Savol:
Muhammadning s.a.v. eng sevimli nabiralari, Hazrati Ali va Hazrati Fotimalarning r.a. farzandi arjumandlari Imom Hasaning qotili kim?
Va bu qotil qaysi sahobiy tomonidan yollangan?
Assalomu alaykum Nargiza opa!
Hazrat Ali, hasan va Husayn r.a.lar haqida juda ko'p rivoyatlar mavjud.
Lekin ulardan ko'pchiligini shia roviylari to'qib chiqarishgan va ko'pincha noxolis baho berishgan.
Shia roviylariga ko'ra hazrati Hasan Muoviya r.a. buyrug'iga binoan o'ldirilgan.
Lekin aslida Hazrati Hasan hokimiyatdan voz kechgach, Madinaga ko'chib borganlar va umrlarining oxirigacha shu yerda yashaganlar.
Nargiza opa siz olgan manba sahihmi?
Va alaykum assalam.
Men o'qigan manbaa sahih ekanligini aniq bilmayman.
Lekin Ali r.a. va u zotni o'g'illari o'ldirilganligi haqda juda ko'p o'qiganman.
Balki bu narsalar siz aytgandek shunchaki rivoyatdir.
Yanglishgan bo'lsam Alloh taolo mag'firat qilsin.
Agar sizda sahih ma'lumotlar bo'lsa bizga ham bildirarsiz.
Lekin Rasululloh s.a.v. avlodlari Hasan va Husayn r.a. larning halifalikdan voz kechishlariga nimz sabab bo'lgan ekan?
Balki sizdan Husayn r.a. ni ham o'ldirilmagani haqda ma'lumotlar bordir.Agar shunday bo'lsa kutib qolaman.