Bugungi kun mulohazalari  ( 1481807 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 112 113 114 115 116 117 118 119 120 121 122 ... 296 B


AbdurRohman  03 Dekabr 2010, 14:37:22

 :as:

Mana bugun ertalab birinchi yomg'ir yog'di, undan ken qor yog'di! bir necha yil ilgari har gal qor yoki yomg'ir yoqqanda telefonimga bir muslima opamizdan sms kelardi: "Yomg'ir Allohni rahmat. Yomg'ir havoni tozalagandek, Alloh qalbimizni kibr havosidan tozalasin". O'qib juda xursand bo'p ketardim. Alloh rozi bo'lsin muslima opamizdan. Alloh xonadonlariga O'z rahmatlarini yog'dirsin, qalblaridagi barcha xolis niyatlarini kutganlaridanda afzal qilib bersin!
Bugunam opam rosa duo qilgan bo'lsala kere.
PS:mani eslaganmikinla ???

Qayd etilgan


Ansora  03 Dekabr 2010, 15:11:10

Qor rasmlaridan ko'p-ko'p kutib qolamiz:)

Qayd etilgan


Zamiraxon  03 Dekabr 2010, 17:34:18

Habib aka buncha qor yog'madiyey odamni xursand qilmang, hozir jiyanim ko'rib kettik ko'chaga deb qo'ymay qoldi :)
O'tgan yilgi rasmlardirda...

Qayd etilgan


Habib  03 Dekabr 2010, 18:06:28

Habib aka buncha qor yog'madiyey odamni xursand qilmang, hozir jiyanim ko'rib kettik ko'chaga deb qo'ymay qoldi :)
O'tgan yilgi rasmlardirda...
Xa albatta, postni yozgan paytim endi boshlanganidi qor. O'tgan yilgi rasm albatta. Lekin hozir, ayni vaqtda Toshkentda huddi shunday holat desa ham bo'ladi. Laylak qor yog'ib o'tdi naq!
Hozir derazadan qaradim, tinibdi qor.
Alhamdulillah!

Qayd etilgan


Zamiraxon  03 Dekabr 2010, 18:08:18

Fan olamning yaratilishini isbotlay turib,shunday fikrni aytishi mumkin: atomlar, yulduzlar, Somon yo'li birlamchi materiyaning portlashi natijasida yuzaga keldi. Biroq fan birlamchi materiyaning va portlash quvvatining qayerdan paydo bulganini isbotlay olmaydi. Bunday savolga javob bermoq uchun barcha ongli odamlarga yagona to'g' ri yo'l bor, u ham bo'lsa Yaratganni tan olmoqdir.
                                                                                               Paul K.Albersald ,amerikalik fizik.

Qayd etilgan


Lobar AZIZ  03 Dekabr 2010, 18:16:08

Mana, bugungi ish kuni ham nihoyasiga yetdi. Kun quvonch bilan boshlandi- sog`intirgan qadrdonim- birinchi qor bilan ko`rishdik, diydorimizga to`ydik... Ikki sahifa tarjima, ikki sahifa maqolamni eson omon topshirib oldim:) Har doim derazamdan tun mo`ralaganda, kompyterni o`chirayotib o`yga tolaman: Bugun nima foydali ish qildim? Kimgadir nafim tegdimi?
Ko`ngil hotirjamligi ila tunni qarshi olish barchaga nasib etsin, inshaAllah!

Qayd etilgan


GRAND  03 Dekabr 2010, 19:50:10

Bugun men uchun kun odatdagidek o'tayotgandi juma nomozini o'qib uyga ketish uchun damas moshinaga chiqdim damas esa yana yo'lda yurish uchun davom etdi taxminan besh daqiqa yurgandan kegin damasga yoshi 40-50 atrofida ikki kishi chiqdi  ularni suxbatini beixtiyor eshitar ekanman ular xozirgi o'zlari yashoyotgan sharoitdan qoniqmayotgani  oldingi davrda mancha so'mga shuncha narsa berardi dep gapirshyotgan edi. Shunday odamlarni ko'rib ularga shunday degin keladi xayot uchun kurashin xayot nematlariga izlanmay mashaqqat  chekmay erishib bo'lmasligini bilin. P/S: Bu gaplar kun muhozalariga yozishga arzimas lekin bunday odamlarni ko'rib ALLOH berayotgan rizka shukur qilmayotganiga na xafa bo'lgin keladi na raxmin.     

Qayd etilgan


UzMuslim  04 Dekabr 2010, 17:06:24

 :bsm:
 :as:
Mana Bugungi Kunim Ham O'z Nihoyasiga Yetib Bormoqda,Ertalabdan Ishga Borgim Kemadi,Sovuq Juda ham,Bomdodni O'qidim KeyiN Qo'limga Kitob Olib Ancha Paytgacha O'qib O'tirdim.Kun chiqib Havo Asta SekiN Isiy Boshladi,Ishga BIr necha MArtda Chaqirishdi LekiN Borgim Kemadi...Peshin Vaqti Ham Bo'ldi Peshinga Masjitga Chiqdim,Peshindan Keyin Bir Ikta Do'stlarim Bilan Ilmiy Mar'uza qilib O'tirdik.Mana Hozirgina Kelib Kompyuter qarshisiga O'tridim..Barchangizni Alloh TaolO O'z Panohida Asrasin Qadrli Forumdosh Brodarlar... :amn:

Qayd etilgan


Aqoid  04 Dekabr 2010, 19:55:42

Bugungi kunim eski notebookchani ta'mirlatish b-n o'tdi. Alhamdulilloh biz faqirlag'a ham Alloh eski ersada bir lap top ato ayladi. Xursandlig'imizning cheki ko'rinmaydur, lokin ul nimarsaning writer nomlig' jixozi ishlamaydur. Eskini tuzatg'uncha esing ketar deb bejizg'a aytmag'on erkan mashoyihlar.
Alloh hammamizni oqibatlarimizni xayrli qilsin!

Qayd etilgan


yoqutxon  04 Dekabr 2010, 20:54:40

 :as:
Bugun ho'p ajoyib kun bo'ldi. Kechagi qor ham anchasi erib ketgan. O'zi jaa unchalik ko'p qor yog'magandi.Lekin juda qattiq sovuq bo'lyapti....
Mana qish ham kirib keldi.Kunlar sovuq kasallar ko'paygan.Bizda ham ish "qaynayapti" .Bugun bir qiziq voqea bo'ldi. Ishdaman odam ko'p... u yoq bu yoqga e'tibor berishgayam vaqt yo'q bir payt kimdir birin kettin Qur'ondan suralarni bor ovozi bilan aytishni boshladi. Mundaq qarasam bir yoshi kattaroq otaxon ekanlar. Hamma ko'nglidan chiqarib pul berdi. Otaxon esa " Haa raxmat bolalarim rahmat. Endi bir qo'llilarni ochinglar duo qivoriy'' dedilar. Hamma savdodan to'htab mijozlar ham biz ham qo'llimizni duoga ochdik.Otaxon duolarini boshladilar boshida men bilamaydigan bir sura bilan boshladilar keyin "Mana yangi yil ostonasida turibmiz, yangi yil hammaga yangi baxt, yangi omad olib kelsin, keyingi yangni yillarga eson omon yetvoliylik Omin Ollohu Akbar" desalar bo'ladimi. Hayron bo'lib qoldim, o'zimdan katta insonni tanqid qilmoqchi emasman  lekin ba'zida mana shunaqa ishlar  ham dinni niqob qilib olishga kirsa kerak deb o'ylab qolaman........

Qayd etilgan