uztermbek:Ikki oylardan so'ng fashizm balosi ustidan g'alaba qozonilganiga 61 yil to'ladi. Shu munosabat bilan, 2-jahon urushiga bag'ishlangan kitoblarni o'qib, filmlarni ham ko'rishimiz, ota-bobolarimiz olib borgan kurashlar haqida bilishimiz, nimalarni boshdan kechirganlarini biroz bo'lsa ham tasavvur qilishimiz biz uchun ham farz, ham qarz.
Yaqinda tomosha qilganim "Pianinochi" filmi menda juda kuchli taassurot qoldirdi, deyarli nafas olmay, kiprik qoqmay tomosha qildim. Film Germaniyaning 1939 yilda Polshani ishg'ol qilishi bilan boshlanadi. Filmda yahudiy millatiga mansub polyak musiqachisi Vladislav Shpilmanning taqdiri urush davomida yahudiylarni ommaviy ravishda quvg'in va qirg'in qilishdek vahshiyona voqealar fonida hikoya qilinadi.
Asar haqiqatda ro'y bergan hodisalarga asoslangan, ijodkorlari Kann kinofestivalida "oltin palma butog'i"ga sazovor bo'lgan, uch marotaba Oskar bilan taqdirlangan.
Bu filmni iloji bo'lsa topib ko'ringizlar, afsus qilmaysiz.
Men filmni TVdan ko'rdim, prokatlardan esa to'g'risi topolmagandim.
Yana bir narsa. "Pianinochi" ko'pchlikka yoqmaydigan Gollivud mahsuloti emas, uni yaratishda
Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Niderlandiya, Polsha kabi Yevropa mamlakatlari ishtirok etishgan.
Mana bu yerda ma'lumot bor:
http://www.cinema.vrn.ru/reviews/pianist.shtml Filmning veb-sahifasi:
http://www.thepianist-themovie.com