Ziyo-Uz BukToPuHaCu  ( 2421352 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 345 346 347 348 349 350 351 352 353 354 355 ... 500 B


Ansora  19 Oktyabr 2009, 13:31:05

29. Bursadan Ulug'bekning madrasasiga borgan va bizning tuproqlarda vafot etgan olim kim?

Qayd etilgan


Ansora  19 Oktyabr 2009, 13:36:13

30. Amerikadagi Atlantik Recordsning sohibi kim edi?

Qayd etilgan


Ansora  19 Oktyabr 2009, 13:38:57

31. Hayotimizning "voz kechib bo'lmasi" İNTERNETni kim kashf etdi?

Qayd etilgan


shoir  19 Oktyabr 2009, 13:56:28

28. Asli Sayyid bo'lib, Buxorodan Bursaga (Turkiyaning viloyati) kelib bu yerga dafn etilgan Amir kim?

Олимхон.

29. Bursadan Ulug'bekning madrasasiga borgan va bizning tuproqlarda vafot etgan olim kim?

Қозизода А умий

30. Amerikadagi Atlantik Recordsning sohibi kim edi?

Turk Ahmet Ertogan va ingliz Herb Abramson

Qayd etilgan


shoir  19 Oktyabr 2009, 13:58:11

31. Hayotimizning "voz kechib bo'lmasi" İNTERNETni kim kashf etdi?

Тим Бернерс-Ли (Tim Berners-Lee), Ларри А обертс (Larry Roberts), Винтон Серф (Vinton Cerf) и А оберт Ксн (Robert Kahn)

Qayd etilgan


Ansora  20 Oktyabr 2009, 11:53:44

A.alaykum. Shoir, Buxorodan Bursaga kelib, bu yerga dafn etilgan Amir Sultondir.
Sayyid Olimxon esa Qobilga ko'milganlar. Lekin qarindoshlari yani nabiralari Turkiyaning G'ozi Antep viloyatidalar.
Shu o'rinda Amir Sulton haqida qisqa ma'lumot berishni loyiq ko'rdim.

Asl  ismlari Muhammad Shamsuddin bo’lib, otalari Sayyid Amir Kulol Hazratlaridir. Buxoroda tug’ilganlari uchun Muhammad Buxoriy, Sayyid bo’lganliklari uchun Amir Buxoriy, Usmonli podshohi Yildirim Boyazidga kuyov bo’lganliklaridan keyin esa Amir Sulton (Emir Sulton) deb atala boshlanganlar. Amir Sulton 1376 sanasida Buxoroda tavallud topganlar. Nasllari Payg’ambarimizning nabiralari Hazrati Husaynga borib taqalishlari rivoyat qilinadi. Otalari Naqshibandiya tariqatining Nurbahshiya qo’liga mansubdirlar. İlmni avvalo otalaridan, qolaversa zamonalaridagi juda ko’p din olimlaridan oladilar. 7-8 yoshlarida onalari, 17-18 yoshlarida esa otalari vafot etadi. Otalarining "œEy og’lum Payg’ambarimizni otangdan, onangdan ko’proq yaxshi ko’rishing kerak, aslingla maqtanma, og’zigdan yolg’on so’z chiqmasin, ilm qayerda bo’lsa erinmay qidirib, o’rganishing kerak" degan nasihatlariga quloq tutgan holda Hajga yo’l oladilar. Amir Sulton Hazratlari Madinai Munavvarada qolmoqchi bo’lib niyyat qilgan kechalari tushlarida Payg’ambarimiz (S.A.V) va Hazrati Alini ko’radilar. U kishi ham odobla yonlariga borib, tiz cho’kdilar. Hazrati Ali Amir Sultonga: Ey og’lum! Senga Haq tarafidan jadding Muhammad (S.A.V)ning sunnatini, taqvo yo’li bilan Rum diyoriga borib (hozirgi Turkiya tuproqlari) o’rgatmog’ing ishorat bo’ldi. Sening oldingda 3 chiroq paydo bo’ladi. Bu chiroqlar qayerda ko’zdan yo’qolsa shu yerda  qolasan. Mozoring ham shu yerda bo’ladi. Amir Sulton Hazratlari uyqudan uyg’onib, demakki taqdiri ilohiy shunday ekan, deb yo’lga chiqdilar. Hazrati Alining aytgan 3 chiroqlari u kishiga yo’l ko’rsatdi.
Keyinchalik Amir Sulton Yildirim Boyazidning qizlari Hundi Fotima Sultonga uylanadilar.
Amir Sulton haqida juda ko’p ma’lumot bor aslida"¦Bir kun yana yozish nasib qilsin insholloh.
Amir Sulton Bursaning va qolaversa butun Turkiyaning ma’naviy ustozi sifatida seviladi. Qabrlari doimo ziyoratchilar bilan liq to’la. Biz ham Bursaga borganimizda u kishini ziyorat qilgandik. Makonlari shunaqangi huzur to’laki, inson hech ketgisi kelmaydi.
Rabbim sizlarga ham nasib qilsin insholloh.
Amir Sulton Hazratlarining qabrlari...





Qayd etilgan


Ansora  20 Oktyabr 2009, 11:56:13

Qozizoda Rumiy haqidagi savolga to'g'ri javob beribsiz, rahmat.

İnternet haqidagi javobingiz ham to'g'ri.

Qayd etilgan


Ansora  20 Oktyabr 2009, 12:08:34

Atlantik Records'ning sohiblariga kelsak, bu shahs va ajdodlari haqida qancha gapirsak shuncha oz. Atlantik Recordsni Ahmet Ertegun va akalari Hulusi Ertegun quradilar. Dadalari Mehmet Munir Ertegun Usmonli Davlati va Turkiya Jumhuriyatida diplomat bo'lganlar.
Eng qizig'i esa, Ahmet Ertegunning buvilari to Buxorolardan İstambulga kelib O'zbeklar Takyasini ochgan Shayh İbrohim Adham Hazratlarining qizi Oyisha Hamida Xonimdir.
Yani Ahmet Ertegun ona tarafidan O'zbek. Xozirgi kunda ham O'zbeklar takyasi faoliyatda. U yerda yana Shayh Hazratlarining evaralari Eda O'zbekqangay va oilalari yashaydi. Shayh Hazratlari juda sanatga oshufta inson bo'lgan ekanlar. Turkiyada "Ebru" yog'li qog'oz  sanatining rivojlanishiga katta hissa qo'shgan ekanlar. Eda O'zbekqangay ham Ebru sanati bilan dunyoning juda ko'p mamlakatlarida sanatlarini namoyish qilganlar.

O'zbeklar takyasi Ahmet Ertegun tarafidan restovratsiya qildirilgan ekan.



Qayd etilgan


shoir  20 Oktyabr 2009, 14:16:08

Javob berilmagan savollar:

21. Уолт Дисней Иккинчи жаҳон урушидаги ғалабаси шарафига СССА га қайси мультфильмни совға қилган?

25. Биринчи термометрни ким кашф қилган?

Qayd etilgan


shoir  20 Oktyabr 2009, 14:19:45

32. "Дамские пальчики" узум навини кспчилик схши билади. Унинг асл номи нима?

Qayd etilgan