Bugungi kun mulohazalari  ( 1483265 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 ... 296 B


Naqshbandiy  04 Oktyabr 2006, 07:57:59

Afsus, afsus...
Yosh bolaning ajib o'ylari...
O'ylantrib qo'yar ekan odamni.
Ota-onalar... Ro'zaning mohiyatini tushunmaydigan ota-onalar...
Ollohning o'zi insof bersin ularga.

Qayd etilgan


_Otabek_  06 Oktyabr 2006, 17:52:45

Nargiza opa juda haq gapni aytdilar, yosh bolalarning ro'zaga bo'lgan yengil munosabatini yorqin bir misol bilan ko'rsatib berdilar. Men ham ko'pdan beri shu holat haqida o'ylayman. Bizda, Termizda ham shu odat bor. O'zimiz ham yoshligimizda qiziqib, 5-4 kishi bo'lib, mahalladagi uylarni bir aylanib chiqardik (ramazonning 3-kunidan). Keyingi paytlarda bu "an'ana" ko'p ham o'zgargani yo'g'u, ammo biz yod olgan ramazon qo'shiqlari anchayin turli-tuman, mazmunliroq bo'lardi, navbat bilan aytilardi. O'sha paytlarda, ba'zida katta yoshlilar aytganini ham eshitganmiz. Hozir ro'zaning birinchi kunidan bolalar ko'chaga chiqadilar va temir darvozamizni tayoq bilan gumburlatib, shovqin-suron bilan baqirishadi:


Ramazon aytib keldik eshigingizga,
Xudoyim o'g'il bersin beshigingizga!

***

Ro'zani 3 kun tutib keldik eshigingizga,
Ro'zaning zakotini bering bizga!

***

Stalbaning uchi qora,
Qizingizni qoshi qora! 

Kuchukimizni jazavaga tushurib, rosa hurdirib aytadiganlari shu. Balkim yana 2 qator biron narsa bilishar, lekin shunga shuncha shovqin. Ro'zaga esa 3 kun bo'lgani ham yo'q, oralaridan 1 ta yarim demasa umuman tutganlari ham yo'q.
Bu odat, tabiiyki ortiqcha narsa va ota-onalar ham o'z farzandlariga muqaddas ramazon oyi, ro'za haqida to'g'ri ma'lumot bera olmayaptilar.
   

Qayd etilgan


_Otabek_  06 Oktyabr 2006, 18:24:21

HIMMATLI BO'LINGGIZ, BOY BUVALAR!

O'zbek borki, yaxshi niyat bilan, farzandlarining rohatini o'ylab qurilish qilay deydi. Har kim imkoni yetganicha - kim qo'shqavat imoratlar tiklasa, kimdir oylar, balkim yillar davomida 2-3 xonali uyni bir amallab tugatadi. Besh qo'l barobar emas. Ammo bir holat kishini taajjubga soladi.
Ko'pgina hamyurtlarimizning baland, ko'rkam bir imoratlarining yon, orqa taraflariga e'tibor berib qaraganmisiz? Ular fasad (old) tomonidan yoki hovlining ichkariga qaragan taraflaridan nimasi farqlanadi? Qo'shnisining uyi tomondan qarasangiz, o'sha chiroyli imoratning yaxlitligi saqlangan holda ko'rinadimi?
Agar siz ko'rgan manzara bekamu-ko'st bo'lsa yaxshi, bu uy egasi atrofdagilarga befarq munosabatda bo'lmas ekan, o'zi uchun kichik xarajatlardan qochmas ekan.
Ammo, ko'pchilik hollarda kuzatamizki, imoratning egasi ko'zi tushmaydigan joylari xarob ahvolda bo'ladi - suvalmasdan, g'ishtlari ko'rinib turadi (agar xom g'isht bo'lsa yomg'irda oqib tushib, hamsoyasining noroziligiga sabab bo'lishi mumkin), agar ayvon yoki shunga o'xshash narsa bo'lsa, o'zlariga ep bo'lmagan materiallar - masalan, zanglagan tunukalar yopib qo'ya qolishadi. Vaholanki, kimlardir o'sha "go'zal manzara"ni har kuni ko'rishlariga to'g'ri keladi. Shtukaturka qilish uchun ustalar har kv.m ga 500-800 so'm haq olishadi, biron xalta sement ketar. Agarki, buning ustiga bir oddiygina oqlab ham qo'ysalar, qo'shnilari hatto minnatdor ham bo'lishadi, vaholanki u kishi o'z uyini to'lig'icha ta'mirlayapti, xolos...

