Ziyo-Uz BukToPuHaCu  ( 2415567 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 68 69 70 71 72 73 74 75 76 77 78 ... 500 B


Nodi  29 Mart 2007, 12:20:03

Rasululloh s.a.v.ning eng sevikli farzandlari, Ali r.a. zavjalari, Imom Hasan va Shahidlar Sultoni deb ta'riflangan Imom Husaynning onasi bo'lgan Forima r.a. necha yoshlarida vafot etganlar?

27 yoshlarida, vallohi a'lam.

Qayd etilgan


Nodi  29 Mart 2007, 12:20:29

Mo'minlar onalarining eng yoshi ulug'i kim edi?

Hadicha r.a. vallohi a'lam

Qayd etilgan


Munira xonim  29 Mart 2007, 13:08:57

Rasululloh s.a.v.ning eng sevikli farzandlari, Ali r.a. zavjalari, Imom Hasan va Shahidlar Sultoni deb ta'riflangan Imom Husaynning onasi bo'lgan Forima r.a. necha yoshlarida vafot etganlar?


27 yoshlarida, vallohi a'lam.

Assalamu alaykum.
Javobingiz noto'g'ri.

Qayd etilgan


Munira xonim  29 Mart 2007, 13:09:30

Mo'minlar onalarining eng yoshi ulug'i kim edi?

Hadicha r.a. vallohi a'lam

Javobingiz noto'g'ri.
Yana bir harakat qilib ko'ring...

Qayd etilgan


mutaallimah  29 Mart 2007, 16:01:21

Assalomu alaykum Nargiza opa savolda hazrati paygambarimiz s .a.v nikohlariga olgan vaqtlarida eng yoshi ulug' bolgan onamizni soradingizmi,yoki eng kop yashagan ummul mo'miniynni soradingizmi .CHunki  hayot vaqtlarida nikohlarida bo'lgan eng yoshi ulug' onamiz Savda binti Zam'adir deyilgan. Adashgan bo'lsam Alloh kechirsin.

Qayd etilgan


Murod_bek  29 Mart 2007, 20:08:59

Assalomu Alaykum!
Rasululloh S.A.V vafot etganlariga Oysha r.a necha yoshda bo'lganlar?

Qayd etilgan


AbdulAziz  30 Mart 2007, 06:56:46

Bir g'azotdan qaytishayotganida Mo'minlar onasi Oyisha r.a.ni badnom qilish va Rasululloh s.a.v.ga g'amginlik yetkazish uchun munofiqlar Oyisha r.a.ga tuhmat qiladilar. Allohning sinovi tugagach, Oyisha r.a. Qur'oni Karim, Allohning ulug' kalomlarining guvohligida oqlanadilar.

Bu oyatlar qaysi suraning nechanchi oyatlari?


Nur surasining 11-21-oyatlari:

11. Shak-shubhasiz bu bo‘htonni (vujudga) keltirgan kimsalar o‘zlaringizdan bo‘lgan bir to‘dadir. Uni sizlar o‘zlaringiz uchun yomonlik deb o‘ylamanglar, balki u sizlar uchun yaxshilikdir Ulardan (ya’ni bo‘htonchilardan) har bir kishi uchun o‘zi kasb qilgan gunoh(ga yarasha jazo) bordir. Ularning orasidagi (gunohning) kattasini ko‘targan kimsa uchun ulug‘ azob bordir.

12. (Ey mo‘minlar), sizlar (bu bo‘htonni) eshitgan paytingizda, mo‘min va mo‘minalar bir-birlari haqida yaxshilikni o‘ylab:  «Bu ochiq bo‘hton-ku!» desalar bo‘lmasmidi?!

13. Ular (ya’ni Oishani bandom qilmoqchi bo‘lganlar o‘z da’volariga) to‘rtta guvoh keltirsalar bo‘lmasmidi?! Endi agar guvoh keltira olmasalar, u holda Alloh nazdida ular yolg‘onchidirlar.

