Bugungi o'quv kunim judayam ajoyib o'tdi, o'zi Juma kunni judayam yaxshi ko'raman, kayfiyatim ham shunga mos bo'ladi.
Darsimiz Kimyo tarixi fani bilan boshlandi. Domlamiz ancha qari bo'lgani uchun, ko'zlari ozgina ojiz. Shuning uchun bugun o'tilgan mavzu matnini kitobdan men o'qidim. Robert Boyl degan kimyogar haqida anchagina ma'lumotlarga ega bo'ldik. Keyingi darslar ham odatdagidek sokin o'tdi. Darsdan keyin sinf xonamizga parda ilish ishi bilan shug'ullandik, shinamgina tusga kirdi. Uyda Abdumalikka ozgina qaradim, judayam yaxshi ko'ramanda uni, Alloh O'zi panohida asrasin. Kechga mehmonlar kelishdi, uyimiz to'lishib qoldi. Endi uxlash arafasidaman. Hammaga kelayotgan Hayit muborak, barchaga baraka olib kelsin.