Bugungi kun mulohazalari  ( 1481751 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 122 123 124 125 126 127 128 129 130 131 132 ... 296 B


AbdurRohman  04 Yanvar 2011, 09:28:25

 :as:

Har kun qor-yomg'ir so'rab qilingan duolar, o'qilgan namozlar ijobat bo'libdi. mana bugun Alloh bizlarga O'z rahmat va barokatlarini yog'dirdi. Allohim ushbu yog'ib turgan qor parchalaridan ham ko'proq rahmatlari bilan siylasin bizlarni! Allohiim bizlarni ham marhamatingdan benasib qilma :amn:

Qayd etilgan


Aqoid  04 Yanvar 2011, 10:31:32

Bu qor bizi Anjanga yetib kemayapti-da. Perevaldan o'talmayapti shekilli.

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  05 Yanvar 2011, 20:00:01

 :bsm:

Zamonaviy Ajralish

Ajralish kimga yaxshi, kimga yomon. Aslida ajralish ikki  qalb uchun azob, hijron azobidir.

Ikki sevishgan bir-biriga tuyishdi. Vaqt yetib keldi ajralishga.

Yigit birinchi bo'lib, oxirgi so'zini aytishni kungliga tugib qo'ydi. Uddalay olarmikin, albatta uddalaydi. Yigit keldi.

Sevgilisi ikki dugonasi bilan, skameykada utirardi.

Yigit keldi-yu, muddaosini aytib jo'navordi.

Qiz yigitga peshvo chiqish uchun turganicha serrayib turib qoldi.

Qizning ho'rligi keldi, tashlab ketilgani uchun emas, balki birinchi bo'lib tashlab ketmagani uchun ...

Qayd etilgan


azizbek_mx  05 Yanvar 2011, 20:39:43

Bunda boshqacha bo'lgandi...
Bunda yigitning xo'rligi kelgandi.
Qiz erga tekkanidanmas, yigitning o'z jigarlari o'ziga qarshi chiqishgani uning xo'rlgini keltirardi...
Uzoq kutilgan to'y kuni ham keldi. Yigit o'zini xursand tutsada, qalbi, yuragi yig'lardi, azoblanardi...
To'y ham o'tdi, birin ketin qarindoshlari uni yupatishga tushishga tushdi. Bu uning battar xo'rligini keltirardi...
Oradan kunlar o'tdi, yigitga qo'ng'iroq qilishdi.,
u o'sha! Nahotki? Ishongisi kelmas, hech ichiga sig'dirolmas, hayoliga ham kelmagan edi, hech qachon kutmagan edi... Unga qo'ng'iroq qilgan uning Armoni edi...
Battar xo'rligi keldi. Nahotki yeru ko'kka ishonmagani, hammaga yaxshi deb maqtagani, eng iboli deb ardoqlagani bugun jufti haloliga xiyonat qilib, qayoqdagi nomahramga sim qoqayotgandi...
Yo'q, yomon niyatda qo'ng'iroq qilmagandi, bayrami bilan tabriklamoqchiydi, aytolmagan so'nggi so'zlarini aytib unga baxt tilamoqchiydi...
Yigit bunga chidayolmasdi, uning so'zlarini jim tingladida.., so'ng, boshqa bezovta qilmang deya go'shakni qo'ydi... Uning yuragi yonardi... Shu lahzadan boshlab u o'zini omadsiz hisoblay boshladi, hech kimga keraksizday his qilardi o'zini... U naqadar ojiz, naqadar yolg'iz,
naqadar baxtsiz,
naqadar umidsiz...

