Bugungi kun mulohazalari  ( 1483109 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 124 125 126 127 128 129 130 131 132 133 134 ... 296 B


JaviK  13 Yanvar 2011, 12:54:18

Rus yoki boshqa millat shu ishni qilsa ajablanmaymiz. Aynan o'zbek yigitlari "qalam qosh" bo'lib yurishlari ajablanarli holat... 
Muhammad Yusufni bir she`ri yodimga tushib ketdi ...

Hali zamon zamon keladi
Dalada tanklar pahta teradi

Qayd etilgan


Ansora  13 Yanvar 2011, 15:57:39

 :as:

Bilasizlar, telefon xozirgi kunda hayotimizga shunchalik "o'rnashib oldiki" telefonsiz hayotimizni tasavvur qilish qiyin bo'lib qoldi. Biz sim qoqqan kishi darrov javob bermasa darrov havotir olamiz, inson bolasi shu, avvalo xayoliga yomon fikrlar keladi...
Kecha uyimizda shu telefon dastidan "trevoga" bo'ldi:(
O'g'lim odatda ertalab 08.30larda turadi, men ham u turishi bilan ham ho'jayinim bu soatlarda bemalol bo'ladilar deb dadamizga "hayrli tong" qo'ng'irog'ini qilaman.
Kecha Abdulaziz soat 07dan keyin hadeganda uxlayvermadi, belanchagida soatlab tebratdim. Odatda men kunduz hech uxlay olmayman, lekin kechasi bilan tayinli uxlamaganim uchun ertalab 09.dan keyin 20 daqiqalar ko'zim ilinib qolibdi. Orada ho'jayinimga salom bermoqchi edim, lekin telefon mehmonxonada bo'lgani uchun bolani issiqqina xonasidan chiqqani erindim. Ustiga dadamiz mehmonxona ham issiqqina tursin deb eshigini zich yopib ketgan ekanlar. Mehmonxonada uy telefoni, meni 2 qo'l telefonim turgandi. Havolar ancha sovugani uchun dadamiz ertalab gazni biroz ko'taribdilar. İshga ketayotganlarida esa domni 1-qavatidan gaz hidi kelayotgan ekan, biroz ko'ngillari g'ash bo'libdi.
Xullas ho'jayinim soat 09.40gacha telefonimni kutibdilar, mendan javob kelavermagach, sarosimaga tushibdilar:( avvalo xayollariga gaz kelibdi, Xudo saqlasin. Qo'l telefonlarimdan biri o'chirilgan edi, bir havotir olibdilar, 2-telefonimni esa chaldiraverib charchabdilar. Bolani xonasini eshigi yopiq, mehmonxonani eshigi yopiq, ustiga men 20 daqiqa uxlaganman:( hech bir telefonni ovozini eshitmabman. Br payt o'zimga kelib quloq solsam uy telefoni chalyabdi. Bolani yerga yotqizib (chunki anchagina dumalay boshladi) mehmonxonaga yugirib kelib telefonimni qo'lga olsam ho'jayinim 14 marta sim qoqibdilar:( darrov narigi telefonimni ham yoqdim. Darrov u kishiga tinchlikmi dedim. Bechora hayqirib "qayerdasan" dedilar.
Mendan javob kelavermagach qaynonam, qaynotamni ham oyoqqa turgizibdilar. Tezda uyga boringlar, ikkalasiga bir narsa bo'ldi-yov deb. Qaynonamni qon bosimlari bor, hayajonlanish mumkin emas, bilasizlar:( Bir tarafdan qaynotam maktabdagi darslarini tashlab yugirib chiqibdilar.
Butun oila-a'zolarimga tinch ekanligimizni tushuntirgunimcha anha vaqt o'tdi. Oradan 10 daqiqa o'tmasdan qaynona-qaynotam yetib kelishdi. Ho'jayinim ishdan javob olib, 1 soatlik yo'ldan uygacha kelibdilar jon talvasasida.

Bundan keyin telefonimni yonimdan ayirmayman.

Azizlar, sizlar ham bu telefonni o'chirmanglar, mumkun marotaba tez javob beringlar. Odamzod darrob yomon xayollarga boradi. Eng hafa bo'lganim qaynonamni bizni deb mazalari qochgani bo'ldi:(

Barchangizni Alloh panohida saqlasin.

Qayd etilgan


_IYMONA_  14 Yanvar 2011, 20:31:09

Hammani oyoqqa turg'azibsizde opa... Bunaqa holat turmush tarzimizda ko'p uchraydi. Ish paytida ko'p bezovta qilishlari, ishim ko'pligiga qaramay  o'z shaxsiy ishlarini tezroq hal qilib berishimni qistayverishgani va boshqa asab buzarliklar sabab telefonimni ko'p o'chirib qo'yaman. Odamlar bir-birlarini tushunishmasa, ish paytida qo'ng'iroqlarga javob bo'lmasa arazlaganlarga, tiqilinch qilib hozir shu ishimni bitirib ber deb hol qo'ymaydiganlar uchun men hamisha "xizmat doira"dan tashqarida yuraman...

