Bugungi kun mulohazalari  ( 1484153 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 ... 296 B


Foniy  02 Yanvar 2008, 15:02:27

Assalomu alaykum!
Yon-atrofga qarab turib beixtiyor "qaniydi bizda hamisha qish bo'lib tursa!?." degan fikr xayolimga kelib qoldi,..
Qiziq, daraxtlarni yechinishga majbur qilgan qish insonlarga aks ta'sir ko'rsatib turibdi,..

Qayd etilgan


Robiya  15 Yanvar 2008, 17:00:18

 Har bir kunning o'z hikmati bor...
 
  Bugun ertalab oidatdagidek, o'qishga otlandik. O'qish ham odatdagidek, ... yaxshi,tinch o'tdi. Oxirgi para "Yangi pedagogik texnologiya" dan nazorat vtopshirdik. Hamma o'z bilimniga qarab baholandi. Faqat,... Eng yaxshi baho olgan kursdoshimiz bir nojo'ya harakati uchun yaxshibahosi yomonga o'zgartirildi. U yordam bergan talaba esa yaxshi baho oldi. U tinmay o'qidi,,ammo boshqa kursdoshimiz (nisbatan kuchsizrog'i) baholandi...
  Uyga qaytyapmiz. Yo'lda bir musichani mashina urib ketgan ekan. Uning jonsiz tanasi esa qarg'a 
 uchun yemish bo'lyapti...

   Hamma narsa nimaningdir o'rnini egallaydi. Boshqalar xizmati uchun boshqalar maqtov eshitadi. Ha, hayotimiz shunaqa... Ajoyib...

Qayd etilgan


Robiya  31 Yanvar 2008, 10:22:27

Buyuk Britaniya aholisi o’z umrining taxminan uch yilini internetda maqsadsiz aylanib o’tkazib yuborar ekan. Ushbu hisob — kitob natijasi AOL portalining mamlakat bo’linmasi auditoriyasida o’tkazilgan ijtimoiy so’rov xulosalaridir.
  O’rtacha olganda, britaniyaliklar kuniga to’rt soat internmetdan foydalanadilar. So’ralganlarning 55 foizi bu vaqtni befoyda sarf etishlarini aytgan. Ana shu tarzda mamlakatning bir nafar fuqarosi o’rta hisobda yiliga 15 kunni tarmoqda bekorchi "œaylanish" larga "œbag’ishlaydi". Bu esa o’rtacha umr ko’ruvchi kishi hayotining uch yilini tashkil etar ekan. Qidiruv tizimlari orqali ma’lumot izlash esa britaniyaliklardan 4, 5 yilni talab etadi.
  Ijimoiy so’rov ishtirokchilarining 35 foizi tarmoqdagi ma’lumotlar haddan ortiq ko’pligidan shikoyat qilgan. 68 foiz so’ralganlar esa, olingan axborotga ishonmay, aniqroq ma’lumot qidirish ilinjida befoyda qidiruvlarni davom ettirishga majbur bo’lishlarini aytishgan. Qatnashchilarning deyarli yarmi internetdan hafsalalari pir bo’lganini ma’lum qilishdi.
  Jami 1037 kishi ishtirokida o’tkazilgan so’rovlar mobaynida 25 yoshdan 34 yoshgacha bo’lganlarning 83 foizi, 55 yoshgacha bo’lganlarning 77 foizi tarmoqda behuda vaqt o’tkazishlarini tan olishgan.
  Bunaqa bekorchilikdan va vaqtni behuda sarflashdan Allohimning o’zi asrasin! Shunday forumni tashkil etib, kishilarga ziyo nurini taratayotgan forum fidoyilariga katta rahmat.

Qayd etilgan


Foniy  07 Mart 2008, 10:31:50

"Ba'zi qasrsimon uylar va hashamatli dala hovlilarni ko'rib, ularni turar joy emas, balki "turar joyga o'rnatilgan yodgorlik" deb ataging keladi."

Mushtumdan

Qayd etilgan


Robiya  07 Mart 2008, 14:11:17

Assalomu alaykum!
 Kishi yashasa,har xil holatlar, voqealarga duch keladi. Ulardan o'zicha xulosa chiqaradi...

