Sizga judayam ta’sir qilgan kinofilm  ( 88781 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 B

Murod_bek  04 Yanvar 2008, 15:03:42

Assalomu Alaykum! UHsbu kino undan keyingi seriyalari rus tiliga manimcha tarjima qilinmagan...

Qayd etilgan

djepotai  21 Yanvar 2008, 13:18:17

Стивен Спилбергнинг "Artificial Intelligence" ёхуд "Сохта Интеллект" - роботлар ва киборглар тсғрисидаги фильм жуда схши таассурот қолдирган. Ксрмаганларга маслаҳат берардим. Айтганча, Янги йил олди фильм қайсидир ТВ дан ксрсатилганди (ЎзТВ)

Qayd etilgan

Usmon  21 Yanvar 2008, 15:18:34

Стивен Спилбергнинг "Artificial Intelligence" ёхуд "Сохта Интеллект" - роботлар ва киборглар тсғрисидаги фильм жуда схши таассурот қолдирган. Ксрмаганларга маслаҳат берардим. Айтганча, Янги йил олди фильм қайсидир ТВ дан ксрсатилганди (ЎзТВ)

Bu film ayni paytda O'zbek TV da (qaysiligi esimda yo'q) reklom qilinmoqda. Nomi "Soxta intellekt"mas, balki "Ro'yo". Juda zo'r film!!! :o

Qayd etilgan

kanishka  23 Yanvar 2008, 00:37:35

Dunyoda hech qaysi serial mukammalig jihatdan "Qashqirlar makoni" ga teng kelmasa kerak.

Juda ajoyib ma`lumot: film Turkiyada Show TV kanali orqali 2003-2005-yillarda qo`yilgan. Vaholanki, film voqealari ham aynan shu yillarni qamrab oladi. Film ssenariysi suratga olish jarayoni bilan birga borgani holda, uning bu qadar mukammalligi kishini hayratda qoldiradi.

Film 97 qismdan va 4 fasldan iborat:

1-fasl - 1-20-qismlar;
2-fasl - 21-56-qismlar;
3-fasl - 57-86-qismlar;
4-fasl - 87-97-qismlar.

Film ekshn, yumor hamda drama elementlarini o`z ichiga olishi hamda hozirgi zamon insonining diqqatini jalb qila oladigan juda qiziqarli "g`ildiraklar"da boradi. Urush sahnalari, aqliy va kishi ruhiyatiga ta`sir ko`rsatadigan boshqa priyomlar yordamida bir tomondan, vatanparvarlik ruhi bilanb uyg`unlikdagi turk-islom madaniyati, ikkinchi tomondan, antiamerikanizm kayfiyatlari hamda siyosiy birlashuv g`oyalari targ`ib qilingan.

Serialning o`ta darajadagi mashhurligi uning mantiqiy davomi sifatida "Qashqirlar makoni Iroq" badiiy filmining olinishiga dunyo yuzini ko`rishiga olib keldi.

Po`lat Alamdor tematikasini davom ettiruvchi keyingi serial - "Qashqirlar makoni Terror" kurd-turk dushmanligini avj oldirishi bahonasi bilan namoyishdan to`xtatilgandi. Uning 2-qismi yaqindagina Show TV da namoyish qilindi.

"Qashqirlar makoni Tuzoq" seriali esa Show TV da muvaffaqiyat bilan namoyish etilmoqda. Shu oyning 24-kunida uning 23-qismi namoyish qilinishi bilan 3-fasl ham boshlanadi. Shuni aytishim kerakki, "Qashqirlar makoni Tuzoq" ko`proq moliyaviy maqsadlarda olingan bo`lib, faqatgina eski "Qashqirlar makoni"ning hurmati yuzasidan tomosha qilinmoqda. Na obrazlarning yorqinligi, na syujetning mukammalligi jihatidan eski "Qashqirlar makoni"ga hatto yaqinlasha olmaydi.

Batafsil ma`lumot uchun:

http://kurtlarvadisi-pusu.com/

Qayd etilgan

kanishka  23 Yanvar 2008, 00:55:21

Va, albatta, hech bir badiiy film(baynalminal atama aniqroq chiqarkan - sinema filmi) "Aleksandr"ga teng kelmaydi.

Albatta, uning ba`zi tomonlari faqatgina G`arb odamiga, ba`zi tomonlari esa faqatgina qadimgi yunon qalbiga tushunarli bo`lishi mumkin, ammo unda insoniyat tarixidagi eng buyuk shaxslardan birining faoliyati hamda umuminsoniy manfaatlarni aks ettirgan fikrlari shu qadar teran va badiiy mukammal ifodalanganki, alohida sahnalarda hatto qo`pol materialistlar ham ko`z yoshini tutib tura olmaydilar.

