Ziyo-Uz BukToPuHaCu  ( 2417765 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 77 78 79 80 81 82 83 84 85 86 87 ... 500 B


mutaallimah  29 Aprel 2007, 23:55:49

Assalomu alaykum.
SAVOL:
Turkiya hukumati muslima qizlarga hijob bilan darslarga kirishlik huquqini nechanchi yil qaysi kundan boshlab qonuniy tarzda tasdiqlagan?

Assalamu alaykum.
Agar adashmasam bu kun...
1990 yil oktyabr oyining 25 kuni.
Vallohi a'lam.
Va alaykum assalom.
Alloh rozi bo'lsin javobingiz to'g'ri!!! Alloh ilingizni bundan ham ziyoda aylasin!!!

Qayd etilgan


mutaallimah  30 Aprel 2007, 00:00:12

Alloh ta'alo Qur'oni Karimda uning jazosi odam o'ldirishdan ham og'irroq deb zikr qilgan narsa nima?

Mastura, bu savolingizni biroz tushunmadim.
Uning jazosi odam o'ldirgan kishining jazosidan ham og'irroq deyilganmi yoki...boshqachami.
Assalomu alaykum.
Uzr bu savolni ozgina noto'g'ri berib qo'yibman. Ha uning jazosi odam o'ldirgan kishining jazosidan ham og'irroq deyilgan. Savolni xato berganim uchun uzr!

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 May 2007, 07:29:09

6. Hozirgi paytda Masjidul haramda bir vaqtning o'zida qancha musulmon namoz o'qiy oladi?

Masjidga sakkiz ming dona shamol parrak, 55 ming dona turli chiroqlar o‘rnatilgan. Masjidning umumiy maydoni 356 ming kv. metr. Shuncha joyga qancha musulmon sig'ishi mumkin?

To'g'ri javoblar bo'lmaganligi sababli o'zim javob berishga harakat qilaman

Hozirgi paytda Masjidul haramda bir vaqtning o'zida 1 milyon 120 mingga yaqin namozxon ibodat qila oladi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 May 2007, 07:31:53

8. islom olamining mashhur dorilfununi Al-azhar qachon va kim tomonidan tashkil etilgan?

«Al-Azhar» - arabchada «nur taratuvchi», «oy», «oydin rangli», degan ma'nolarni anglatadi. Misrda joylashgan dunyodagi eng keksa va salohiyatli Islom dorilfununi, jome' masjidi va madrasalardan iborat majmua shu nom bilan ataladi.

Bu dorilfunun Qohira shahri qurilishi bilan boshlangan.

Islom olamining mashhur dorilfununi Al-azhar fotimiylar sarkardasi Javhar Saqaliy tomonidan hijriy 358 (milodiy 969) yili Qohira bilan baravar qurila boshlangan.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 May 2007, 07:33:40

9. islom konferensiyasi tashkiloti qachon va qayerda tuzilgan?

Hozirgi paytda IKT 57 ta musulmon mamlakatni, shu jumladan, Falastin Ozodlik Tashkilotini birlashtirgan. O'zbekiston Respublikasi ham 1996 yildan boshlab IKTga a'zo bo‘lgan.

Bu Afrikadagi davlat...

Islom Konferensasi tashkiloti (IKT) - hukumatlararo xalqaro Islom tashkiloti hisoblanadi. Unga 1969 yili Islom mamlakatlari davlat va hukumat boshliqlarining Rabot (Marokash) shahrida bo‘lgan birinchi uchrashuvida asos solingan.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 May 2007, 07:49:35

Tarix
Amir Temur Misrga yurish qilgan paytda uning eng yaqin insonlaridan biri xiyonat qilib, dushman tomonga o'tib ketadi. U kim edi?

Sarkardaning nevarasi Amir Husayn.

Qayd etilgan


Shoxjahon12  01 May 2007, 19:45:43



Braziliya terma jamoasi va "Barselona" yarimhimoyachisi Ronaldinoning asl ismi nima?

Qayd etilgan


Murod_bek  01 May 2007, 19:50:08

Asslomu Alaykum!
Bir sahobiy bir ga'zotda 7 ta qilichni sindirgan.BU sahobiyning ismi nima?

Tog'ri javob:Bu sahoniyning ismlar Abu Dujona edi...

Qayd etilgan


ikbaljohn  01 May 2007, 22:41:35



Braziliya terma jamoasi va "Barselona" yarimhimoyachisi Ronaldinoning asl ismi nima?
Ronaldinoning asl ismi Ronaldo de Assis Moreira dir va u vatanida Ronaldinho Gaúcho ismi bilan mashxurdir!

Qayd etilgan


Shoxjahon12  02 May 2007, 10:08:44



Braziliya terma jamoasi va "Barselona" yarimhimoyachisi Ronaldinoning asl ismi nima?
Ronaldinoning asl ismi Ronaldo de Assis Moreira dir va u vatanida Ronaldinho Gaúcho ismi bilan mashxurdir!

To'g'ri..))

Qayd etilgan