Bugungi kun mulohazalari  ( 1297104 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 148 149 150 151 152 153 154 155 156 157 158 ... 296 B

_IYMONA_  14 Aprel 2011, 19:13:16

 :ms: Kenayimla qachondan beri dovuchcha deyotgan edilar. Mana endi bir etak terib beraman... :7

Qayd etilgan

azizbek_mx  14 Aprel 2011, 19:16:13

Aqoid aka, siz joylangan rasmlani ko'rmabsiz, katta katta g'o'ralana chirrreyli qib, tarelkalaga jeylab rasmga optila... Ko'rgan odam g'o'ra yemaguncha o'zini bosomasa kere... Menam, chyota, o'riklani tagiga serqatnov bo'p qoldim, g'o'ra pish, og'zimga tush, diganday ;D

Qayd etilgan

Mahdiyah  15 Aprel 2011, 08:36:19

Yashil rangni bekorga Jannat rangi deyishmas ekan.
Bugungi kun..., havo..., yengilgina yog'ayotgan yomg'ir... Allohning bir marhamati, ne'mati...
Nimaga bilmadimu aynan shunday havoni juda yaxshi ko'raman.
Ajoyib bir sokinlik, go'zallik bor bu havoda...
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ham bahorda tug'ilganlar diyilgan kitobda, bu ham bejiz bo'lmasa kerak.
Yomg'irdan kn, yam-yashil o'tlarga yanada chiroy kirgandek huddi.
Hammayer did bilan yashillikka bezangan bu olam ko'zni quvnatadi.
Beihtiyor Allohga hamd aytaman, shunday ne'matni berganiga, shunday ne'matni ko'raolayotganimizga, eshita olayotganimizga, hididdan mast bo'layotganimizga,

Alhamdulillahi Robbil A'lamiyn

Qayd etilgan

Hadija  15 Aprel 2011, 09:52:41

 :amn:, Alhamdulillah!...

Aqoid aka, siz joylangan rasmlani ko'rmabsiz, katta katta g'o'ralana chirrreyli qib, tarelkalaga jeylab rasmga optila... Ko'rgan odam g'o'ra yemaguncha o'zini bosomasa kere... Menam, chyota, o'riklani tagiga serqatnov bo'p qoldim, g'o'ra pish, og'zimga tush, diganday ;D

rasmlarni o'zim olmadim, bir saytdan topib olgandim :)

Qayd etilgan

Aqoid  15 Aprel 2011, 11:11:28

Yashil rangni bekorga Jannat rangi deyishmas ekan.
Bugungi kun..., havo..., yengilgina yog'ayotgan yomg'ir... Allohning bir marhamati, ne'mati...
Nimaga bilmadimu aynan shunday havoni juda yaxshi ko'raman.
Ajoyib bir sokinlik, go'zallik bor bu havoda...
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ham bahorda tug'ilganlar diyilgan kitobda, bu ham bejiz bo'lmasa kerak.
Yomg'irdan kn, yam-yashil o'tlarga yanada chiroy kirgandek huddi.
Hammayer did bilan yashillikka bezangan bu olam ko'zni quvnatadi.
Beihtiyor Allohga hamd aytaman, shunday ne'matni berganiga, shunday ne'matni ko'raolayotganimizga, eshita olayotganimizga, hididdan mast bo'layotganimizga,

Alhamdulillahi Robbil A'lamiyn

Shu qaysi kitobda bor, Men ham Payg'ambarimizni(S.A.V) milodiy yilimiz bo'yicha 20 aprelda tug'ilgani haqida o'qigandim, lekin hozir eslolmadim, shundan buyon hursand bo'lib yuraman Payg'ambarimiz(S.A.V) bilan bir oyda tug'ilganimdan. Shu ma'lumotlarni aniq bilganlar bormi?

