Bugungi kun mulohazalari  ( 1483868 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 ... 296 B


Abdusalom  17 Mart 2007, 15:56:41

Hozir tashqarida sharros yomg'ir yog'yapti.
Ana odamlar, soyabonlarini ko'targancha, qayergadir ketishyapti...
Bu ham go'zal.
Uni tomosha qilish ham go'zal.

Qayd etilgan


Dilnura  20 Mart 2007, 14:47:25

Ollohga behad shukur men bugun juda hursandman:)
CHunki eng yakin odamim ogrib koldim desam uzur yordam beromiman dedim,kimmi shunde mehriboni bor zo'ra boshkaladan hechnarsa kutmasengam bo'loradi:D

Qayd etilgan


Dilnura  20 Mart 2007, 14:57:10

Ollohim menga shunde "yumshok bagritosh " insonlani ro'paro' kilganiga juda hursandman,agar ular bo'lmasa bilmadim yahshilarni kadrini hozirgichalik bilmasmidim  :12
SHunde sinovlarda insonni kimligini ham anglab olasan :D

Qayd etilgan


Abdusalom  22 Mart 2007, 09:24:15

Ollohim menga shunde "yumshok bagritosh " insonlani ro'paro' kilganiga juda hursandman,agar ular bo'lmasa bilmadim yahshilarni kadrini hozirgichalik bilmasmidim  :12
SHunde sinovlarda insonni kimligini ham anglab olasan :D

Hecham kuyinmang.
vaqti kelib o'sha tosh bag'irlar ham yumshab, yog'dek erib ketishadi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  23 Mart 2007, 07:33:52

Juda-juda Toshkentni va u yerdagi haqiqiy birodarlarimni sogindim.........
Allohga beadad shukrlar bo'lsin shunday soginib ,sogintiradigan birodarlar bergan.

Alloh ular bilan Diydorlashishingizni nasib qilsin!

Qayd etilgan


AbdulAziz  23 Mart 2007, 07:49:05

Assalomu alaykum!
Bugungi tong men uchun judayam chiroyli otdi.
Chunki men o'z uyimdaman, ota-onam bag'rida.
Kecha kelishim bilan uyda bayram boshlandi. Jiyanlarimning quvonchidan ko'zim yoshlanishiga jichcha qoldi...
O'z uyingga yetmas ekan baribir.
Uyga kirishim bilan, salom-alikdan so'ng har doimgi savol beriladi:
- Necha kunga kelding, o'g'lim?
- Kelmasimdan avva ketishimni so'raysizlar-a? - deya hazillashaman. Yig'lamsirab turgan onamning javoblari shu bo'ladi:
- Sening diydoringga necha kun to'yarkanman, shuni o'ylayapman-da...
- Ikki-uch kun turaman, ayajon...
- Namuncha kam, borasan-da, ish qochib ketmas... Atigi uch kun biz bilan bo'lasan xolosmi?
- ... Ish, o'qishdan qolib ketaman-da...
Uyga kiraman, men uchun asrab qo'ygan har xil yeguliklarni olib chiqishadi. Birpasda dasturxon to'lib ketadi. Qizig'i hammasi ozginada, faqat men uchun mo'ljallangan...
- Oh, student o'g'limey, uyoqda yaxshi ovqatlanasizlarmi? Nimalarni yeysizlar, ovqatni qanday tayyorlaysan?...
Surishtira boshlaydilar. Hamma-hammasini...
Dadam bo'lsa hazillashadilar:
- Juda ozib ketibsan, ovqat-povqat yeb turibsanmi?
- Voy, dada, student ovqatni nima qiladi?
Ayajonim esa bunga ishongandek, - Voy, bolajonimey, deb yuz ko'zimdan o'padilar...
Yangi kuyovlarnikidek joy solib berishadi. Qo'yarda-qo'ymay shunga yotkizishadi. Bunaqa qalin va yumshoq o'ringa o'rganmaganman. Ular kirib ketishgandan keyin, ko'rpaning faqat bir qavati qoladi...
Subhda esa, onam: - Bolajonim, shu biiir qavatgina ko'rpada yotdingmi? - deya kuyinadilar.
Yana oila yig'iladi. Hammamiz birgalikda choy ichamiz. Naqadar baxtliman. Ota-onam bilan birgaman.
Tashqariga chiqaman, onajonim erta bahorga ekib qo'ygan, rayhonlar bo'y ko'tarib qolibdi.
Tong ham ajoyib, Marg'ilon tonglari juda ajoyib...

Qayd etilgan


ikbaljohn  23 Mart 2007, 14:07:50

Sug'ur kuni!

Qayd etilgan


Nodi  23 Mart 2007, 16:30:05

Assalomu alaykum!
Judayam ta'sirli chiqibdi.
Ota-onangiz sizni judayam yaxshi ko'risharkan. :)

Qayd etilgan


mutaallimah  23 Mart 2007, 23:19:53

Bugun bizda yomg'iiir!!!! Qachondan buyon ilk marta.Adashmasam bir yil bo'ldiyov bunday yomg'irga. Maza !!!!!!!!!!!

Qayd etilgan


Flower  25 Mart 2007, 10:30:14

Dam olish kuni. Ammo uyda yolg'izman. Hamma bozorga ketishdi. Yolg'izlik!!! Ba'zan u ham quvonch keltirar ekan!

Qayd etilgan