Bugungi kun mulohazalari  ( 1481833 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 236 237 238 239 240 241 242 243 244 245 246 ... 296 B


Donishmand  13 Avgust 2012, 21:26:32

Eshik qo'ng'irog'i jiringladi. Besh-olti yoshlik bola:
- Assayom ayaykum, amaki!
- Va alaykum assalom! Ha bolam, kel?!
- Yamazon aytib keydik.
- Unda ayt?!
- Aytmey qo'yuvre, bayibiy beyasizku...

Qayd etilgan


UzMuslim  15 Avgust 2012, 16:57:08

:asl3:
<a href="http://www.youtube.com/watch?v=NKeQIb9Ay44" target="_blank">http://www.youtube.com/watch?v=NKeQIb9Ay44</a>

 
Kecha Masjitimizda Qu'ron hatmi O'z Nihoyasiga Yetdi.. Nasib Etsin.Kechagina Ramazonni Kirib kelishiga 3 kun, 2kun, 1kun qoldi Deb Kutub Turgan Edik, Bugun Esa Ramazon Oyining Ohiriga 3 kun Qoldi, Vaqtni O'tishini Qarang-a,Alloh Toalo Bu Oyning Hurmatidan Barcha Mo'minu Musulmonlarning Gunohlarini Mahfirat Etsin,  Qilgan Ibodatlarimizni O'z Dargohida Qabul Etsin, Dunyo Horligi, Ohirat Azobidan O'zi Hivzu Himoyasida Asrasin, O'qilgan Qu'ron,Hadis va qilingan Ma'ruzalarga Amal QIladigan Bandalaridan Qilsin,Mushuli borlarini Mushullarini Onson,Dardi borlarini Darlariga Shifoyu Komil Ato Etsin, Honadonimizga Tinchlik Hotirjamlik, Dasturxonimizga Qut Baraka Bersin, Haloldan Kasb Qilib, Haloldan Rizq Bersin.Kelasi Shu Kunlarga Safimizdan Kam bo'lmay Yetib Kelishlik Nasib Etsin. :amn3:

Qayd etilgan


Sadulla  18 Avgust 2012, 00:17:30

Assalomu alaykum.

Ollohga beadad shukrlar bo'lsin,bugun masjidda xatmona bo'ldi va xatm Qur'onni tugatdik.Yaxshi duolar qilindi.Qoriakani ham hamma duo qildi,bir o'zlari 15 kunda Qur'onni xatm qildilar,Olloh u kishidan rozi bo'lsin!Bu safar Qoriakaga minnatdorchilik bildirish ham nasib etdi bizlarga :)

Keyingi Ramazonga ham sog'-salomatlikda yetishlik barchamizga nasib qilsin

Qayd etilgan


BilmasOY  18 Avgust 2012, 23:02:21

 :asl3:

  Bolaligimizda onam biror tansiqroq taom pishirsalar xursand bo'lardig-u lekin taomning oxiri qolganida hammamiz uni oldingidan ham ko'proq yegimiz kelib qolardi, talashib-tortishib yerdik. Yoki bo'shagan idishni ko'rib nimaga menga qoldirmadilaring deb xafa bo'lardik, bor paytida yemaganimizga achinardik...  Shu paytgacha ham turgandiku yeyilmay, hammalaring tugayotgan paytida ishtahalaring ochilib ketdimi, keyingi safar kamroq pishirsam bo'larkan, deb kulardilar onam. Bugun o'ylab qarasam, bolaligimizdagi bu odat  ko'pchilikda saqlanib qolgan ekan: Ramazon nihoyasiga yetdi-yu, kimdir bu oyni vaqtida qadriga yetmaganidan afsusda, kimnidir ko'proq ibodat qilib olsam bo'larkan, ro'za tutsam bo'larkan degan xayollar qiynayapti... Kelgusi Ramazonda hammasini maromiga yetkazib bajaraman deb yaxshi niyyatlar qilyapti... yaxshi niyat yarim mol, albatta bu yaxshi, lekin... "BALKI BU SEN UCHUN OXIRGI RAMAZONDIR..." ???
   ...Rostdan ham odam zoti oldidan oqqan suvni qadriga yetmas ekan... Nima bo'lganda ham, bizdan rozi bo'l, Mohi Ramazon!!!

