Bugungi kun mulohazalari  ( 1484127 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 221 222 223 224 225 226 227 228 229 230 231 ... 296 B


Mo'min Mirzo  09 Aprel 2012, 05:09:14

Alloh rahmat qilsin.

Qayd etilgan


Ansora  09 Aprel 2012, 13:23:05

 :asl3:

Alloh rahmat qilsin. Oilasiga sabr bersin.

Qayd etilgan


Donishmand  11 Aprel 2012, 18:14:15

Bugun eski, ramber.ru gadi pochtamni ochib 2005 yildagi hatlarni, do'stlarimga yozganlarimni, ularning yozganlarini o'qib o'tirdim... Qanday bo'lgan ekanmiz-a u paytlar... Shunday chiroyli, ma'noli, samimiy so'zlarni biz yozganmidik... manimcha, asli yosh o'tgan sari erishamiz deb o'ylagan cho'qqilarni o'sha davrlarda yashab qo'ygan ekanmiz...
O'zgarib ketibmiz, o'zgarib...
Endi u kunlar yo'q, biz ham o'z g'amlarimiz bilanmiz...

Qayd etilgan


UzMuslim  12 Aprel 2012, 23:05:19

Bugun Kasalxonaga borib navbatda Turgandim,Qori domlamni ko'rib qoldim,uydagilar bilan bo'lgan ishni eshitgan ekanlarmi bir chekkaga tortib nasihat qilardilar,Albatta nimayiku bo'lsa man sabab bo'ldi,sababchi o'zim,onam mani deb betob bo'lib qoldilar,dadam bo'sa birinchi martda og'lim emassan deb yuborishdi,Alloh Alloh o'zin kechir,Tavba qildim Tavba Qildim,Rabbim kechirgin,o'zing marhamatli zotsan,hozir ham bu postimni chap qo'lada yozyapman sababi o'ng qo'lim ham hozir to'laligicha gipsda..Nahotki Yaxshi og'il bo'la olmadim ota onamga..?Nahot ular hohlaganlaridek bo'la olmadim?
Qori akam esa juda yaxshi ma'ruza va nasihat qilddilar...ular ham Donishman akamizning Insonni mukammalikka eltuvchi yo'l birgina dindir!gaplarini takror takror uqtirardilar..Bir hikoya aytib berdilar..
Bir juda ham mashxur yozuvchi bo'lgan ekan,juda ham ko'p kitoblar,she'rlar yozgan,xalq tanigan,turli davralarda to'rilarda o'tirgan,hullas o'z ishini ustasi,kechayu kunduz izlanib,ishlab,kitoblar chiqarib,she'rlarini taqdim etarkan..Yoshi 40lardan o'tganda og'ir kasal bo'lib bir joyda yotib qolibdi,shunda ham yozar,sira to'xtamas ekan,O'lim vaqti yaqinlashib,aka ukalari yig'lishibdi,So'ngi nafaslar atrofidagilar La Ilaha Il'Alloh deng aka deyishibdi,haligi odam shunchalik urunmasin tili kalimaga kelmas ekan,Aka La ilaha il'Alloh deng deyishibdi,haligi odam esa Servantda yangi she'riy to'plamim bor debdiyu Bu Dunyodan ko'z Yumubdi..Bunday holatlardan yana bir necha misollar keltirib berishdi va Bu Dunyoda hamma o'ylaydiki o'lim vaqti keganda Kalimayi Shahodatni Aytamani hamma gunohlarim kechiriladi va man Jannati bo'laman deb,lekin o'sha paytda kimki bunga loyiq bo'lsa keyingina Kalimani Qaytara oladi,Shuning uchun biz bugundan O'sha kunga tayyor bo'lishimiz Lozim,Iymoningni Butun qilgin ota onangni aytganlini qilgin va ularni duosini olgin,qani endi borging,endi ketib tursam orqamdan yana chaqirishdi,Qarasam,Namozlaringizni to'la to'kis o'qiyapsanmi deyishdi,Alhamdulillah domla o'qiyapman desa Doim Aytadigan gaplarini yana Takrorladilar,bir mahal qoldirilgan namozning jazosi 80000yil-a jahannamda unutmadingmi deb so'rab qo'yishdi.Alloh u kishidan Rozi Bo'lsin,Alloh barcha mo'minu muslimlardan rozi bo'lsin..Alloh taolo Iymonimizni butun qilsin,ota onamizni doimo o'z panohida asrasin,qilgan hatolarimizni kechirsin,to'gri yo'ldan adashtirmasin,Mushkuli borlarni mushkullarini onson qilsin,dardi bolariga o'zi shifoxonasidan Shifoyu Komil Bersin....

