Bugungi kun mulohazalari  ( 1203482 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 113 114 115 116 117 118 119 120 121 122 123 ... 296 B

Sevdo  04 Dekabr 2010, 21:24:40

Alloh barchangizdan rozi bulsin,forumga a'zo bulganimdan beri ota onamga bulgan muhabbatim yanada oshdi,ularni yanada qattiqroq hurmat qila boshladim,Ilohim umrlari ziyoda va Iymonda utsin

Qayd etilgan

Muallim  04 Dekabr 2010, 22:21:26

:as:
Bugun ho'p ajoyib kun bo'ldi. Kechagi qor ham anchasi erib ketgan. O'zi jaa unchalik ko'p qor yog'magandi.Lekin juda qattiq sovuq bo'lyapti....
Mana qish ham kirib keldi.Kunlar sovuq kasallar ko'paygan.Bizda ham ish "qaynayapti" .Bugun bir qiziq voqea bo'ldi. Ishdaman odam ko'p... u yoq bu yoqga e'tibor berishgayam vaqt yo'q bir payt kimdir birin kettin Qur'ondan suralarni bor ovozi bilan aytishni boshladi. Mundaq qarasam bir yoshi kattaroq otaxon ekanlar. Hamma ko'nglidan chiqarib pul berdi. Otaxon esa " Haa raxmat bolalarim rahmat. Endi bir qo'llilarni ochinglar duo qivoriy'' dedilar. Hamma savdodan to'htab mijozlar ham biz ham qo'llimizni duoga ochdik.Otaxon duolarini boshladilar boshida men bilamaydigan bir sura bilan boshladilar keyin "Mana yangi yil ostonasida turibmiz, yangi yil hammaga yangi baxt, yangi omad olib kelsin, keyingi yangni yillarga eson omon yetvoliylik Omin Ollohu Akbar" desalar bo'ladimi. Hayron bo'lib qoldim, o'zimdan katta insonni tanqid qilmoqchi emasman  lekin ba'zida mana shunaqa ishlar  ham dinni niqob qilib olishga kirsa kerak deb o'ylab qolaman........

Балки бу отахон инша Аллоҳ 3 кундан кейинги мусулмонлар тақвими съни, Ҳижрий 1432 сана Муҳаррам ойининг 1 кунини назарда тутгандирлар...

P.S. Мен балки, уларнинг ёнларига бориб отахон Сиз ҳижрий снги санани назарда тутаспсиз, тсғрими, чунки сзга дин соҳибларининг байрами ила мусулмонларни табрикламоқ куфрдир деган бслар сдим. Вааллоҳу аълам...

Qayd etilgan

Abdumuhaymin  04 Dekabr 2010, 23:12:46

 :bs1:
Ular Bizga keladigan kunda juda (aniq) ko'radigan va eshitadigan bo'lib qolurlar. Lekin (u) zolimlar
bugun aniq zalolatdadirlar.
(Maryam 38)

Qayd etilgan

Habib  06 Dekabr 2010, 11:56:02

:as:
Bugun ho'p ajoyib kun bo'ldi. Kechagi qor ham anchasi erib ketgan. O'zi jaa unchalik ko'p qor yog'magandi.Lekin juda qattiq sovuq bo'lyapti....
Mana qish ham kirib keldi.Kunlar sovuq kasallar ko'paygan.Bizda ham ish "qaynayapti" .Bugun bir qiziq voqea bo'ldi. Ishdaman odam ko'p... u yoq bu yoqga e'tibor berishgayam vaqt yo'q bir payt kimdir birin kettin Qur'ondan suralarni bor ovozi bilan aytishni boshladi. Mundaq qarasam bir yoshi kattaroq otaxon ekanlar. Hamma ko'nglidan chiqarib pul berdi. Otaxon esa " Haa raxmat bolalarim rahmat. Endi bir qo'llilarni ochinglar duo qivoriy'' dedilar. Hamma savdodan to'htab mijozlar ham biz ham qo'llimizni duoga ochdik.Otaxon duolarini boshladilar boshida men bilamaydigan bir sura bilan boshladilar keyin "Mana yangi yil ostonasida turibmiz, yangi yil hammaga yangi baxt, yangi omad olib kelsin, keyingi yangni yillarga eson omon yetvoliylik Omin Ollohu Akbar" desalar bo'ladimi. Hayron bo'lib qoldim, o'zimdan katta insonni tanqid qilmoqchi emasman  lekin ba'zida mana shunaqa ishlar  ham dinni niqob qilib olishga kirsa kerak deb o'ylab qolaman........
Xa bunaqa holatlar juda ko'p bo'ladi hayotda. Ko'pchiligimiz duch keladigan oddiy misol: Biz ularni yoshidan, yurish turishidan, gap so'zlarida ilmi bor insonlar deb o'ylaymiz. Chindan ham ular shunday oqil fikrlarni, tesh tegmagan gaplarni aytishadi. Biroq...Duo qilishayotganda, qo'qqisdan, "Hizr qo'llasin,","Temir pirlari qo'llasin", "Palonchi pir, pismadonchi pirlar.." devorishadi. Zero, Alloh Taolo Baqara surasining 22 -oyatida  :bs1: " U Zot sizlar uchun yerni qarorgoh, osmonni tom qilib qo'ydi va osmondan suv tushirib, uning yordamida sizlarga rizq bo'lsin deb, mevalar chiqardi. Bas, bilib turib o'zgalarni Allohga tenglashtirmang." degan.
Alloh shirk qilishdan, osiy bo'lishlikdan muhafaza qilsin.