Qayd etilgan


AsiRa  19 Avgust 2012, 08:05:00

1 yarim oy oldin 10,9,8,7 lab sanab yurardim SENI KELISHINGNI... 6,5,4,3,2,1 larga yetib SEN KELDING...Bahtlirog'i yo'q edi dunyoda musulmonlardan boshqa, SEN BILAN musulmonlar vafot etdi SENI SHARAFLI kunlaringda ular vafot etish bahtiga yetdi, ha men ham bularni o'rnida bo'lishni hohlardim...SENI MUBORAK kunlaringda dunyoga gunohsiz chaqaloqlar keldi, ularni ham qadirdonlari ha sen ulug' kunlarda kelgan eding deb eslashlari qanday sharaf u uchun ha men ham shu chaqaloq kabi seni mehmon vaqtinda dunyoga kelishni hohlardim, gunohsiz, oppoq, shirin tabassumlar bilan... Ha RAMAZON kimdir Allohga omonatni topshirdi, kimdir esa Alloh tamonidan ota-ona sharafiga yetdi. Ular bahtli chunki ular SEN BILAN bo'lganida bo'lishdi. Kimdir vafot etibdi, kimdir dunyoga kelibdi, kasallar sog'aydi, jahannamdan Alloh qullarni ozod qildi, ha bu bo'lgan voqealarni sanab yuraveribmanuu seni ketishing vaqtini qaramapman, ha RAMAZON bugun sen ketyapsan, seni kelganingdan qanchalik hursand bo'lganimdan seni ketishingni payqamay qolibman, yana 11 oy kun sanab yuraman ekan, bir tamondan sanashni o'rgatyapsan. Sog'inch bilan qanday yashashni, SEN BILAN birinchi marta zam-zam suvi ichdim, u suvni mazasi bizni suvlarga hech o'xshamas edi, qanqadir chuchukmikin bilmadimm menga shundek tuyildi lekin rosa yoqdi. SEN ILA ko'p narsalarni o'rgandim, ko'p narsalardan voz kechdim, ko'p narsalarni ko'rdim...SEN BILAN avval qilmagan ishlarmni qildim, ha SEN BILAN RAMAZON...Ketishingni o'ylash g'alati tuyg'u, kelganingda sevinch yoshlari oqardi, hozir bilmadim...bilmadim qanday yoshlar oqiyapti bu ko'zlardan...RAMAZON SENI ROSA SOG'INADIGON BO'LARKANMAN QAYTADAN YANA KELISHINI INTIZOR KUTARKANMAN...Ketma qol desam qolasami? RAMAZON seni Alloh yanagi yilga ham sog'-salomat yetkazishini istardim, men ham bu oyda vafot etganlar qatorida bo'lishni istagandim ammo bu yili nasib qilmadi, yanagi yilgisiga nasib qilishini hohlardim, ha ramazon hayirlashgim kelmayapti. Hayirlashish jumlasiga kelishni istamayapti, yozaversam, yozaversam, yozaversam hayir degan so'zni hech ishlatmasam, asli hayir deyishni yoqtirmayman, KO'RISHGUNCHA RAMAZON, SENI intizor bo'lib kutaman, yana honadonlarmizga ULUG' MEHMON BO'LIB KEL... RAMAZON seni hafa qilgan bo'lsek bizni kechir. Umid qilamanki bizdan ko'ngling to'q bo'lib ketyapsan, biz sendan rozimiz ey ramazon rozimiz... SENI BORLIGIN biz uchun ULUG' BAHT ey ramazon yana kel, tezro kel...  

8-18-12 BOSHLANDI...

Qayd etilgan


Shoxruh Mirzo  19 Avgust 2012, 11:21:31

ALLOH ALLOH... Nabiy a.s.v.: "O'zingiz yaxshi ko'rgan narsani birodaringizga ilinmaguningizcha zinhor komil mo'min bo'la olmaysiz" degan ma'nodagi hadislarini barchamiz bilamiz. Ahli islomni shu odati yaxshida, hamma bir birini Hayit bilan birinchi tabriklash niyatida:) Hamma, o'ziga muborak bo'lgan ayyomni birodariga ham ulashsam deydi...

Ayyom barchamizga muborak bo'lsin! ALLOHim barchalarimizni yanagi ayyomga sihatlikda yetkazib, bu kun shukuhini qalblarga jo qilib, mo'min bandalarini hursandchiligini tark etkizmasin. Amin ya Rabbal a'lamin.

Qayd etilgan


Ansora  19 Avgust 2012, 13:59:53

 :asl3:

Takror barchangizga Hayit muborak bo'lsin. Bolajonlarday gunohsiz kutib olgan bo'laylik iloyim Hayitni:)

Bugun ho'jayinimni Hayit namoziga jo'natib, nonushta tayyorlay boshladim. Anchagina och qolgandim:) o'rganib qolibmiz, saharda yeyishga:)
O'g'lim uxlayotgandi, orada qimirlasa ham hali turadigan vaqti bo'lmagani uchun ko'nglim hotirjam, sevina sevina choy damlayabman, paxta gulli idishlarimga yeguliklarni teryabman.

Xullas dasturxonim tayyor, dadamizni kutyabman.