Qayd etilgan


Yaratganga shukr  13 Aprel 2012, 03:46:12

insonni qorni tuysa kuzi tuymas ekan kuzi tuysa qorni tuymas ekan......

Yarimta donerri chaynap bu hikmatli suzlani yozvordimi diman  :)))) Inshaolloh hammasi utip ketadi :))

duo qip turing

Qayd etilgan


Donishmand  13 Aprel 2012, 17:42:39

Olloh sizlarga sinovini oson qilsin va eng hayrli yo'lni nasib qilsin...

Qayd etilgan


Sofdil  14 Aprel 2012, 01:43:18

insonni qorni tuysa kuzi tuymas ekan kuzi tuysa qorni tuymas ekan......

Yarimta donerri chaynap bu hikmatli suzlani yozvordimi diman  :)))) Inshaolloh hammasi utip ketadi :))

duo qip turing


Duodamiza. Bironi haqqi biroda qop ketmidi

Qayd etilgan


Lobar AZIZ  14 Aprel 2012, 19:03:39

Goho yuragingga hayot tugul havo ham sig`may ketadi. Atrofingda ko`ngil so`rayotgan yaqinlaring, do`stlaring, yoru birodarlaring ham senga sen kutgan tasallini bera olmaydi. Ayni tobda birgina insonning yelkasiga bosh qo`yib yig`laging kelayotgani, mana shu bir oniy lahza senga bu dunyoda hech kim, hech kim bera olmas taskinni bera olishini ich-ichingdan his etasan. O`sha yelkani izlaysan. Ko`-o`p izlaysan. Biroq bilasanki, ming izlab ham endi uni topa olmaysan, topolmaysan"¦

Qayd etilgan


Abu Muso  14 Aprel 2012, 20:38:05

Goho yuragingga hayot tugul havo ham sig`may ketadi. Atrofingda ko`ngil so`rayotgan yaqinlaring, do`stlaring, yoru birodarlaring ham senga sen kutgan tasallini bera olmaydi. Ayni tobda birgina insonning yelkasiga bosh qo`yib yig`laging kelayotgani, mana shu bir oniy lahza senga bu dunyoda hech kim, hech kim bera olmas taskinni bera olishini ich-ichingdan his etasan. O`sha yelkani izlaysan. Ko`-o`p izlaysan. Biroq bilasanki, ming izlab ham endi uni topa olmaysan, topolmaysan"¦

 :asl3:

Avvalo mana shu holatga kelishning o'zi bir daraja... Shunaqa vaziyatda Inson

faqat va faqat o'zini yaratgan Robbisigagina yig'lasa, taskin topadi. U bergan

sokinlikni esa hech kim berolmaydi. Kim Robbiga Iymon keltirgan bo'lsa, o'sha

eng yaqinini, tasalli beruvchisini, yig'lab bosh qo'yadigan - "yelka" sini topibdi...



Qayd etilgan


Maysara  16 Aprel 2012, 11:39:30

 :asl3:

Musibatlar odatda inson ruhini chöktirib qöyadi. Natijada aksariyat kishilarda tushkunlik yuzaga keladi. Bu narsani zudlik bilan oldini olish lozim, aks holda inson har tomonlama (xatto jismonan) zaiflashib, öziga bölgan ishonchi sönib boraveradi. Buning yöli samimiy va haqiqiy ravishda kayfiyatni yuqori pog'onalarga kötarib olishda. Bu ish har kimda har xil usullar yordamida yuzaga keladi. Kimnidir latifalar hursand qilsa, kimnidir mazali taomlar, kimgadir sayr, qiziqarli insonlar bilan suhbat, sevimli hayvonlari, xullas, birinchi galda "özini hursand qilish" ishini bajarish lozim. Kerak bölsa yaqinlaridan uyalmay sovg'a sörasin!  : )

Bu kuchli inson ana endi musibatini öylab körsa, aql, xotirjamlik va insof bilan qiynalmay munosabat körsata oladi. Xattoki, masalan unga tuhmat bölayotgan bölsa uni hah-holab ham qarshi ola biladi. Allohdan boshqa hech kimga muhtoj emasligini anglaydi.


Kuchli mömin bölaylik! Baribir Allohga qaytamiz-ku!!!

Qayd etilgan