Qayd etilgan


Saliha  15 Yanvar 2011, 00:24:16

Kapalak honim, to'ri etas odam havotir olganda shayton shunday yomon hayollar keltiradiki..mandayam huddi shunday holat bo'lgan faqat aksi man ho'jeyinimmi qidirganman..1 oy bo'lib qoldi bu voqeyaga. vay telfonlari ofislarida qob ketganakan..ofisga tel qilaman qo'llariga ikkala nomerlarigayam tel qilaman yo'de..1 saot tel qildim nahotakam dunyo ko'zimga qarongu bo'ldi yomon hayollar keladiyu yana Allahim o'zinga amonat deyman..ahiri bugalteriga tel qildim ho'jeyinimi telfonlari omayabdi deb.. ula topib berdila hotiniz tirivoga qivordi debdi  :7 ho'jeyinimga..keyin begona nomerdan tel qildila telfonim ofisda qobdi deb... keb qarasala 38 marta tel qiganakanman..lekin 1 soat ichida hayolim nimalaga kettiki qaytib u holat bo'masin..
Allah barchamizni o'z panohida saqlasin..

Qayd etilgan


Aqoid  15 Yanvar 2011, 08:59:16

Alhamdulilloh, mana bizda (Andijon,Bo'z) ham qor yog'yapti.

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Yanvar 2011, 09:39:18

Alhamdulilloh, mana bizda (Andijon,Bo'z) ham qor yog'yapti.

Qor yog'yaptimi? Yoki qirovga o'xshsgan bir nima uchqunlayaptimi?
Bizda qorga o'xshagan bir nima ikki kundan beri uchqunlaydi-yu, lekin haqiqiy mehmondan hali darak yo'q.

Qayd etilgan


Aqoid  15 Yanvar 2011, 10:32:10

Xursandchiligimiz uzoqqa cho'zilmadi, endi quyosh chiqib ketdi. Menimcha kecha qor sal uchqunlagandi. Bugun bira to'la tindi qo'ydi. Hafa bo'layotgan smaylik!

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  15 Yanvar 2011, 11:19:20

Inna lillahi va inna ilayhi rojiun. Yana bir do'stimni yo'qotdim... Yo'q, o'ylamang vafot etmadi... Hayot zarbasiga ham uchramadi...
Kuni-kecha Andijonda bir do'stimning otasi qazo qildi. Marakalarni o'tkazayotganimda uzoq yaqin do'stlarimiz kela boshladi. Bolalikda birga ko'chani changitib, tepishib surtishib katta bo'lgan juda yaqin bo'lgan oshnam ham keldi. Chetga chiqib hol ahvol so'rashdik, "qachon uylanasiz endi" deb so'radim... Zinokor o'z ishlarini bir tuki ham qilt etmasdan aytib beryapti, jirkanib ketdim, ayniqsa abortiga pul berganini, u megajinni yana "qiz qilgan"ini... Shu meni do'stimmidi? Tanimay qoldim, bir qadam jilib unga tekkan qo'lim bilan yelkamni qoqdim, jirkanch najas tekkanday. Bundan ko'ra o'lib unutilib ketgani yaxshi edi...

Qayd etilgan


Aqoid  15 Yanvar 2011, 11:41:42

Do'stim bizning boshimizga ham shunday kunlar tushgan. Ancha kurashdik, hidoyat Allohdan.

Qayd etilgan


siddiqa  15 Yanvar 2011, 11:45:34

Inna lillahi va inna ilayhi rojiun. Yana bir do'stimni yo'qotdim... Yo'q, o'ylamang vafot etmadi... Hayot zarbasiga ham uchramadi...
Kuni-kecha Andijonda bir do'stimning otasi qazo qildi. Marakalarni o'tkazayotganimda uzoq yaqin do'stlarimiz kela boshladi. Bolalikda birga ko'chani changitib, tepishib surtishib katta bo'lgan juda yaqin bo'lgan oshnam ham keldi. Chetga chiqib hol ahvol so'rashdik, "qachon uylanasiz endi" deb so'radim... Zinokor o'z ishlarini bir tuki ham qilt etmasdan aytib beryapti, jirkanib ketdim, ayniqsa abortiga pul berganini, u megajinni yana "qiz qilgan"ini... Shu meni do'stimmidi? Tanimay qoldim, bir qadam jilib unga tekkan qo'lim bilan yelkamni qoqdim, jirkanch najas tekkanday. Bundan ko'ra o'lib unutilib ketgani yaxshi edi...

astag'firulloh .o'lib ketmagani yahshi Mo'min mirzo aka balki bir kun kelib tavba qilar .ko'zi ochilar inshaalloh .

Qayd etilgan