Faraz qilyabman, Masjiddagi holatni, mazza...

Hayitlar: Yosh bilan qarini, boy bilan kambag'alni quchoqlashtiradi...
Vafot etganlar ham yodga olinadi, bir navi o'liklarla tiriklar ham "uchrashadi"..

Birdan tashqaridan Takbir ovozi: Allohu Akbar, Allohu Akbarlar jaranglay boshladi...etim jimirlab ketdi, Yo Rabbim, Sen Buyuksan Rabbim...

Alhamdulillah Musulmonman, adashtirmading Rabbim...

Bu yerdagi takbirlar tugadi, sarxush odamday tv-ni yoqdim, Sulaymoniya Jomesida Hayit Namozi oqilib takbirlar aytilayotgan ekan....Alhamdulillah...

So'zlar ojiz... ta'rif eta olmayman...Jome Masjid tashqarisiga qadar to'lgan hamma bir ovozdan Allohu Akbar, der edi...
Birdan Sulaymoniya Jomesini yuqoridan ko'rsata boshladilar (vertolyotda olishgan chamamda) ovozlar ko'kni tutdi...hamma bir ovozdan: Allohu Akbar...

Islom dini qadar go'zal din bormi....

Ho'jayinim namozdan kelganlarida men yig'layotgan edim, albatta hayron bo'ldilar, so'ngra tushundilar...

Allohim, Buyuksan, Akbarsan.

Biz ojiz qullaringdan shafqatingni darig' tutma Rabbim...

Qayd etilgan


Sayyid90  19 Avgust 2012, 14:57:05

Ramazon oyi tugab huddi hayotimdagi qadrli narsani yo'qotganday bo'lyapman.

Qayd etilgan


Abdulhafizaka  19 Avgust 2012, 15:11:09

А омазон ойида рсза тутганлар, таровеху хадми қуръонда қатнашганлар, дуои хойрлар қилганлар ромазон ойи тугаши билан хечнима йсқотмадилар аксинча  бу улгуржа савдо дсконидан фойдали харидга улгурмаганлар ксп фойда йсқотдилар снди дскон ёпилди кимки фойдаланмаган бслса йсқотганини то абад топа олмас.

Qayd etilgan


Хадича  19 Avgust 2012, 15:27:33

Ramazon tugadi...
Bir pastda o'tib ketibdi...
Bu yilgi Ramazon kun issiqqa tog'ri kelib,ko'plarni taqvosini diyonatini sinab,amaldagi chin mo'min mo'minalarni ajratib berdi...
Kun issiqni bohona qilib,ko'chada ro'za ahvolda yurolmasligini bohona qilib tutmaganlar qancha... Alloh uchun chidab berolmagan,agar vafoti yetsayam shu ro'za holida o'lim topishga rozi bo'lmagan,nafsini o'ylaganlar qancha... Ko'rdim, musulmonman,deb turib,4 muchasi sog' bo'la turib,mukammal inson bo'la turib " Kun issiqda"deya ro'zani mahkam ushlamaganlarni... Usha payt Ramazon boshlanishidan 2-3 kun avval ko'rgan hodisam ko'z oldimga kelardi...
Transportda  1ta ko'zi ojiz kishi va hamrohi chol ko'zi juda o'tmas ekan,og'liyam xuddi shunaqa. Qo'lida birmuncha g'ijim bo'lgan taqvim...

Taqvimni Ko'ziga shu qadar yaqin olib kelib,shunaqangi qiynalib ko'rib ko'rvotiki... Shu qadar qiynalib harf ajratvotiki... Haligi ko'zi ojiz hamrohiga ro'za kunlarini iftor saharlik sanalarini etib bermoqda edi.... Har bir kunni iftor saxarlik vaqtini...

Ular ko'zi ojiz bo'lgani bilan qalbi ko'ra olishiga tan berdim... 4 muchasi sog' insonlarni issiqni bohonasi bilan buyuk farzni ado etmagani naqadar ayanchli... Qanchalap kasal dardman insonlar " qaniydi men ham ro'za tutolsam"deb nadomat qilgan bir paytda...

Duo qilinglar Azizlarim...
Duo qilinglar...

Robbim Dardman Xastalarga Shifo bersin... Keyingi Ramazon hadyalaridan ular ham bahramand bo'lishsin... Gunohlardan poklanish, Robbi uchun ro'za tutib ibodat ila Ramazonni shod qilishsin...
InshaAlloh,keyingi Ramazonga barchamiz sog' salomatlikda yetib borish nasib etsin... Keyingi yilgi Ramazon ham yoz Chillaga tog'ri keladi...
Iymon va Sabr toqatimiz mustahkam bo'lsin.
Robbim bir zumga ham qalbimizdan iymon nurini ayirmasin  :(

Qayd etilgan