi bo'lib qaysi sahobiyga bashorat qilingan? Va bu qay tarzda bashorat qilingan?
Javob: Bu tushda bashorat qilingan,lekin buni birinchi bo'lib Madinalik sahoba Abdulloh ibn Zayd r.a. ko'rganlar. Keyinchalik esa Hazrati Umar r.a. ham bu tushni ko'rganlarini aytadilar.

Futbol
53. O'zbek tiliga "Yuraklar" deb tarjima qilinadigan ("Hearts") futbol klubi qaysi davlat ligasida ishtirok etadi?
Javob: "Hearts" futbol klubi  Shotlandiya primer-ligasida ishtirok etadi.

Futbol
54. Kelib chiqishi ganalik bo'lgan, lekin AQSH terma jamoasi a'zosi bo'lgan vunderkind?
Javob: Kelib chiqishi ganalik bo'lgan, lekin AQSH sharafini himoya qilayotgan futbolchi Freddi Adu

Islom tarixi
55. "Diningizni yarmini bu ...dan o'rganinglar". Rasululloh s.a.v. bu hadislarida kim haqida aytganlar?
Javob: "Diningizni yarmini bu Humayrodan o'rganinglar" (Hadisi sharif). Bu savolning javobi Humayro, ya'ni Oisha r.a.

Futbol
56. "Ko'zoynakli kobra" laqabli futbolchi kim?
Javob: Edgar Davids

Islom tarixi
57. Hazrati Umar r.a: "Ayollar buningdek pahalavonni tug'ishdan ojizdirlar", - deganlarida qaysi sahobiyni nazarda tutganlar?
Javob: Xolid ibn Valid r.a.

Islom
58. Namozning eng afzal rukni qaysi?
Javob: Qiyom. Chunki unda ikkita farz bor: 1.Qiyom. 2.Qiroat.

Islom
59. Muborak Qur'oni Karimning to'rtdan biriga qaysi suralar tenglashtirilgan? Uchdan birigachi?
Javob: Qur'oni Karimni uchdan biriga "Ixlos" surasi tenglashtirilgan. To'rtdan biriga esa "Zalzala" va "Nasr" suralari tenglashtirilgan.

Islom
60. Rasululloh s.a.v. qaysi oyatni "oyatlar sayyidasi",- deganlar? Bu oyat qaysi surada va  nechanchi oyat?
Javob: Oyatal kursiy. Bu oyat "Baqara"surasining 255-oyati.

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Sentyabr 2006, 22:08:43

Javob berilmagan savollar:

Tarix
Feruzabegim: Shayboniyxonning ismi "Boburnoma" da nima deb berilgan va uning ma'nosi nima?

Tarix
Feruzabegim: Qaysi hukmdor XIX asrda Xiva shahrini devor bilan o'ratgan?

Islom tarixi
AbdulAziz: Hadisi sharifda:
"... Dajjol chiqishidan uch yil oldin qahatchilik bo'ladi... Birorta ko'kat unib chiqmaydi. Birorta uy hayvoni ham, yovvoyi hayvon ham qolmaydi. Alloh hohlagani bundan mustasno."
"Odamlar uz zamonda nimani iste'mol qilishadi?" deb so'rashdi.
Nabiy sallollohu alayhi vasallam nima deb javob berganlar?

Futbol
Shoxjahon: Saudiya Arabistoni terma jamoasi tarkibida eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchi kim?

Qayd etilgan


Shoxjahon12  25 Sentyabr 2006, 09:51:53



Futbol
Shoxjahon: Saudiya Arabistoni terma jamoasi tarkibida eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchi kim?

Javobni o'zim beraman: Muxammad Al- Deaya

Qayd etilgan