Ziyo-Uz BukToPuHaCu  ( 2417003 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 114 115 116 117 118 119 120 121 122 123 124 ... 500 B


Laylo  04 Avgust 2007, 07:43:36

Yangi savollar:

1. Yurtimizning 3 ta shahrida Ulug'bek madrasasi mavjud. Ular qaysilar?

Yordam:
Bu madrasalardan
birinchisi Registon maydonida,
ikkinchisi Abduxoliq G'ijduvoniy maqbarasi qarshisida
uchinchisi Abdulazizxon madrasasi qarshisida joylashgan.

Shaharlarini toping.

Samarqand, G'ijduvon, Buxoro

Qayd etilgan


AbdulAziz  04 Avgust 2007, 10:35:49

6. Birinchi marta “Qahramon ona” ordenini kimga berishgan?

1 noyabr 1944 yil 12 farzandning onasi Aleksahina Anna Savelyevnaga berilgan.

Javob tog'ri.

“Qahramon ona” fahriy unvoni SSSR Oliy Sovetining prezidiumi tomonidan 1944 yilning 27 oktyabrida tasdiqlangan. 14 nafar “Qahramon ona”lar ichida 1-raqamli orden Moskva viloyatining Mamontoka qishlog‘ida yashovchi, 12 farzandni tarbiyalagan Anna Aleksaxinaga topshirilgan. Urush paytida uning 8 farzandi fronga ketib, 4 nafari halok bo‘lishgan. 1-raqamli orden 1944 yil 1 noyabr kuni Kremlda topshirilgan. Aslida 1-raqamli orden kommunist ayolga topshirilishi kerak bo‘lgan. Ammo nomzodlar ichida kommunistik partiya a’zolari topilmagan. Shundan keyingina ordenni partiyasiz Anna Aleksaxinaga topshirishga majbur bo‘lishgan. Anna ona qishloqdagi xarob kulba (barak)lardan birida yashagan. Ko‘pfarzandli onani Moskvadan qutlash uchun hukumat vakillari kelishi munosabati bilan kulbaga raykomdan mebel keltirilgan. Yuqoridan kelgan mehmonlar ketishi bilan esa mebel yana raykomga olib ketilgan.

Qayd etilgan


AbdulAziz  04 Avgust 2007, 10:36:57

4. Nima uchun AQSh prezidenti Vilyam Taftni "œKatta Bill" deb atashgan?
Vilyam Taft tabiatan juda ham yirik, to'la bo'lgan(140kgga yaqin).Xatto unga aloxida maxsus vanna o'rnatib berishgan.Oddiy vannalardan 2 marotaba katta bo'lgan

Javob tog'ri.

AQSh prezidentlari ichida eng og‘ir vaznlisi Shtatlarning 27-prezidenti V.Taft edi. Uning og‘irligi 352 funt bo‘lganligi bois uni "œKatta Bill" deb atashardi. Shuning uchun ham prezident uchun Oq Uyga katta narsalar buyurtma qilingandi: katta vanna, katta kreslo, avtomobil uchun mazsus eshik, og‘ir yuk tashishga mo‘ljallangan ot va h. Shunga qaramasdan Taft yaxshigina tennis o‘ynardi va qoyilmaqom tarzda raqsga tushardi. Va yana: V. Taft so‘nggi prezident sigirining va birinchi prezident avtomobilining egasi sifatida tarixga kirgan.

Qayd etilgan


AbdulAziz  04 Avgust 2007, 10:37:59

2. "œNapoleon" torti tarixini bilasizmi?

1912 yil Napaleon Moskvadan chiqib ketgan va shu munosabat bilan stol bezalganda yangi tort tortilgan va uni nomini "Napoleon" deb atashgan.

To'g'ri. Lekin napoleon Rossiyadan 1812 yili quvilgan. :)

1912 yili Moskvada Napoleon Bonapartning Rossiyadan quvilishi katta tantana bilan nishonlandi. Bu yubiley munosabati bilan turli pishiriqlar dasturxonga taqdim etildi. Bu yerda yangi pishiriq ham paydo bo‘lgandi. Krem bilan bezatilgan, Napoleonning mashhur shlyapasini eslatuvchi, uchburchak ko‘rinishli tort ko‘pchilikning e’tiborini tortgandi. O‘shanda hamma bu tortni Napoleon nomi bilan atagandi. Garchi hozirda bu pishiriq to‘g‘ri to‘rtburchak ko‘rinishiga ega bo‘lsa-da, hamon "œNapoleon" nomi bilan ataladi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  04 Avgust 2007, 10:38:39

Yangi savollar:

1. Yurtimizning 3 ta shahrida Ulug'bek madrasasi mavjud. Ular qaysilar?

Yordam:
Bu madrasalardan
birinchisi Registon maydonida,
ikkinchisi Abduxoliq G'ijduvoniy maqbarasi qarshisida
uchinchisi Abdulazizxon madrasasi qarshisida joylashgan.

Shaharlarini toping.

Samarqand, G'ijduvon, Buxoro

To'g'ri.

Qayd etilgan


Muslimа  04 Avgust 2007, 11:00:12

Savollar:

Pomidorni vatani qaer?

Qayd etilgan


Muslimа  04 Avgust 2007, 11:00:40

Kofening vatanichi?

Qayd etilgan


AbdulAziz  04 Avgust 2007, 16:29:13

Savollar:

Pomidorni vatani qaer?

Janubiy Amerika

Qayd etilgan


AbdulAziz  04 Avgust 2007, 16:29:43


Qayd etilgan


messi44  04 Avgust 2007, 21:27:57

Savollar:

Pomidorni vatani qaer?
Braziliya

Qayd etilgan