Abdulaziz:
24.04.2006. Ertalabdan kayfiyatim judayam a'lo bo'ldi. Ertalabda uyga telefon qilish fikri keldi. Negadir rosa band bo'ldi.
Bir narsani sezdim, yaxshi xabar.
Telefon qildim.
- Suyunchi, bering, Davronbek, jiyanli bo'ldiz, - bu kelinoyimning gapi.
- Ha, bilgandek telefon qildim-da.
- Qalay o'g'ilmi-qizmi?
- Yana bitta to'polonchi o'g'lon.
Keyin ayajonim bilan gaplashdim. Ularni yana bir nabira bilan qutladim.
- Opam, o'zlari yaxshimi? Chaqaloqni ko'rdingizmi?
- Ha, ko'rdim, judayam shirincha!
- Ha, umri bilan bergan bo'lsin!
- Yana bitta sho'x askar qo'shilibdi-da-a?
- Ha, nimasini aytasan. Mana yana bitta askar telefonga navbat kutib turibdi.
Opamning o'gillari Otabek:
- Tog'aa, qalesiz?
- Rahmat, yaxshimisian? Bog'chaga bormadingmi?
- immm, yo', qaqa obkelassimi?
- Ha, qaqami? Opkelaman...
- Cheling (keling demoqchi).
Keyin dadamlar, buvamlar bilan gaplashaman. Hammaning yuzida tabassum.
O'ta yaxshi kayfiyat ila yana ishga sho'ng'iyman.