Bugungi kun mulohazalari  ( 1297125 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 146 147 148 149 150 151 152 153 154 155 156 ... 296 B


_IYMONA_  10 Aprel 2011, 00:38:15

Assalamu alaykum. Allohga shukr yana ko'klamga yetishdik. Daraxtlar gullab, zaminimizga yashil libos naqadar yarashadi. Qushlar ham chug'urlashib qolishdi... Har yili musichalar derazamiz tokchasiga in qurib bola ochadi. Polaponi do'mboq bo'lib, qanot yozishni boshlashi hamono zag'izg'on, mayna "ilib" ketishadi. Bu yil yana in qurishni boshlab derazamiz tokchasiga qurilish materiallarini yig'a boshlashdi. Hayday desak, qo'rqamiz, mayli in quraversin desak yana har doimgidek bir xil holat guvohi bo'lishdan bezillaganmiz. 2 hafta tuxum bosib yotib, bolasi chiqqach uni parvarishlab, ovqatlantirib, zag'izg'on og'ziga yemish bo'b ketishini chetdan kuzatib turish judayam og'ir... Judayam ko'nglim bo'sh...

Qayd etilgan


UzMuslim  10 Aprel 2011, 23:26:34

 :as:
Yana Bir Kunimiz O'rtda qoldi,Bu KuN Ham Tarixga Aylandi.Kunlar,vaqt Soatlar juda ham Tez O'tiB Bormoqda..Darrov Bahorning Teng Yarimi HAm ortda qoldi.
BuguN Ertalab Ishga Ozgina Uhlab Qoldim,KeyiN Shoshilib Ko'chaga Chiqdim,Shundekkini Yo'l Bo'yida odamlar To'planib turibdi..NIma Bo'ladi ekan deb Man ham Shoshildim O'sha Tarafga.Qarasam Juda ham Qattiq Avto Halokat Ro'y beribdi..3 ta Mashina Bir Biri bilan To'qnashib Ketibdi.Alloohni O'zi Asrasin bunday Fojiyalardan.O'sha yerni O'zida 2 inson Bu Dunyodan Erta Ketibdi..Alloh Rahmatiga Olgan Bo'lsin..Inna Lillayhi Va Inna Ilayhi Rojiun. Halokat oyoq ostida Deb Bejizga aytishmaydi,O'sha Insonlar ham Bugun Shunaqa Bo'ladi Deb Uylaridan Chiqishmaganku..ShuNI UchuN Har BIr Kunimizni G'animat BiliB Ohiratimiz UchuN Foydali Ammalarimizni Ko'paytirishimiz Lozim...

Qayd etilgan


Nоdirbek  11 Aprel 2011, 22:21:05

Bugungi kun juda ham ajoyib bo'ldi. Hammasi uchun tashakkur, bugun yana ko'p narsalarni o'rganishim kerakligini his qildim.
        Alloh rozi bo'lsin sizdan forumdosh!!!

Qayd etilgan


Aqoid  12 Aprel 2011, 08:18:26

Bugun Umra ziyoratiga ketgan andijonlik yurtdoshlarimiz qaytishyapti. Alloh ibodatlarini qabul qilsin. Bizni ham muqaddas joylarga nasib qilsin!

Qayd etilgan


AbdurRohman  12 Aprel 2011, 11:25:58

 :as:

Kunlar ketib, orqasidan boshqasi kelib, undan keyin yana biri kelib, xullas bir-birini quvlashib bahorniyam o'rtalari yetib keldi. Kunlar, havolar isigandan isib bormoqda. Hamma yoqda daraxtlar, gullar ochilib ko'zni quvontiradigan darajada yashnab turibdi. bularga qarab odamzotni dili yayrab ketadiya. Ko'chada yurib tabiat go'zalliklarini tomosha qilib charchamaydi inson.

Ming afsuski, daraxt va gullar qatorida qizlarimiz ham ochilib bormoqda. Bosh ko'tarib yurib bo'lmay qoldi. Endi oyoq uchlariga qarab, qadam sanab yurishni ermak qilsak o'zimizga foydali bo'larkan. Havo isib ketishing eng yomon ta'sirlaridan biri deb aytishimiz mumkin.

Balki havo isib ketishi ayblashim xatodir. Axir shunaqa havoda ham uzun kiyim kiyib, boshlariga ro'mol o'rab yurgan muslima opa-singillarimiz ham boru. Alloh shu opa singillarimizdan rozi bo'lsin. Havo har qancha issiq bo'lsa ham Alloh roziligi uchun kiygan kiyimlarini ularga salqin qilib bersin.

Qayd etilgan


registan  12 Aprel 2011, 15:11:41

Bugun Gagarinning tug'ilgan kuni?  :o

Qayd etilgan


AbdulAziz  12 Aprel 2011, 15:20:24

Bugun Gagarinning tug'ilgan kuni?  :o

Yo'q, Gagarin bundan 50 yil avval 12-aprel kuni kosmosga uchgan.
Agar bugun googlega kirgan bo'lsangiz, shu kun sharafiga Guguljon do'ppisini almashtiribdi:


Qayd etilgan


AbdurRohman  12 Aprel 2011, 16:07:25

Fransiyalik muslimalarga Alloh sabr bersin. :amn:

Qayd etilgan


registan  12 Aprel 2011, 16:27:28

Fransiyalik muslimalarga Alloh sabr bersin. :amn:

Adashmasam,ma'lum bir jamoat joylarida kiyib yurishni ta'qiqlashdi,shekilli a?

Manimcha faqat niqob ta'qiqlandi deb o'qidim shekilli, hijob emas...

Qayd etilgan


AbdurRohman  12 Aprel 2011, 16:34:17

Fransiyalik muslimalarga Alloh sabr bersin. :amn:

Adashmasam,ma'lum bir jamoat joylarida kiyib yurishni ta'qiqlashdi,shekilli a?

Manimcha faqat niqob ta'qiqlandi deb o'qidim shekilli, hijob emas...

Yangiliklarda o'qiganimda jamoat joylarida hijob va paranjida yurish taqiqlanganligi yozilgandi.

Qayd etilgan