Ziyo-Uz BukToPuHaCu  ( 2417353 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 62 ... 500 B


Laylo  18 Fevral 2007, 16:58:48

Savol. Islom tarixi.

Rasululloh s.a.v. bir sahobiyga:"Ummatim orasida halol va haromni eng yahshi biluvchi inson',-deya ta'rif berganlar.
Bu sahobiy kim edi?


Abdulloh ibn Mas'ud vallohi a'lam

Qayd etilgan


mutaallimah  19 Fevral 2007, 02:44:42

ASSALOMU ALAYKUM
Sahoba Abdulloh ibn Mas'ud .....<<Men paygambarimiz Muhammad alayhissalomninig ashoblari orasida dunyoga mehr quygan inson yuq deb uylardim hattoki uhud jangidagi bir oyat tushgunicha degan ekanlar >> u qaysi suraning qaysi oyati???

va alaykum assalom!

Oli-Imron surasining 152-oyati, vallohi a'lam:
152. Alloh o‘z va’dasining ustidan chiqdi — sizlar Uning izni bilan kofirlarni qira boshladingiz. To sustkashlik qilib, (payg‘ambar alayhis-salomning) amru farmonlari borasida talashib-tortishgan va Alloh sizlar yaxshi ko‘rgan narsani (ya’ni g‘alabani) ko‘zingizga ko‘rsatib qo‘yganidan keyin payg‘ambarning amridan bosh tortgan paytingizgacha (bu ustunliklaringiz davom etdi). Orangizda dunyo istagan kishilar ham, oxirat istagan kishilar ham bor edi. So‘ngra sizlarni imtihon qilish uchun ularning (ustidan g‘alaba qilish o‘rniga mag‘lubiyat tomonta) burib yubordi. Endi gunohlaringizni afv qildi. Alloh iymon egalariga fazlu marhamat sohibi bo‘lgan zotdir.
Assalomu alaykum javobingiz tugri!!!!!!

Qayd etilgan


Süleyman  19 Fevral 2007, 08:02:07

Rasululloh s.a.v:".........qiyomat kuni ulamolarning imomi bo'ladi', deganlar. Bu sahobiy kim?

Abdullah bin Mes'ud

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Fevral 2007, 21:31:20

Birinchi hijriy yilning ilk kuni nechanchi melodiy yil,oy va kuniga to'g'ri keladi???

Rabbiul avvalning 8-kuni, melodiy 622 yil, 20 sentabr.

Qayd etilgan


mutaallimah  19 Fevral 2007, 21:35:05

Rasululloh s.a.v:".........qiyomat kuni ulamolarning imomi bo'ladi', deganlar. Bu sahobiy kim?
Assalomu alaykum.
Menimcha Abdulloh ibn Umar r.a bulsalar kerak.
Yana biladim Vallohi a'lam.

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Fevral 2007, 20:25:34

Assalomu alaykum!
Savol:

Oyisha r.a. ta'rifi bilan "o‘z qavmi uchun g‘oyat sharofatli ayol" bo'lgan, Rasulullohga turmnushga chiqqanidan keyin butun qavmi musulmon bo'lgan mo'minlar onasi kim edi?

Qayd etilgan


mutaallimah  21 Fevral 2007, 23:32:07

Assalomu-alaykum bu  bahtli ayol Bani mustaliq qabilasi sardorining qizi Juvayriya binti Horis edilar.

Qayd etilgan


mutaallimah  21 Fevral 2007, 23:40:54

 Quro'ni Karimning qaysi surasida Muso alayhissalomning mu'jizalari bayon qilingan .Va bu mu'jizalar nechta?

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Fevral 2007, 19:46:22

Assalomu-alaykum bu  bahtli ayol Bani mustaliq qabilasi sardorining qizi Juvayriya binti Horis edilar.

Va alaykum assalom!
Javobingiz to'g'ri.

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Fevral 2007, 19:55:27

Quro'ni Karimning qaysi surasida Muso alayhissalomning mu'jizalari bayon qilingan. Va bu mu'jizalar nechta?

Toha surasida, adashmasam, 3 ta mo'jiza edi vallohi a'lam

Qayd etilgan