Qayd etilgan


BelleQizcha  05 Yanvar 2011, 22:31:18

Bir duganamiza bor edi... ko'ngli toza bo'lsa ham juda ko'ka sakrardi... hamma bir-bir turmushga chiqishi boshlagandi.. shunda dugonalaramizadan biri tug'gan edi... hammma hursand tabriklagan borishga tayyor sovg'alar olingan.. hamma hursand.. o'shanda  hammamiz qachon qayerga boramizani rejalashtirib turgandik.. dugonalarimizadan biri yo man boromiman,(erga tekkan), borolmasligini, eri va o'sha kuni qaynasikida bolishini ayytdi.... kopchilik bu  narsani oddiy hola deb oldi.. lekin boshqalar esa hayron qolishdi..
o'shanda o'sha dugonam...-vay unaqa bo'sa silaga jalkami erga tegish, biron joygayam borimisalla shuyam hayotmi digandi..
to'risi ko'zimi yonida ichini todirib kulgandi.... unga qoshilib kopchilik ham u qizni aytgan gaplarida kulgandik.. u qiz bo'lsa gapinga jon bor, lekin san erga tekkaninda balki unaqa dimasdim dib qoya-qoldi.. mayda gap bomasdan...
mana shungayam ikki yi ottdi.. biz dugonalar sekin-sekin joy-joylarini topib turmushga chiqishyapti.. uniyam navbatti keldi...  oydan kiyin uchrashdik ,...endi o'sha ustidan kulgan qiz bolalalik bolgandi... kulgan qiz bir dugonasini ko'rgani uyoga tursin hatto hayitdayam uni ko'rmadik....
mana silaga qaytar dunyo.. ekkanini o'rassan...

Qayd etilgan


Lobar AZIZ  06 Yanvar 2011, 11:09:58

Anchadan beri bugungidek hursand bo`lmagandim! Quvonchim ichimga sig`may ketyapti, gazetamizzi tiraji 47.000ga chiqibdi, uraaaa!!!!

Qayd etilgan


Habib  06 Yanvar 2011, 12:03:56

Anchadan beri bugungidek hursand bo`lmagandim! Quvonchim ichimga sig`may ketyapti, gazetamizzi tiraji 47.000ga chiqibdi, uraaaa!!!!
Chustiy sabab bo'lib gazeta tirajlari oshib ketibdida!
Chustiy, mavqeingiz yanada oshaversin!
 :amn:

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  06 Yanvar 2011, 12:27:05

Anchadan beri bugungidek hursand bo`lmagandim! Quvonchim ichimga sig`may ketyapti, gazetamizzi tiraji 47.000ga chiqibdi, uraaaa!!!!

Bu soliq uchun yozilgan raqam. Cherniy rinokda bundan ham ko'proq sotilsa kerak-a?  :13

Qayd etilgan


AbdurRohman  08 Yanvar 2011, 11:05:53

 :as:

bir necha kunlik tanaffusdan ken yana forumdaman. Allohni qudrati bilan ikki kun betob bo'lib yotib qoldim. issig'im 39-40 orasida yurdi. dardini bergan davosini ham beradi. Allohga shukr kechadan beri sog'-salomatman.

Allohni karami keng, qudrati cheksiz. Juma kuni tongga yaqin yana issig'im chiqib uyqum qochdi, yarim soatcha uxlomadim, ayolim ham uyg'oni. man uxlagandan kenam boshimda uxlami chiqqan. qancha uxladim bilmiman, yana uyg'onim kettim, lekin endi o'zimni juda yaxshi his qilardim. telefonimni budilnikini 6:30 to'g'rilab qo'ygandim, qarasam ungacha hali 25 minut bor ekan. yana biroz uxlavoliy dip ko'zimni yumdim. uyqu kelar-kelmas tush ko'ribman: juda ulkan bir narsa yotgan xonamizga dumalab keptiyu, mani yonimgacha kelib yana orqaga dumalab ketibdi, lekin qaytvotkanida hali bir yoshga kirmagan oppoq kiyimli bolacha tushib qolibdi. aniq esimda ko'zlari qop-qora katta-katta edi. u birinchi manga qarab turibdi, so'ng yonimda yotgan ayolimga qarab: "Nanajon, manam jumaga boriy" dipti. uyg'onib ketdim, qalbim to'la quvonch edi. soatga qarasam atigi 5 minut uxlagan ekanim. budilnik chalguncha uyqum kelmadi. budilnik chalgandan ken o'rnimizdan turdik, ayolimga ko'rgan tushimni aytdim u ham juda xursand bo'lib Allohga hamdlar aytdi. Ken birin-ketin tahorat oldik. ko'rgan tushim sabab bomdod namozidan oldin 2 rakat shukrona namozini o'qib oldik.

Shunaqa go'zal tushlarni nasib etgan Allohga hamdlar bo'lsin! Allohim marhamatingdan benasib qilma!

Qayd etilgan


Aqoid  08 Yanvar 2011, 13:49:48

Alloh hohlaganilardan ham ziyodasini bersin!

Qayd etilgan