Forum nimaga bunchalik huvillab qoldi, faollar qani, obodonchilikka e'tibor berib turadigan qariyalar qayoqqa qarayapti

Telefondan kirib o'qilmagan mavzularni ochaman, bor yog'i ikki-uchtagina mavzuga yashil chiroq bor. Bunaqada forumdagi yoshlar tugul qolgan qutgan qariyalar ham kirmay qo'yadiku.
Muhammad Sohib deyilmish Namanganlik oqsoqol bor edi, erkak kishini nima yo'ldan uradi, birinchi o'rinda shu mashina. Muhammad Sohib ham Nexia degan tezyurar mashina oldiyu shu bo'yi forumga kirmay qo'ydi. Menikiday kam benzin yeydigan do'mboqqina Matiz olganida hozir bu ko'ylarga tushmasdi sho'rlik, to'g'rida, 6 soat GAZda o'chiritta turishni o'zi bo'ladimi. Mana men benzinni bezo'chirit 2-daqiqada olaman, bu O'zbekchasiga aytganda "shest sekund" bo'ladi.
Azizbek_mx nomli vunderkindimiz bor edi, ismi Abdulaziz, MX menimcha yaqin orada MATIZ MX olaman degani bo'lsa kerak. Shu do'stimiz ham o'qishga imtixonga kettiyu shu bo'yi bedarak yo'qoldi.
Mirolim degan xamshahar bor, onda-sonda raxmat tugmasini bosib shu bo'yi qorasini ham ko'rsatmay ketadi.
Lu' Lu' opa Ramazonda bir ko'rinish berib yana jim bo'lib kettilar. Latifalariga biz rahmat aytmaganimiz uchun shekili. Opa mahallamizga qaytavering, biz hamma postlaringizga rahmat aytamiz, shunchaki shapaloqday telefondan kirganimiz sababli "rahmat"ni ichimizda bosib ketyapmiz.
Mufazzala opa ochlik targ'ibotchilarini latifa bilan bir boplab keyin o'zlari ham ochlik tarafdori ekanligi esiga tushib uyalib kettilar shekili, ohirgi postida zikrni ko'paytirishni tavsiya qildi, bunga avval o'zlari amal qilishga o'tdiyu shu bilan ko'rinmay ketti.
MuhammadAmin va
Mahdiyah kuyov-kelin hayit kuni qayoqqadir aylangani ketishdiyu shu bo'yi ulardan darak yo'q.
Aqoid aka ham so'nggi kunlardagi 50 gradusli issiqda g'isht quyib toliqib forumda post qoldirgani erinyapti.
Abu Muso aka baxor keldi deb soqolini qisqartirgani sartaroshga ketgandi, haliyam qaytmadi.
Admin AbdulAziz kitob qo'yish bilan ovora, rekord o'rnataman deb kechasiyu kunduz tinimsiz ishladi.
Donishmand aka hayit kuni antenna tuzatayotib yiqilib tushdiyov, uzuq-yuluq post qoldiradigan bo'lib qoldi, shunda ham faqat dehqonchilikka oid. Baribir bu aka forumga doim kiradi, o'zi aytganiday "erkak kishi bir ishni qilaman dedimi qiladi, forumga kiraman dedimi kiradi, shart emas har 10 kunda bir eslatib turish".
Chustiy bir varakayiga yana ikki xunarni egalladi, shunga forumga vaqti yo'q. Biri fotograflik, boshqasi sayyohlik. Yaqinda uylanadi, lekin tan olgisi kelmay hali Moskovga, hali Kiyevga, hali Samarqandga, indamasa Chorvoqqa borib dam olib kelyapti. Uyatsiz, kecha facebookda nima dedi, "Kievda qizlar bilan tushgan rasmlarimni qo'ysam, oshxona.uzga hech kim kirmay qo'yadi" deydimi, tanobini tortish kerak o'zi shu bolani, biladida oshxona.uzga faqat qizlar kirishini. Mufazzala opa Buxorolik kelinga bir qo'ng'iroq qilib qo'ying, o'qlovini kuyov Chustiyga to'g'rilab bir tushirsin, esi kiradi qoladi. Mana shunda forumda yana shirin-shakar taomlar rasmlaridan ko'rib turamiz.
Habib do'stimiz juda faol edi, Hindistonga bordi-yu buzildi, o'sha yerdan fotomodel bo'lib qaytdi. Buyam yetmaganday qayerdandir inglizchani o'rganib olibdi, endi Cho'pra va Kapurlar bilan gaplashib facebookdan bo'shamayapti.
Akbarjon indamas qariya, o'ylamanglar bu do'stimiz nos chekmaydi, indamasligi shunchaki kamgapligidan. Sirdaryoda yashaydi, bu joy o'zbekistondagi eng bahavo nuqtalardan, bahavo bo'lmasada ovbop joylardan. Akbarjon ham baliq tutgani tutgan, bir kuni delfinday baliq tutib olib shuni internetga joylabdi, haliyam xuzuri tarqamapti shekili jim bo'lib ketti shu qariya ham.
"Feleton"ni yozish asnosida ismi hayoldan ko'tarilgan keksalarimiz ham, dardimni tushunib, rahmatni bosish bilan kifoyalanmay forumga jon kuydirib turishar.( Oqsoqollar o'qib zora forumni qo'lga olishsa, har kuni kirib turishlarini bilaman, "bugun onlayn bo'lgan foydalanuvchilar" orasida tanqidga olinganlarning atigi ikki-uchtasi yo'q, qolgani kunda-kunora ko'rinib turadi

)
"Qaytinglar" degan baner osib qo'yish qoldi.