 Yana o'sha o'zimga qadrdon bo'lgan yo'ldan o'qishga otlandim. Yo'limizda ikkita qabriston joylashgan. Har o'tganimda, arvohlarning ruhi poklariga duo qilib, ularga Allohdan rahmat so'rayman. Mana, bugun yana o'sha joyga yaqinlashyapmiz. Darvozasi negadir ochiq..?Ertalablari darvozasi ochiq turmasdi. Keyin qarasam, yana bir Allohning bandasi boqiy dunyoga yo'l olayotgan ekan. Shunda beixtiyor bundan ta'sirlanib, ko'zimdan yosh chiqib ketdi. Mana, shu kishi yaxshimi yomonmi o'z manziliga yetdi. U yog'i (Qabr azobi, savol-javob,oxirat,...) nima bo'lishi esa uning qilgan savob amallari (yoki gunohlari)ga bog'liq. Ha,donolar bilib gapirishgan ekan, "Ibrat uchun o'lim kifoya" deb.
    Alloh hammamizga saodatli o'limni nasib etsin!!!

Qayd etilgan


Robiya  21 Iyun 2008, 03:39:47

                                   "œSO‘TKA"ning sohibi kim, malayi-chi?

  Bugun oramizda uyali telefondan foydalanadiganlar juda ko‘pchilikni tashkil qiladi. Maktab o‘quvchisidan tortib telefonning qizil yoki ko‘k tugmasini bosishnigina biladigan kishilar ham ushbu aloqa vositasiga ega ekanligini ko‘rib, bunga amin bo‘lamiz. Xo‘sh, xorijdagi rivojlangan mamlakatlarda uyali aloqa vositalarining inson salomatligiga salbiy ta’siri bois ulardan foydalanishda ayrim cheklanishlar qo‘llanilayotgan bir paytda nima uchun bizda mobil aloqa vositalariga bo‘lgan ehtiyoj, yana ham to‘g‘rirog‘i, qiziqish oshib bormoqda?
Nazarimda, bugun qo‘l telefoni foydalanuvchilarining asosiy qismini tashkil etuvchi yoshlar uchun mobil telefonlar aloqa vositasi sifatida unchalik ahamiyatga ega emas. Ularni qiziqtiradigani ko‘proq qo‘l telefonining audiomagnitofon, videokamera, fotoapparat, hatto kompyuter vazifalarini ham  bajarish xususiyatiga ega ekanligidir. Demak, mobil telefon ular uchun ovunchoq. Qachon qaramang, telefonda o‘yin o‘ynayotgan yoki qo‘shiq eshitib vaqt o‘tkazyotgan yoshlar fikrimizga misol.
Keyingi paytda maktab o‘quvchilari orasida ham uyali telefondan foydalanish keng urf bo‘layotganligi ayniqsa taajjublanarlidir. Ukam maktab o‘quvchisi. Kunda-kunora sinfdoshlarining qanday mobil telefon ishlatishi, kimda qanday qulayliklarga ega telefon boru, kimning "œsotka"si qancha turishi haqida maroq bilan so‘zlaydi. Boz ustiga, o‘zining ham, albatta, shunday telefondan foydalanishga ishtiyoqi borligini har gal gap orasida qistirib o‘tadi. Shu o‘rinda savol tug‘iladi: xo‘sh, maktab o‘quvchisiga telefon nima uchun kerak? O‘quvchining qanday muhim ishi borki, uni hal qilishda telefondan foydalanish zarurati tug‘ilsa? Tasavvur qilaylik: o‘quvchi dars paytida o‘qituvchidan bekitib telefon bilan ovora bo‘lyapti. Tabiiyki, bundan uning yonida yoki yon-atrofida o‘tirgan ba’zi o‘quvchilar diqqat-e’tibori ham chalg‘iydi. Agar sinfda bunday bebosh bolalar soni 4-5 nafar bo‘lsa-chi? U holda dars davomida ham, tanaffusda ham, uyda ham o‘quvchilarning o‘rtasidagi muloqot mavzusi shu haqda bo‘ladi. Xulosa esa o‘zingizga ayon bo‘lgandir? Aslida, bunday salbiy holatlarga barham berishda birinchi galda ota-onalardan mulohazakorlik lozim. Negaki, uyali aloqa kompaniyalari mijoziga aylanish uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjat — pasport bo‘lishi shart. Maktab o‘quvchisi esa tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma bilan kompaniya mijoziga aylana olmaydi. Demak, farzandi taqdiriga befarq bo‘lmagan ota-onalar jigarbandiga qo‘l telefoni olib berishdan avval shular xususida o‘ylab ko‘rishi joiz emasmikan?
Yana bir achinarli jihati, nafaqat maktab o‘quvchilari, hatto talabalar ham qo‘l telefonidan kamdan-kam holatda o‘z o‘rnida foydalanmoqdalar.
— Qo‘shiq eshitib dars tayyorlamasam, o‘qiganlarim yodimda qolmaydi, shuning uchun doim qulog‘imda "œnaushnik" bo‘ladi, — deydi bir kursdoshim. Hayron bo‘ldim. Bu nimadan dalolat? Balki uyali aloqa vositasining inson salomatligiga salbiy ta’siridir bu?
 Mashhur fantast yozuvchi Stiven Kingdan nima uchun uyali aloqa vositasidan foydalanmasligini so‘rashganida: "œHamma mobil telefon ishlatuvchilar telefonga egalik qilyapman, deb o‘ylashadi. Aslida esa buning aksi, ya’ni telefon insonga egalik qilyapti", deb javob bergan ekan. Darhaqiqat, ertalab telefon ovozi bilan uyg‘onib, kun davomida undan u yoki bu maqsadda foydalansak, hatto uyquga yotishdan oldin ertangi kun rejalarimizni ham unga muhrlab uxlasak, bu ma’lum ma’noda telefonning malayiga aylanayotganimizni anglatmasmikan?! Zero, har ishning o‘z o‘rni bor. Axir dono xalqimiz "œAsalning ham ozi shirin" deb bejizga aytmagan-ku.  Manba
 

