Bugungi kun mulohazalari  ( 1483969 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 ... 296 B


gayrat17  21 Sentyabr 2007, 11:47:47

Men 3 kundan beri Ro'za turmayapman, Qornim og'rib qolyapti. Nima qilay, mezimalri xam yordam bermayapti.

Qayd etilgan


AbdulAziz  26 Sentyabr 2007, 08:08:49

Assalomu alaykum!
Kecha bir do'stimni kutib olish uchun iftorga yaqin ko'chaga chiqdim.
Do'stimni kutib oldim. Iftor payti yetdi. Yo'lda uchragan bir oshxona-kafega kirib og'iz ochmoqchi bo'ldik.
Kirdik. Lekin ne ko'z bilan ko'rayki...
Iftor paytida, ramazon oyida... deyarli har bir stolda odamlar, eng hayratlanganim ayollar, o'zbek ayoli, qizlar... o'zbek qizi aroq ichib o'tirishibdi... Astag'firulloh, dedim. Nahotki, hech ham o'ylamagandim.
Axir Ramazon oyida-ya! Iftor paytida-ya! Astag'firulloh.
U yerni tark etdik. Sherigimning ham xunobi chiqdi. Uni ham hayratga solgani yosh o'zbek qizlarining ayollar bilan birgalikda qadah ko'tarishayotgani edi. Beixtiyor u so'radi mendan:
- Shularning ham oilasi, ota-onasi, eri bormikin? Iftor paytida uyda iftorlik qilib o'tirmaydimi?
- Ularning erlari ham xuddi shu payt boshqa joyda kayf qilib o'tirgandir-da...

Astag'firulloh! Shunaqasi ham bo'larkan...

Qayd etilgan


shoir  26 Sentyabr 2007, 14:35:47

Astag'firulloh!
Mana shunaqa betavfiq insonlar ham bo'ladi.
Ular uchun na Ramazon, na iftorlik gunohlardan tiyilish uchun yordam bermaydi.
Ular hayot mazmunini shu bir qadah sharobda deb bilishadi.
Insof bersin!

Qayd etilgan


Robiya  26 Sentyabr 2007, 15:08:42

Har doimgidek vaqtli uyg'ondim.Bilaman,bobojonim allaqachon turib,kitob o'qib o'tiribdilar.Ertalabki dasturxon tuzashga chog'lanaman.Ana,dadam ham uyg'ondilar.Buvijonimga yuz-qo'llarini yuvish uchun suv tayyorlab berdim.Asta-sekin tungi zulmat chulg'ab olgan xonaga nur kira boshladi.Birin-ketin hammamiz dasturxon boshiga kelib joylashdik.Bergan ne'matlari uchun Ollohga shukronalar keltirib navbatdagi saharlikni tanovul qila boshladik.Bir piyoladan choy ichib bobomga yuzlandik.U kishi fotiha o'qidilar.Keyin men og'iz yopish duosini o'qidim...
  Ey,Allohim!Biz bandalaringga shunday muqaddas,ulug' oyni berganing uchun rahmat.Ilohim shunday fayzli kunlarimizga ko'z tegmasin...Shunday deya murodbaxsh chorshanbani ham boshladim.Insholloh,bugungi kunim ham yaxshi,savob amallarga boy o'tadi.

Qayd etilgan


Huseyn  28 Sentyabr 2007, 13:44:37

Kecha masjidda Hatmi Qur'on adog'iga yetdi. Men va men kabi yuzlab namozxonlar qalblarida allaqanday hushnudlik bilan tarovehni o'qidik. Hazrat Mufityning tashriflari barchani quvontirdi. Masjid xatlab, ko'chaga chiqdim. Lekin, ko'chada.....
Tungi 23 bo'lsa-da hamon rastoran-kafelar gavjum. O'zbek qizlari bor bo'yi-bastini silkitib arabcha kuylarga irg'ishmoqda. Mast-alsat yoshlar esa atrofida parvona. Masjiddan bor-yo'gi 100 qadam naridagi manzara edi bu...
Ollohim, sen istsang tog'rilik va egrilikning orasi naqadar yaqin, sen istasan hidoyat va adshishning orasi naqadar uzoq...
Iymon nuri bilan hamisha yo'llarimizni nurafshon qil.

Qayd etilgan


mutaallimah  03 Oktyabr 2007, 08:40:21

Assalomu alaykum!
Kechadan boshlab ko'p erkaklar o'n kunlik E'tikofga kirib ketishdi..Ramazonni yigirma kuni ham ko'z ochib yumguncha o'tib ketibdi-ya?!

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Oktyabr 2007, 07:09:15

Bugun bir hadis-rivoyatni eslab qoldim.
Bir g'azotda payg'ambarimiz SAV sahobalardan g;'azot uchun mol, mablag' so'radilar. Ko'pchilik keltirdi. Kimdir mablag'ininh 4/1ini, kimdir yarmini... Abu Bakr RA bor mul-mulklarining hammasini Alloh yo'lida olib chiqdilar.
Shunda rasululloh SAV:
- Oilangiz, yashashlariga biron narsa qoldirmadingizmi?
- Men ularga dunyodagi eng yaxshi narsani qoldirdim. Alloh va uning rasuli ularga kifoya qiladi...

Oh, qandayin go'zal rivoyat, go'zal holat.
Rasulullohning mening barcha ummatlarim tarozining bir tarafi-yu, Abu Bakr ikkinchi tarafi bo'lsa, Abu Bakr og'irroq turadi, degan qavllariining eng go'zal isboti...

Biz-chi biz? Molimizning qanchasini Alloh uchun sarflayapmiz? Javob topishga esa ovora bo'lib qolamiz...

Qayd etilgan


the_best  08 Oktyabr 2007, 21:17:27


O'limni haqligini bila turib kulgan odamga, dunyoni o'tkinchiligini bila turib unga rag'bat qilgan odamga, hammasi qadarga bog'liqligini bila turib o'tgan ishga g'am chekkan kishiga, ohiratda hisob-kitob muqarrarligini bila turib mol to'plagan kishiga, do'zahni bila turib gunoh qilgan kishiga, Allohni haqligini bila turib boshqa kishilarni nomini zikr qilgan kishiga, jannatni bila turib dunyodan rohatlangan kishiga va shaytonni dushmanligini bila turib unga itoat qilgan kishiga ajablanaman va achinaman.
Usmon ibn Affon r.a.

Qayd etilgan


mansur_bek  09 Oktyabr 2007, 00:48:35

Assalamu-alekum bugun O'zbekistonda kop birodarla qadr kecha qilib iymon va ibodat haqida suhbatlar qilib o'tirishadi.Lekin kimdir yashirin kiruvchilardan Qadr kechasini komputer yonida kutvotgan bo'lsa kerak,juda ajoyib.

Qayd etilgan


lolo  11 Oktyabr 2007, 03:27:27

Mana bugin (29-ramazon) ham balki Qadr kechasidur inshaalloh. Chunki Qadr kechasini Ramazonning oxirgi 10 kunlikdagi toq kunlaridan izlash kerakligi tavsiya etiladi sunnatda. Allohdan barchamizga mustahkam iymon va doimo dinimizga sodiq qilishini so'rayman.

Qayd etilgan