Qayd etilgan

ibrohim  06 Dekabr 2010, 12:26:13

Қор ҳам ёғворди мана Тошконда. ;)

Аллоҳ кейинги йилларга ҳам омонликда етишни насиби рсзи айла!
Аллоҳ етказганинга шукр!
Саййидул Айём муборак, диндошларим!

mullo Habib, parklarda ko'p sayr qilasizmi diymanov-a?

Qayd etilgan

Habib  06 Dekabr 2010, 12:33:00

mullo Habib, parklarda ko'p sayr qilasizmi diymanov-a?
Yo'q aka, internetdan oldim. Lekin qor shunaqa yog'di deyarli.

Qayd etilgan

Lobar AZIZ  06 Dekabr 2010, 12:48:03

Qarang-a, quyosh charaqlab turibdi-yu, zarracha tafti yo`q... Shu tobda uni xuddi ko`nglimizning gadoytopmas burchaklarida ko`milib qolib ketgan, bir vaqtlar o`z olovida ho`-o`p yondirgan birinchi muhabbatga o`xshatib yubordim. Har-har zamon yodga tushib, xotira yo`laklarini yoritib turadi-yu, biroq... Avvalgidek isitolmaydi...
Buyuk donishmandsan, tabiat!

Qayd etilgan

ibrohim  06 Dekabr 2010, 12:52:51

... Kecha shu disangiz, qora lasetti ikkita odamni urib ketti... bittasi dumalab tushdi, ikkinchisini oyog'iga bokovoyi tegdi shekilli, cho'loqlanib qoldi...
...bironta odam yordam bergani bormidi-yey! keyin haligi cho'loqlangan odam yerda yotgan sherigin zo'rg'a ko'tarib odamlarni chaqirdi, keyin kelishdi..

... lasetti bo'sa to'xtamasdan survordiii....

Qayd etilgan

Lobar AZIZ  06 Dekabr 2010, 13:01:52

Har doim ishga kelayotib ko`zim ko`cha yuzidagi haykalga tushadi. Xayolan u bilan so`zlashaman:
- Qalaysan, og`ayni?
- E-e, so`rama!- deydi haykal uh tortib.
 - Nega ho`rsinasan? Hammadanam senga mazzaku, na g`amng bor, na tashvishing! Suv bossa to`pig`inngga chiqmaydi. O`-o`tirasan... Qani seni o`rningda bo`pqosam!- tasalli beraman o`zimcha.
- Topgan gapingni qara-yu! Bir joyda turaverish jonimdan to`ydirvordi ahir! Yozda oftob, qishda sovuq jon-jonimdan o`tib ketadi... Na tura olaman, na yura olaman... birov "Holing qanday?" deb so`ramaydi! E-eh, qani seni o`rningda bo`lib qolsam-u...
Sassizgina nola chekayotgan haykaldan uzoqlashaman...
Biri kam dunyo, kimdir kimningdir o`rnida bo`lib qolishni hayotida hech bo`lmasa bir marta orzu qilgan, istagan... "Agar shoh bo`lmaganimda edi, Diogenning o`rnida bo`lib qolishni istagan bo`lardim" degan ekan Aleksandr Makedonskiy.
Balki siz o`rnida bo`lib qolishni istayotgan kimsa, sizing o`rningizda bo`lishni hohlar?
Qo`ying, hamma o`z o`rnida bo`lgani durust! O`zligimizdan qo`ymasin. To`g`rimi Haykaljon?

Qayd etilgan

UmmatiY_MuhammadiY  06 Dekabr 2010, 13:05:42

:bsm:

Қойил, ҳудди китобларни ёзиладиган тарзда пост қилибсиз. Фантазис зср чиқибди. Гап йсқ!

Qayd etilgan