Sizga judayam ta’sir qilgan kinofilm  ( 88205 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 13 B


Ziyo  04 Iyul 2006, 06:46:03

Maknuna:

Assalomu alaykum!
AbdulAziz, siz tasvirlagan film judayam ta'sirli ekan. man bu kinoni ko'rmagandim. Endi prokatladan olib albatta tomosha qilaman. Insondek dunyoda vahshiy jonzot bo'lmasa kerak. Bo'lmasa inson - insonni o'ldiradimi?
Bu film haqida (rejissori, aktorlari) haqida yana qayerdan ma'lumot olsa bo'ladi?

Manga kotta ta'sir qilgan, o'ylashga majbur qilgan kinolar:
1. O'tkan kunlar (O'zbekiston). Kumush o'lganda man juda ham yig'lagan edim.
2. Devdas (Hindiston). O'z sevgisi yo'lida molu jonidan kechgan Devdasning hayoti kishini o'ylatadi, yig'latadi.
3. Pianist (Polsha). II-jahon urushida yahudiylarni ayovsiz qirgan nemis bosqinchilarining qiliqlarini ko'rib odam ezilib ketadi.

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 06:46:41

AbdulAziz:

Film nomi: 38-prallel
Janri: Harbiy drama
Filmning asl nomi: Taegukgi
Xalqaro nomi: Brotherhood ("œBirodarlik")
Ssenariy muallifi va rejissor: Kang Chje Gyu
Rollarda: Chan Don Gon, Von Bin, Li Ûn Chju, Min Sik Soy
Operator: Xon Kun Pio
Musiqa: Li Don Chun
Mahsulot: Janubiy Koreya, 2004
Davomiyligi: 140 min.
Rasmiy sayti: www.taegukgi2004.com
Milliy "œOskar" sohibi — "œKatta qo’ng’iroq"ni quyidagi nominatsiyalar bo’yicha yutgan: "œEng yaxshi rassom-postanovshik", «Eng yaxshi operatorlik ishi», «Eng yaxshi ovoz»

Filmni suratga olish jarayonida 2 tonnadan ortiq porox va portlovchi moddalar ishlatilgan. "œTaegukgi" filmi uchun maxsus 19 ming komplekt harbiy kiyim tikdirilgan. Nakdong daryosi bo’yiga ikki kilometrlik himoya liniyasi qurilgan. O’sha paytdagi shahar ko’rinishlari haqiqiy dekoratsiyalar asosida tiklangan. Shuningdek, tank, BTR va retro-poyezdlar ham o’sha davrga moslangan.

Rejissor film haqida (Kang Chje Gyu):

"œMen ssenariy yozayotganimda 1950-yil 6-iyun kunini eslab, ko’zimdan yoshni to’xtata olmagandim. Har doim kameralar yoqilganda faqatgina shu holatni, dardni ekranga olib chiqish haqida o’ylardim. Biz tariximizning eng katta dog’laridan bo’lgan Koreys urushi haqiqatlarini anglashimiz kerak. Urushni sedan chiqarish juda oson, hech nima bo’lmaganday kulib yurgan insonlar juda ko’p.
Tarix — kelajakning oynasidir. Men bu filmni faqatgina bir maqsadda suratga olaman: iyoyim bu urush xalqimiz uchun oxirgisi bo’lsin!"

KOREYA URUSHI HAQIDA (1950-1953)

1945 yil 15 avgustda Koreyadan Yaponiya qo’shinlari chiqib ketadi. Paytdan foydalangan SSSR va AQSh Koreyani ikkiga bo’lib, ikki xil mafkurani yoyishadi. 1948 yilning kuizdan alohida Shimoliy va Janubiy Koreya davlatlari tuziladi. 1950 yil 25 iyunda Shimoliy Koreya tomoni kutilmaganda Janubiy Koreyaga bostirib kiradi. 1950 yil 7 iyulda BMTning Xavfsizlik kengashi mintaqaga yordam kuchlarini yetkazishga qaror beradi.

Shu yilning 1 noyabrida BMT va Janubiy Koreya kuchlari Tumangan daryosi vodiysigacha urush qilib, Koreya yarimorolining yana birlashtirishga harakat qiladilar. Ammo Shimoliy Koreyaga joylashib olgan 100 ming Xitoy askarlari urush sur’ati boshqa tomonga burib yuboradilar. Ular qurol-yaroq, oziq-ovqat yo’llarini yopib qo’yadilar. Bundan tashqari ko’pincha orqa tomondan hujum ham qilib turardilar.