Qayd etilgan

registan  15 Aprel 2011, 11:35:12

Jumhur ulamolar xulosalaricha Payg'ambar SAV, Fil yili, Bahor fasli, Dushanba kuni, tong vaqtida tavallud topganlar. Sanalar borasida esa biroz ixtiloflar bor, Rabiul Avval oyining 8,9,10 yoki 12 kunida tug'ilganlar deyishgan. Misr rasadxonasining falakiyotshunos olimi Mahmud Posho melodiy 571 yili, Rabiul Avval oyining 9 kuni Dushanbaga to'g'ri kelishini ilmiy asoslab bergan ekan. Bu esa 20-21 Aprelga to'g'ri kelarkan.

islom.uz

Qayd etilgan

Sadulla  18 Aprel 2011, 08:29:44

 :as:

Alhamdilluloh kecha imtihonlarni topshirib oldik.Imtihon boshlanguncha odam hayajonlandi,boshlangandan keyin esa hayajonlanishga vaqt bo'madi  :D .Imtihonni topshirib chiqqandan keyin do'stimnikida imtihon topshirganimizni yuvdik  ;D ,aniqrog'i oshxo'rlik qildik.Bu imtihon 1-avgustdagi imtihondan oldin bir sinov bo'ldi.

 Bahorning tarovati odamni lol qoldiradi.Atrofdagi yashillik chindan ham odamni quvontiradi.Qaldirg'ochlarning chug'urlab o'tishini eshitganimda negadir ko'ngilda iliqlikni his qilyapman...

Qayd etilgan

Nurdinboy  18 Aprel 2011, 19:58:40

Bugun Parkent bozorida rosa tugma qudirib ovora bo'ldim. Bozor berk. Topolmay orqamga qaytayotsam ikkita bola birtta baklashkada bir birini Koka kola bilan urib o'ynab ketishayapti. Yonidan o'tib ketayapsam bittasi (yaxshi kiyingan, binoyidek) aka, ming so'm bering (!) deydi. Nimaga, desam ko'zini lo'q qilib nonga (!) deydi.
- Kolani o'rniga non olish keragidi, - deb yo'limda davom ketaverdim.  
Uyga kirib ketayotsam dom oldida (huddu atay qigandek) juda yaxshi kiyingan bir rus qizcha ruschalab "400 so'm bering" deydi. tushunmaganlikka olib ketaverdim.

Ayrim ota-onalarga hayronsan. Farzandlariga qarayaptilarmi? Biz dadamizdan bekordan-bekor pul so'ragani qo'rqardik. Aniqrog'i uyalardik. hozir kichkinalarni astoydil tarbiyalash kerak bo'layapti shekilli.

Qayd etilgan

AbdulAziz  26 Aprel 2011, 11:04:43

EHTIYOT BO'LING, TERAK GULI!

Yoshligimda multfilmda bo'lsa-da, qo'ziqorin yomg'iri, sabzi yomg'iri, pishloq yomg'irini ko'rgandim. Keyinchalik chigirtka yomg'irini ko'rib, hayratim oshgandi. Yaqin 5-6 yildan beri Farg'onada terak guli yomg'iri avj olgan.

Uydan hovliga chiqishingiz bilan pardek uchib yurgan Kaliforniya teragi gullari avvalo ko'zingizni oladi, qor yog'yaptimi deb o'ylaysiz. So'ng biroz tashqarilagach, par gullari burningizga, qulog'ingizgga, ehtiyot bo'lmasangiz, ko'zingizga kirib ketadi.

Ular uchib-uchib, burchaklarda, duch kelgan joyda to'planib, atrof-muhitning ifloslanishiga sabab bo'lmoqda.

Mutaxassislarning aytishicha, aynan Kaliforniya teragi kelishi bilan o'zimizning teraklarga ham gullash dardi yuqqan.

Allergiyasi bor bemorlar uchun bu ancha xavfli bo'lib, turli kasalliklarning urchishiga olib keladi.

Shahar va viloyat ma'murlari ushbu muammoga ham e'tibor qaratishsa yaxshi bo'lardi. To'g'ri, terak asosiy qurilish mahsuloti, kimlarningdir daromad manbai. Lekin inson salomatligi barchasidan ustun bo'lmog'i kerak.

Qayd etilgan

Hadija  26 Aprel 2011, 14:57:21

 :as:
Barchaga tinchlik xotirjamlik, oilalariga fayz va barokatlar tilagan holda hozircha XAYR deb qolaman!...

 :as:

Qayd etilgan