Film nafaqat ssenariysi bilan ma`qul, u kinoga qo`yiladigan barcha talablarga javob beradi. Film ijodkorlari o`z badiiy konsepsiyasini ifodalash uchun barcha vositalardan - operatorlik mahoratidan, maxsus effektlardan, tarixiy muhit hamda tarixiy voqealarni tasvirlashga yondashuvdan foydalanishgan.

Jumladan, Gavgamela jangi tasvirlangan kadrlarni ko`rar ekansiz, Kurtsiy Ruf hamda Arrianning satrlari ko`z oldingizdan yugurib o`tadi. Hech bir tarixiy filmda tarixiy voqea(jang) bu qadar bilimdonlik bilan, haqqoniy, hujjatli va masshtabli tasvirlanmagan.

Aleksandrning filga tashlanishi esa go`yoki butun kinoning qaymog`ini tashkil etadi. Bu sahnada Aleksandrning butun umri, kurashi va muvaffaqiyatsizligi ko`rsatilgan. Bu chinakamiga tarixiy reallikka ijodkorona yondashishdir.

Qolaversa, Bobil, Aleksandriya, Samarqandning maketlari shu qadar ta`sirli va masshtabli chiqqanki, men bu kadrlarni ko`rar ekanman, armonim ro`yobga chiqqani - ushbu afsonaviy shaharlarni ko`rganim va hozirlikda ko`z oldimga bemalol keltira olishim uchun film ijodkorlaridan umrbod minnatdorman.

Qayd etilgan

djepotai  23 Yanvar 2008, 12:39:36

Bu film ayni paytda O'zbek TV da (qaysiligi esimda yo'q) reklom qilinmoqda. Nomi "Soxta intellekt"mas, balki "Ro'yo". Juda zo'r film!!! :o
А екламасини ксрувдим, лекин сзбек тилида қандай аталишига сътибор берганим йсқ. Шахсан сзим рус тилидан таржимаси, съни "Искуственнс‹й интеллект" демак "Сохта Интеллект" деган хулосага келиб ксрсатдим. "А сё" ? ? ?  қандайдир тсғри келмаёптиёв. Мумкин, робот боланинг орзуси "рсё" бслиши ҳақида билдирилгандир?!

Qayd etilgan

shoir  04 Fevral 2008, 11:03:00

So'nggi filmlardan ruslarning "Oskar"ga nomzod qilib qo'yilayotgan "Mongol" degan filmini ko'rdinglarmi?
Men hali ko'rmadim. Qanday ekan?

Qayd etilgan

kanishka  04 Fevral 2008, 16:40:46

So'nggi filmlardan ruslarning "Oskar"ga nomzod qilib qo'yilayotgan "Mongol" degan filmini ko'rdinglarmi?
Men hali ko'rmadim. Qanday ekan?

Oskarga arzimaydi. Esiz 15 mln yevro. Mel Gibsonning "Apokalipsis"i va "Iso Masih ehtiroslari" tipida olishga harakat qilishgan. Ammo ma`no chiqmagan. Balki keyingi (2- va 3-) qismlarini ko`rgandan keyin fikrim o`zgarar.

Qayd etilgan

AbdulAziz  05 Fevral 2008, 02:05:37

Oskarga arzimaydi. Esiz 15 mln yevro. Mel Gibsonning "Apokalipsis"i va "Iso Masih ehtiroslari" tipida olishga harakat qilishgan. Ammo ma`no chiqmagan. Balki keyingi (2- va 3-) qismlarini ko`rgandan keyin fikrim o`zgarar.

"Mongol" filmini juda maqtashgan edi. Ko'rib chiqdim.
Ko'p epizodlari xitoyliklarning "Chingizxon" degan serialiga o'xshab qolgan.
Umuman olganda judayam olamshukul kartina emas.

Qozolarning bundan avvalgi "Ko'chmanchilar" kartinasiga ham rasman 25 million $ (norasmiy 37 million $)
sarflangani aytilgan edi. Lekin film sifati va kompozitsiyasi talabga unchalik ham javob bermasdi. Shu film rejissorlaridan biri bilan gaplashganimda u bu film uchun davlatdan katta mablag' olingani, asosiy mablag' esa chet-ellik aktorlarni olib kelishga sarflanganligini aytdi.
Hozirda Qozog'iston kinoindustriyasi unchalik rivojlanmagan bo'lib, yiliga atigi 2 ta kino ishlab chiqarilayotgan ekan. "Ko'chmanchi"ga esa davlatdan xalqaro film ishlaymiz, deb shuncha mablag' olingan ekan.

Qayd etilgan

kanishka  05 Fevral 2008, 18:13:48

Qozoqlarning asosiy yutug`i - kinoga ma`no bera olganidir. Ruslarning kinosini ko`rgan odamda vatanparvarlik tuyg`usi, tarixga qiziqish uyg`onmaydi.

Qayd etilgan