Qayd etilgan


ibn_abdurROHIM  24 Oktyabr 2006, 10:40:06

ibn 'abdur-ROHIYM
 (24.10.2006.) ASSALOMU 'ALAYKUM   men Ramazon Hayiti kunini juda intizorlik bilan kutdim...
 o'sha kuni men uchun juda katta voqea bo'lishi kerak edi - Ramazon Hayiti kuni men otam, ukam, do'stim va ikta qo'shni bobo bilan masjidga, jamoa bilan hayit namozini o'qish uchun bordik. Ha, juda buyuk his...
   men uchun jamoa namozi shu kungacha orzu edi, u o'sha kuni ushaldi, ALHAMDULILLAH!!!
   ha, aytgancha agar musulmonlar ham xristianlar cherkovga boradigan kunni emas, balki musulmonlar masjidga boradigan kunni o'zlariga dam olish kuni qilib belgilaganlarida edi, Jum'a namoziga ham borardik (INSHOALLOH)...

Qayd etilgan


ikbaljohn  13 Fevral 2007, 19:45:33

Charchaganimdan uxlab qoliy deyyapman.

Qayd etilgan


Mahdiyah  14 Fevral 2007, 20:46:21

Kun bo'yi internetga chiqaman deb oxiri maqsadimga yetdim kech bo'lsa ham  :D

Qayd etilgan


Shahina  02 Mart 2007, 22:25:34

Assalomu alaykum!
Bu mavzuni KUNDALIK deb ham atasjhimiz mumkin.
Unda hamma narsa haqida, bugunki kunda ro'y bergan voqealar haqida gapirib o'tamiz.

Qayd etilgan


Shahina  02 Mart 2007, 22:29:51

Qishning so'nggida yoqqan qor hammaning tilka madorini quritdi.
U boshlab kelgan sovuq esa judayam xatarli bo'ldi.
Bugun esa Quyosh o'z nurlari bilan bizni yana xursand qildi.
Bundan buyog'iga haqiqiy bahorni ko'ramiz, inshaalloh.
Yana bilib bo'lmaydi...

Qayd etilgan


Nodi  03 Mart 2007, 07:39:48

Ertalabdan havoning avzoi yaxshi.
Bugun onajonimning tug'ilgan kunlari. Shunga syurpriz tayyorlavomman.
Bugun ularni xursand qilmoqchiman.

Qayd etilgan


AbdulAziz  04 Mart 2007, 15:11:52

Allohning bergan har bir ne'matiga shukr qilish kerakligini yana bir marta angladim.
Inson a'zolari Allohning san'ati ilohiysi bilan shunday mukammal yarilganki, butun dunyo olimlari bir bo'lib harakat qilsalarda, bitta tirnoq ham yarata olmaydilar.
Avvallari hech tishim og'rimagan edi. Tish og'rig'i yomon bo'lar ekan. Bosh qismidagi barcha nerv hujayralariga birdek ta'sir etib, oromingizni yo'qotarkansiz. 2 kun shunday o'tdi. Tomoqdan narsa o'tmaydi, uyqu yo'q. Tish, quloq, bosh baravariga og'riydi. Quloqlar shang'illaydi.
O'tib ketar deya 2 kunni ham o'tkazdim (axir avval tishim og'rimagan-da). 3-kuni doktorga uchradim. Bir tish ostidagi nerv hujayrasini olib tashlashdi.
Hammasi tamom. Og'riqlar yo'q.
Allohim, o'zingga shukr. Mukammal yaratib qo'yganingga shukr! dard berib, davo berganingga shukr!

Qayd etilgan