14. Agar sizlarga dunyo va oxiratda Allohning fazlu-marhamati bo‘lmasa edi, albatta sizlarni tinmay so‘zlagan narsa — bo‘htonlaringiz sababli ulug‘ azob ushlagan bo‘lur edi.

15. O’shanda sizlar uni tildan tilga olib, og‘izlaringiz bilan o‘zlaringiz aniq bilmagan narsani so‘ylar va buni yengil ish deb uylar edingizlar. Holbuki u Alloh nazdida ulug‘ (gunohdir).

16. Uni eshitgan paytingizda: «Bu (mish-mishni) so‘zlash biz uchun joiz emasdir. Ey pok Parvardigor, bu ulug‘ bo‘hton-ku!» desangizlar bo‘lmasmidi?!

17. Agar mo‘min bo‘lsangizlar, hargiz unga o‘xshagan narsalarga qaytmasliklaringizni Alloh sizlarga pand-nasihat qilur.

18. Va Alloh sizlarga O’z oyatlarini bayon qilur. Alloh ilm va hikmat sohibidir.

19. Albatta iymon keltirgan kishilar o‘rtasida buzuqliklar yoyilishini istaydigan kimsalar uchun dunyoda ham, oxiratda ham alamli azob bordir. Alloh bilur, sizlar bilmassiz.

20. Agar sizlarga Allohning fazlu-marhamati va Allohning mehribon va rahmli ekani bo‘lmasa edi (albatta sizlarga bu qilmishlaringiz uchun azobni naqd qilgan bo‘lur edi).

21. Ey mo‘minlar, shaytonning izidan ergashmanglar! Kim shaytonning izidan ergashsa, bas, albatta (shayton) buzug‘lik va yomonlikka buyurur. Agar sizlarga Allohning fazlu-marhamati bo‘lmasa edi, sizlardan biron kishi (biron gunohdan) pok bo‘lmas edi. Lekin Alloh (fazlu-marhamati bilan) O’zi xoxlagan kishini poklar. Alloh eshitguvchi, bilguvchidir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  30 Mart 2007, 07:13:08

Assalomu Alaykum!
Rasululloh S.A.V vafot etganlariga Oysha r.a necha yoshda bo'lganlar?

Va alaykum asalom.
Hijratning ikkinchi yili Hz. Oyisha 9 yoshlarida Rasulullohga nikohlangan bo'lsalar, demak, Rasululloh SAV vafotlarida 17-18 yosh bo'ladilar, vallohi a'lam.

Qayd etilgan


Munira xonim  30 Mart 2007, 08:33:57

Assalomu alaykum Nargiza opa savolda hazrati paygambarimiz s .a.v nikohlariga olgan vaqtlarida eng yoshi ulug' bolgan onamizni soradingizmi,yoki eng kop yashagan ummul mo'miniynni soradingizmi .CHunki  hayot vaqtlarida nikohlarida bo'lgan eng yoshi ulug' onamiz Savda binti Zam'adir deyilgan. Adashgan bo'lsam Alloh kechirsin.

Va alaykum assalam.
Mastura, bu savolda Rasululloh s.a.v. nikohlariga olgan paytlarida eng yoshi ulug' ummul mo'miniynni so'ragandim.
Lekin siz bergan javobdan ikkilanib qoldim. Chunki men o'qigan kitoblarda eng yoshi ulug' bo'lgan va bu zotni yoshi ulug'liklarini Rasululloh s.a.v. hurmat qilib, hufton namozidan keyin ayollarini yo'qlash uchun ularni huzurlariga kirishni birinchi bo'lib shu onamizdan boshlaganliklari rivoyat qilingan.
Bu onamiz Hind binti Abu Umayya, ya'ni Ummu Salama.
Vallohi a'lam.

