Shukrona.Alloh azza va jallaga hamdlar bo’lsin deya meni hayvon emas hazrati inson qilib yaratganiga
shukr deyman.
Tabiiy ofatlardan yer yuzi aholisining ko’pchiligi zarar ko’rayotgan bir paytda yurtimizning ko’m-ko’k osmoniyu, porlab turgan quyoshiga, o’tayotgan osuda kunlariga qarab
shukrona deyman.
Do’stlarning xiyonatidan ko’ngli vayron bo’layotgan kishilarni ko’rib mehribon Allohim menga forum.ziyouz.com saytini tanitib, do’stdan-da yaqin qadrdonlarga oshno qilganiga
shukrona deyman.
Vaqtlarini behuda sarflab oxirda pushaymon-u afsus qilayotgan insonlarga duch kelganda oz bo’lsa-da vaqtimdan unumli foydalanib, boshqalardan foydali, ibratli narsalarni o’rganayotganimga
shukrona deyman.
Tilda niyat uyg’onaman tonglar otib,
Porloq quyosh, ko’m-ko’k osmonimni ko’rib,
Ishlarimning rivojiga Alloh sabab,
Shukr deyman, shukr deyman, shukr deyman!