Bugungi kun mulohazalari  ( 1483147 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 142 143 144 145 146 147 148 149 150 151 152 ... 296 B

Sadulla  21 Mart 2011, 17:35:25

 :as:
Kunlar tez o'tayotgandek.O'tgan bir haftalar ichida ikkita janoza birida 74 yoshli otaxon,birida 2 oylik norasida go'dak...
Bunday narsalarga guvoh bo'lgandan keyin o'zi haqida o'ylab,qilayotgan ishlarini sarhisob qilmaslikning ham iloji yo'q.Ollohim o'tganlarni rahmatinga ol,qolganlarni salomat qil ,toki yaxshi amallar qilib qolaylik.Omin.

Qayd etilgan

Anorushka  22 Mart 2011, 02:22:24

Bugun menga nisbatan qilingan, o'zim kutmagan bir ishni ko'rib qolib, judayam jahlim chiqqandi. Shu zahoti o'sha insonga achchiq so'zlarga to'la xat yozib, alamimdan chiqmoqchi edim.. Olloh bir asradi. O'zimni bosdim.. Kim bilsin, balki o'z obro'yimni to'kkan bo'larmidim...   Ollohga shukur!

Qayd etilgan

siddiqa  22 Mart 2011, 21:20:52

Har ishda albatta banda uchun bir ibrat va Hikmat   bo'ladi lekin banda gohida shu hikmatlarni kutmay shosHiladi .

Qayd etilgan

Sofdil  22 Mart 2011, 22:51:19

Kunla isigan sari, erga qarab yurishga turi kevotti

Qayd etilgan

registan  22 Mart 2011, 23:33:54

Punto switcher ishlatsalar kerakda, "hikmat"ni shunaqa yozibdilar. ))

Qayd etilgan

registan  22 Mart 2011, 23:34:58

Kunla isigan sari, erga qarab yurishga turi kevotti

Men aksincha tepaga qarab yuraman, ayniqsa metroda.

Qayd etilgan

siddiqa  23 Mart 2011, 11:34:22

Har ishda albatta banda uchun bir ibrat va ршльфе bo'ladi lekin banda gohida shu hikmatlarni kutmay shosHiladi .

 ;D ;D ;D
:as:
men ham shu joyiga tushunmadim  ;D

Kompimni shunaqa kasali bor kirilchaga o'girvoradi  :7 hikmat deb yozgandim .Uzr so'riman ayb kompda .

Qayd etilgan

muxlisa  23 Mart 2011, 18:50:55

 :as:

Bugungi kunim.. yaxshi o'tib.. tugayapti desamam bo'ladi..
ha, bir qiziq narsa o'qib qoldim :) o'qib kuldim. kulishga kuldimu.. keyin o'ylab qoldim... xullas, sila ham o'qib ko'rila:)

SODDA MUG'OMBIR
 arab qabilalarida yashovchilardan biri tuyasini yo'qotib qo'ydi. izlab ancha sarson bo'ganidan: "agar topsam, 1 tanga so'rasalar ham sotardim", - debdi. oradan ma'lum vaqt o'tkach, tuya topildi. endi u o'z qavlidan qaytmaslik maqsadida tuyasining ustiga mushugini yuklab: "kimki savdo qilmoqchi bo'lsa, tuya 1 tanga, ammo mushugim 100 tanga, marhamat ikkisi birga sotiladi, ayrib sotadigan ahmoq yo'q, - deya bahosini belgiladi.

Qayd etilgan

Sofdil  23 Mart 2011, 22:21:21

Mol achchig'i  Jon achchig'i shu busa kere :)

Qayd etilgan

Sofdil  25 Mart 2011, 02:11:02

Kunla isigan sari, erga qarab yurishga turi kevotti

Men aksincha tepaga qarab yuraman, ayniqsa metroda.

Biliwimcha shayton har tomondan kelarkan shunaqa paytta, faqat pastan kemasakan. Yana Alloh bilguvchi.

Qayd etilgan