Assalomu alaykum
Bir og’izdan biz anglamagan holda ham"œ yaxshi"œ ham "œyomon"œ gap chiqadi. Ammo biz buni sezamizmi? Qaydam.
Bundan bir necha oy ilgari, O’zbekistonga ota-onamni ko’rgani borganimda esda qolarli va ibratli bir voqea yuz bergan edi.
Ta’tilni ramazon oyiga to’g’rilab vatanga bordim. Borganimga uch — to’rt kun bo’lganda, bir qarindoshimiz iftorlik berdi. Otam bilan birga iftorlikka bordim. Hovlida joy qilingan ekan, hush keldingda turgan amakim bizni to’g’ri stolga boshladi. Tavoreh namozini o’qib berishga chaqirilgan mullomiz, menimcha*, o’sha hovlida o’tganlarning haqlariga Qur’on tilovat qildi va past ovozda nimalar dedi, ammo uning tovushi sal uzoqdaligim sababli menga yaxshi eshitilmadi. Menimcha*, o’sha hovlida o’tgan kishilarning joylari jannatda bo’lishini so’rab duo qildilar. Hamma birday qo’lini duoga ochdilar, man ham. Biz otam va men hammaga nazar tashlab, so’rashib chiqding. So’ng hamma o’zi bilan o’zi bo’lib, o’z tashvishlari bilan o’rtoqlasha ketdi.
Otam uyga mehmonlar oldiga kirib ketdi. Men esa tashqarida xizmat qilaman deya, qozon boshiga qishloqning bo’z yigitlari tomon yurdim. Bir to’p qishloq yigitlari, iftorlik berayotgan uzoqroq amakimning yaqin qarindoshlari, hamsoyalari uymalashib, to’p-to’p bo’lib o’zlarini qiziqtirgan mavzularda gurung qilashayotgan ekan. Men borishim bilan gaplari bo’linib qoldi. Mendan bir necha yosh katta, ammo menga yaqin o’rtoq bo’lgan yigit menga peshvoz chiqib, quchoqlashib ko’rishdi, hol — ahvol so’rashdik. U tabiatdan qiziqchi, hazilkash bo’lgani uchunmi, yo bolalarni o’ziga jalb etish uchunmi, yo qiziqchilik qilib kuldurish uchunmi, ishqilib birinchi qilgan ishi - yonimdagi telefonga qo’l o’zatish bo’ldi. Men qopchiqdan uni olib berdim.
U telefonni qo’liga olib, u yoq bu yog’iga qarab "œ
Evropada yurib, ko’tarib yurgan telefoning shumi, kim aytadi seni Evropada o’qiydi deb, bu musur-u" deb otib yuborsa buladimi. U meni hammani oldida izza qilgani yetmaganday, telefonimni o’zim olib kelishimga ham majbur qildi. Boshni egib, ho’p akam, maslahatingizni inobatga olib qo’yamiz deya indamay qo’ya qoldim. Nima ham derdim, kuchli "œmutaxasis"larga bas kelib bo’ladimi. Buni ustiga hammani oldida ozgina bo’lsada obro’chamni, hurmatimni ham bir pul qildi. Tilni tishlab qolaverdik. Keyin o’zimni koyishga tushib ketdim. "œ
O’zi kelganingga uch kun bo’lsa, uch — to’rt kunlik mehmon bo’lsang, senga balo bormidi telefon ko’tarishga, kim ham senga shu paytda telefon qilardi, ey seni farosatingga." Bu koyishlar kamlik qilib turganida, boz ustiga boz , dard ustiga dard deganlaridek, saldan so’ng undan battari sodir bo’ldi.
Quyosh botishi bilan hamma ro’zadorlar, og’izlarini ochishdilar. Gap talashishga vaqt qolmadi, hamma bo’z yigitchalar bilan sen choy tashi, sen non olib kel deya xizmat qilishga o’tib ketdik. Ro’zadorlar og’izlarini ochib, yengil ovqatlanib olganlaridan so’ngra tavoreh namozlarini o’qishga saflandilar. Mendan bir necha yosh kichkina bo’lsa ham, hech joyda o’qimagan bo’lsa ham, gapga chechan bir bola azon ayta boshladi. Hamma o’tirib sukut bilan tingladilar, azon aytilib bo’lingach, hamma qo’lini duoga ochdi. "œOmiyn Allohu akbar" deya yuzlariga tortishdi va turib qilayotgan ishlarini davom ettirishdi. Men ham ular nima qilgan bo’lsa, shuni qildim. Ammo nima uchun omiyn qilishdi, bilmadim. Bildim, nimaga omiyn qilishganlarini, ammo mohiyatiga yetmadim. Boyagi meni izza qilgan o’rtog’im, sho’ntagidan qalpog’ini chiqarib, safga qo’shilishga taraddudlana, menga shunday dedi. "œ
Sen ham elga qo’shilib, bizni safimizni ko’paytirib, birga namoz o’qisang bo’lmaydimi? Ertaga nima deb javob berasan, men u paytlar Evropada o’qib yurgandim, namoz o’qishni bilmasdim deysanmi? Sening ham boshing sajda ko’rsin." Men unga nima deyishni bilmay karaxt bo’lib qoldim, tilimni yutub yuborganday edim. Miyamda shamol tezligidanda tez o’tgan xayol shu b’ldi. "œ
Boyagi bola o’zingmisan? Yo man tush ko’rayapmanmi, bu yog’i g’alati bo’ldiyu-a."
Namoz ham tugadi. Iftorlik ham tugadi. Hamma uy-uyiga ketishdi. Men uni gaplarini mag’zini "œchaqib" qolaverdim. To’g’ri chaqdimmi, hammasini chaqdimmi, aniq bir narsa deyolmayman. Ammo bitta "œog’iz" gap bilan mot qildi, birinchi qilgan ishida uni nohaqqa chiqardim, ikkinchi qilgan ishida haqqa chiqardim. Bir og’izdan ham yaxshi, ham yomon gap chiqqanini guvohi bo’ldim. Sabr qilganim bois, boyagina yomon odam deb turgan odamimdan, unga nisbatan tish qayrayotgan paytimda yaxshi gap ham eshitdim. Nima uchun yaxshi gap, chunki men uni gapiga yuz foiz qo’shilaman.
Sabr tagi oltin deb bejizga aytishishmas ekanda. Siz ham sabr qiling, yaxshi va yomonni ajratishga intilayotgan, haqiqat izlab mehnat qilayotgan, birodarlar! Alloh sobirlarni sevarkan.
*
Bu haqda yetarli ma'lumotga ega emasman. Qishloqdan yoshligimda chiqib ketganim bois, qishloq marakalarida qatnashmaganman va bu to'g'risida hech kim menga ma'lumot bermagan, o'rgatmagan.10.05.2011