Qayd etilgan


Munira xonim  30 Mart 2007, 08:35:03

Bir g'azotdan qaytishayotganida Mo'minlar onasi Oyisha r.a.ni badnom qilish va Rasululloh s.a.v.ga g'amginlik yetkazish uchun munofiqlar Oyisha r.a.ga tuhmat qiladilar. Allohning sinovi tugagach, Oyisha r.a. Qur'oni Karim, Allohning ulug' kalomlarining guvohligida oqlanadilar.

Bu oyatlar qaysi suraning nechanchi oyatlari?


Nur surasining 11-21-oyatlari:

11. Shak-shubhasiz bu bo‘htonni (vujudga) keltirgan kimsalar o‘zlaringizdan bo‘lgan bir to‘dadir. Uni sizlar o‘zlaringiz uchun yomonlik deb o‘ylamanglar, balki u sizlar uchun yaxshilikdir Ulardan (ya’ni bo‘htonchilardan) har bir kishi uchun o‘zi kasb qilgan gunoh(ga yarasha jazo) bordir. Ularning orasidagi (gunohning) kattasini ko‘targan kimsa uchun ulug‘ azob bordir.

12. (Ey mo‘minlar), sizlar (bu bo‘htonni) eshitgan paytingizda, mo‘min va mo‘minalar bir-birlari haqida yaxshilikni o‘ylab:  «Bu ochiq bo‘hton-ku!» desalar bo‘lmasmidi?!

13. Ular (ya’ni Oishani bandom qilmoqchi bo‘lganlar o‘z da’volariga) to‘rtta guvoh keltirsalar bo‘lmasmidi?! Endi agar guvoh keltira olmasalar, u holda Alloh nazdida ular yolg‘onchidirlar.

14. Agar sizlarga dunyo va oxiratda Allohning fazlu-marhamati bo‘lmasa edi, albatta sizlarni tinmay so‘zlagan narsa — bo‘htonlaringiz sababli ulug‘ azob ushlagan bo‘lur edi.

15. O’shanda sizlar uni tildan tilga olib, og‘izlaringiz bilan o‘zlaringiz aniq bilmagan narsani so‘ylar va buni yengil ish deb uylar edingizlar. Holbuki u Alloh nazdida ulug‘ (gunohdir).

16. Uni eshitgan paytingizda: «Bu (mish-mishni) so‘zlash biz uchun joiz emasdir. Ey pok Parvardigor, bu ulug‘ bo‘hton-ku!» desangizlar bo‘lmasmidi?!

17. Agar mo‘min bo‘lsangizlar, hargiz unga o‘xshagan narsalarga qaytmasliklaringizni Alloh sizlarga pand-nasihat qilur.

18. Va Alloh sizlarga O’z oyatlarini bayon qilur. Alloh ilm va hikmat sohibidir.

19. Albatta iymon keltirgan kishilar o‘rtasida buzuqliklar yoyilishini istaydigan kimsalar uchun dunyoda ham, oxiratda ham alamli azob bordir. Alloh bilur, sizlar bilmassiz.

20. Agar sizlarga Allohning fazlu-marhamati va Allohning mehribon va rahmli ekani bo‘lmasa edi (albatta sizlarga bu qilmishlaringiz uchun azobni naqd qilgan bo‘lur edi).

21. Ey mo‘minlar, shaytonning izidan ergashmanglar! Kim shaytonning izidan ergashsa, bas, albatta (shayton) buzug‘lik va yomonlikka buyurur. Agar sizlarga Allohning fazlu-marhamati bo‘lmasa edi, sizlardan biron kishi (biron gunohdan) pok bo‘lmas edi. Lekin Alloh (fazlu-marhamati bilan) O’zi xoxlagan kishini poklar. Alloh eshitguvchi, bilguvchidir.


Assalamu alaykum.
Javobingiz to'g'ri.
Alloh ilmingizni ziyod qilsin...

Qayd etilgan