Bugungi kun mulohazalari  ( 1483922 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 110 111 112 113 114 115 116 117 118 119 120 ... 296 B


JaviK  29 Noyabr 2010, 22:40:27

Assalomu alaykum. Bugun toshdagi safar nihoyalab uyga qaytyapmiz. Toshkent taasurotlarni keyinroq qoldiraman. Lekin men uyimni sogindim. Kapalak opa sizni soginchizni tushungandekman.

Qayd etilgan


Aqoid  30 Noyabr 2010, 05:05:15

Juma namozidan keyin oyoqqa shunday og'riq kirdiki, mana 3 kunki kechasi uyqu yo'q. Dushanba kunimiz klinikada analiz topshirish b-n o'tdi.

Qayd etilgan


Saliha  30 Noyabr 2010, 11:21:48

bugungi kunim endigina boshlandi.inshaAllah hayirli bo'lsin..bo'girsoq o'glimni bogchaga, quyoncha qizimni maktabga,dadajonisini ishga kuzatib..
o'zim forumjonga bir mo'ralab qo'yey dedimdee :7

Qayd etilgan


Zulfina  30 Noyabr 2010, 19:54:23

 :as:

Bugun fiziologiya domlamiz chaqaloq tug'ilganidan so'ng o'zi mustaqil ravishda ilk marta nafas olishi qanday sodir bo'lishini tushuntirib berdila. Ona qornidaligida kislorodni ona qonidan oladigan go'dak qancha qiyinchilikni yengib o'zi nafas olishshi boshlidi. SubhanAlloh! Shunaqangi go'zal qilib chuntirdilaki, ko'zlarimdan yosh chiqib ketdi. Allohim! Oddiy ko'ringan nafas olishimiz, yuragimizzi urishi,  hamma-hammasi mo'jiza!

Qayd etilgan


JaviK  30 Noyabr 2010, 21:20:25

Bir domlamiz nafas olishimiz yashashimiz hammasi ollohning ne'mati deya aytardilar. Bir rivoyat aytib berganlar. Bir inson savob ishlari ko'p bo'lib jannatga kirishi aytilibdi va Alloh bu banda ne'matlarimdan tog'ri foydalandi va jannatga erishdi deya marhamat qilibdi shunda haligi inson mening savoblarim tufayli erishdim debdi. Shunda Alloh taolo taroziga insonning hamma savoblarini qoyishni ikkinchi pallasiga bir ko'zini qo'yishni buyuribdi. Haligi insoni hamma savoblaridan, allohni koz ne'mati ustun kelibdi.
Insonni do'zahga tashlashni aytibdi. Shunda allohim, men noshukur bandangni kechir, karami keng zotsan deb tavba qilibdi. Alloh bandasini kechiribdi.

Qayd etilgan


Muallim  01 Dekabr 2010, 10:08:24

Салмони Форсий ибрати
Зайд ибн Савҳоннинг озод стилган қули Солим ҳикос қилади:
«Хсжайиним Зайд ибн Савҳон билан бирга бозорда сдик. Салмони Форсий ёнимиздан стди. Анча-мунча озиқ-овқат кстариб олибди.
Хсжайиним унга:
—   Сен А асулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламнинг саҳобасисан. Бунча ксп заҳира тсплашга сҳтиёж сезмаслигинг керак-ку, — деди.
—   Янглишспсан. Киши сзини бундай нарсалар билан таъминлаб қсйса, ҳам хотиржам бслади, ҳам ибодат учун ксп вақт топади, шайтон ҳам уни васваса қилишдан умидини узади, — деб жавоб берди Салмони Форсий»

Qayd etilgan


Hadija  01 Dekabr 2010, 10:39:58

Hozirgina lolo dan sms oldim. Kelgan smsga ko'ra hayotlarini kuzatib mehrim ortib hurmat qilgan Hasan Basriyning manga yoqqan eng chiroyli hikmatlaridan biri yozilgan ekan:
Birodarlarimiz biz uchun ahli oilamizdan ham qimmatliroqdir, chunki ahlimiz bizga nuqul dunyoni eslatadi, birodarlarimiz esa, oxiratni. (Hasan Basriy)

Har onda ohiratni, Alloh rizoligini va visolini eslatguvchi solih birodarlarimizdan Allohning o'zi rozi bo'lsin!!!

Qayd etilgan


BilmasOY  01 Dekabr 2010, 15:45:49

Assalomu alaykum!
  10 kuncha oldin litseyda ona tili va adabiyotdan olimpiada bo'lgandi. Bugun shuning natijasini bildik: Men 2-o'rinni olibman. Birinchi o'rinda esa ... Balkim u haqiqatdanam yaxshi bilar, rostdan ham bilimi kuchlidir... Bilmadim. Shunisiga ham shukur. Lekin meni eng xursand qilgani, meni o'ziga raqib deb biladigan, ba'zida ustimdan kuladigan kursdoshimdan 12 ballga ko'proq yiqqanim bo'ldi. Keyin bowqa darslarda ham undan ko'proq g'olib bo'ldim... Lekin men bulardan havolanib ketmasligim kerak.
  Balkim bu gaplarim g'alati tuyular, lekin men ko'nglimdagi borini yozdim.  Ammo bu hasad emas.
  Bugungi kunim uchun Robbimga behisob shukur...

Qayd etilgan


yoqutxon  01 Dekabr 2010, 23:35:34

Assalom aleykum.
Ollohga shukur yana bir kun hayrli o'tib ortda qolmoqda.
Bugun yangi  Ifron taqvimini sotib olgan edim. Judaham yaxshi taqvim, uni chiqarilishiga bosh qo'shayotgan odamlarning barchasidan Olloh rozi bo'lsin! Taqvim bilan birgalikda unda turli hil hikmatli voqalar, so'zlar, malumotlar keltiriladi. Birinchi navbatta o'shalarni o'qib chiqqaman. Bu safargisini ham huddi shunday qiziqish bilan bir necha varoq o'qiganimdan so'ng " Eng yaxshi mehmon" degan sarlavhali mavzuchaga keldim uni o'qib ham chiqdim, o'qiyotganimda y yerda yozilgan so'zlarni  juda  tanish inson yozganda tuyilaverdi menga. O'qib bo'lib muallif degan joyiga qarasam..........Go'zal Ahliddin qizi Buxoro viloyati deb yozilgan ko'rib juda hursand bo'lib kettim, nega tanish inson yozganday tuyiganini shundan so'ng  tushnib yettim. U paytda ishxonada edim yonimdagi qizga men bu qizni taniyman,opa-singil tutinganmiz  mana siz ham o'qib ko'ring dedim. Robiya opa Olloh rozi bo'lsin sizdan juda chiroyli hat yozgan ekansiz.Rosti o'qib juda juda hursand bo'ldim.

Qayd etilgan


Nurdinboy  01 Dekabr 2010, 23:50:32

Men bugunning o'zida 4 dona kitob sotib oldim.
A.Muxtor zamondoshlari xotirasida
A.Konan Doyl - Sherlok holms haqida hikoyalar
Orif Farmon - Yo'qolgan haykalcha.
O'.Hoshimov - O'zbeklar. Bu kitobni do'stimga sovg'a qildim.
kun yomon o'tmadi

Qayd etilgan