Qayd etilgan


MUTLU  21 Iyun 2008, 13:18:31

Bu olamda Allohdan boshqa insonidan najot kutmaslik kerak ekan. "Ha endi bu inson ko'p narsaga qodir qo'lidan keladi manga Alloh yo'lida yordam bersa kerak?!" Deb o'ylashlik O'zini aldashlikkacha olib kelishi mumkin ekan. Hudo qodir qilguncha o'zingiz harakat qiling !!!   

Qayd etilgan


Robiya  26 Iyun 2008, 13:57:02

Assalomu alaykum!

  Islom dini va u bilan bog'liq barcha amallar asta-sekin yana qaytyapti, xalqimizga,o'zimizga qaytyapti, ALHAMDULILLAH!!! Hozir men o'tirgan internet-kafeda faqat salovotlarni qo'yishyapti, shuningdek, islomiy nasihatlar, Sami Yusuf munojotlari... Qanday go'zal,qanday ajoyib..

 Shuningdek, ko'chalarimizda hijobli, do'ppili yoshlar, islomiy birodarlar ko'payyapti. Ilohim, ko'z tegmasin, bundan buyon shunaqa dinga munosabati kuchli, iymonli kishilar ko'payaversin. Allohimning O'zi ularni to'g'ri yo'lda sobitqadam qilsin. Omin!

Qayd etilgan


Hadija  27 Avgust 2008, 16:15:55

Assalam alaykum warahmatullohu wabarakatuh. Robiyapa etganiz kelsin, amin. Lekin bilasizmi hamma net klublada ham bu narsaga ruhsat berilmagan. Masalan mani o'zim ko'p net klublada bo'laman u erda hayosiz filmlarni uchratib, bizga foydasi tegadigan,  film yoki kliplar qo'yilmaydi. Mani istagim shu ediki, iloji boricha, diniy ma'rifiy ibrat olarli, kino hamda klipli nashedalar net klubda ham ko'plab qo'yib turilsa. Har qalay shu yo'l bilan ham qalb ko'zlari yumilgan ayrim insonlarga ta'siri ham bo'lardi.

Qayd etilgan


Mr.Twister  06 Sentyabr 2008, 16:42:37

Nimagadir net cafelarda bekorchi, hayosiz saytlarga kirmaslik ko`rsatilganu lekin e'tibor qilinmaydi

Qayd etilgan