1953 yili urush mamlakat 38-parallel bilan ikkiga ajratiladi. Ushbu urush 9 million koreys, 1 millionga yaqin xitoyliklar va 50 ming amerikalikning yostig’ini quritadi.
   

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 06:46:54

Assalom:

Assalomu alaykum!
manga kotta ta'sir qilgan kinolar:

1. Gladiator. - Insonni hayvonga o'xshatib urushtirishlari va Gladiatorning qismati ta'sirli.
2. Titanic - Juda ko'p insonlarning halokatiga sababchi bo'lgan voqea haqida ta'sirli kino.
3. GULAGdan qochish - II jahom urushi paytida ruslarga asirga tusganlarning ayanchli ahvoli judayam ta'sirli.
4. Mard - hindistonlik kinoijodkorlar tomonidan ishlangan bu film Hindistonning ozodligi haqidadir. Judayam ta'sirli.

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 06:47:07

Mohinur:

Assalomu alaykum!
Menga judayam ta'sir qilgan filmlar quyidagilar:

1. O'tkan kunlar - Judayam qiziqarli oshiqona film.
2. Vir va Zaara - Bu haqda forumda ham yozilgan edi.
3. Sen yetim emassan - o'zbek xalqining mentaliteti haqida.

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 06:47:21

Behzodbek:

Assalomu alaykum,

Menga "Savior" degan film juda qattiq ta'sir qilgan. To'g'risi, film mazmuni ostida xristianlikka targ'ib, americanism g'oyalari yotibdi. Lekin kino sahnalari shunaqangi ta'sirli chiqqanki, odamni yig'latadi, hatto.
Bir ko'l bo'yida soldat (filmning bosh qahramoni) kema ichida bir chaqaloqni saqlab qoladi. Tashqarida chaqaloqning onasi ko'pchilik ichida terrorchilar tomonidan o'ldiriladi. Kema ichidagi soldat chiqmasdan, agar chiqsa, uni ham o'ldirishadi, bola yig'lamasin deb uning og'zini yopib o'tiradi. Terroristlar ketgach, askar qarasa, bola o'lib qolibdi, uni rosa silkitadi, bola o'lmagan bo'ladi...

Bu kinodan bir parcha, shu joyi menga judda ta'sir qilgan.


Movie: Savior
Director: Peter Antonijevic
Cast: Jean-Marc Barr, Svetozar Cvetkovic, Nebojsa Glogovac, Nastassja
Kinski,Dennis Quaid, Stellan Skarsgard, Oliver Stone.

Ko'proq ma'lumot uchun: http://www.onlinebangalore.com/life/movi/savi/

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 06:47:38

Farzonochka:

Assalomu alaykum, manga eng qattiq ta`sir qilgan film, "Otgan kunlar" Hali shu yoshga kirib hecham bunaqa ta`sirli film korganim yo, albatta bu mani fikrim, 2- "Divdas" U ham juda zor film. Kegin "Saroy javohiri" ham juda yaxshi film,unda madaniyat, axloq-odob tushunchalari juda maromiga yetkazib tasvirlangan!

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 06:47:50

Kumushbibi:

Cinderella Man
Million Dollar Baby
Gladiator

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 06:48:11

Margilanets:

Manga yoqadigaon kinolar:
1. Abdullajon
2. Bomba
3. Mahallada du-du gap
4. Maftuningman (Yor-yor) (Shu kinoda Davron akani opoqilariyam o'ynagan).
5. Shum bola

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 06:48:32

Doniyor:

"Vir va Zaara" kinosi manda kotta tasurot qoldirgan.
Bechora Virning sevgisi va Zaaraning sadoqati manga kotta ta'sir qilgan.

"Titanik" filmi. Undagi fojia juda ishonchli tasvirlangan.
Oxirida bola cho'kib ketishiyam, kinoni ta'sirli qilgan.

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 06:48:47

Mohinur:

Assalomu alaykum!

Rejissor Sanjai Leel Bahansalining "ZULMAT" filmi ham menga juda ta'sir qildi.

Sizlarga ham ko'rishga tavsiya beraman.

Qayd etilgan