Bugungi kun mulohazalari  ( 1481939 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 255 256 257 258 259 260 261 262 263 264 265 ... 296 B


sadida  12 Fevral 2013, 07:20:56

O'qimaganlar armonda, o'qiganlar darmonda!!!

Buni Haromligini bilaman, ammo uni sevaman" deguvchi singlimizga ba`zi bir aytadiganlarimiz.Yigit va qiz o`rtasidagi munosabatlarga faqat shar`iy nikohdan so`nggina ruxsat etiladi. Bunga sabab qilib juda ham ko`p misollarni keltirishimiz mumkin, Ammo Eng asosiysi Allohdan kelgan turmush qurish haqida kelgan amrni. Ammo endi nikohsiz turli munosabatlarda bir birlari bilan "Sevgi" aloqalarida yuradiganlarga nisbatanchi? Bu yangi buyruq emas, Bu avvalgi payg`ambar(alayhissalom)larga ham tushirilgan amrdir, Yahudiy va Nasroniylar kitoblarida ham suhbu jumla mavjud. Albatta, Alloh taolo bu amr haqida Musulmonlarni ham Qur`on Karimda ogohlantiradi. (Zuhruf Surasi, 67-oyat)"U kunda taqvolilardan o'zga do'stlar bir-birlariga dushmandirlar"Ammo shunda ham ba`zi singillarimizni "Men uni sevaman" deb aytayotganlarini eshitamiz. "Nima, qanaqasiga, Harom bo`lsa hammi?U aytadi "Ammo, siz meni nimani his qilayotganimni bilmaysiz. Qalbimni faqat Alloh biladi, men uni qattiq sevaman, u ham meni sevadi"yaxshi, unday bo`lsa tingla singlim, yaxshilab tingla.Sen o`ylaysan U seni sevadi, shundaymi? Yo`q, aslo u seni sevmaydi. Singlim, U seni bu dunyoda qanchalar sevishini o`ylashingni hojati yo`q, u Sendan Qiyomat kunida million marta ko`proq nafratlanadi. U Qiyomat Kunida Sendan boshqa hech kim nafratlanmagandek nafratlanadi.U barcha munosabatlarga Seni aybdor qiladi, va Allohdan o`zining o`rniga Seni jahannamga tushirilishingni xohlaydi. Sen o`ylaysanki, Sen ham uni sevasan. YO`Q, sen ham uni sevmaysan.Sen uni sevmaysan, Sen faqat shahvoniyating uchungina u bilan muloqot qilasan, va undan Shahvatingni qondirish uchun foydalanasan.

Sen uning shirin so`zlarini yoqtirasanmi? Singlim, u aytayotgan "Shirin so`zlar" shaytonning unga pichirlab aytib turgan gaplarining o`zginasidir. Yoki boshqa qizlar Uni sendan rashk qilishi uchun sevasanmi? Yoki sen uni "Haqiqiy erkak" deb bilarsan, yoki U sening "Idealing" bo`lib tuyular. "Haqiqiy erkak" hech qachon qiz bola bilan "yigit-qiz" o`yinini o`ynamaydi, uning hayosini, nomusini, jamiyatdagi nomini bulg`amaydi. Hech qachon. Yoki, u "Sen uchun muloyimmi"?Kimningdur hayotini badnom qilish naqadar muloyim??? Haqiqiy Muslima qiz Allohga taqvo qiluvchi, va uni nikohiga oluvchi yigitnigina sevadi. U (yigit) Allohga taqvo qiladi, Alloh uchun amal qiladi, Haqiqiy Musulmon oilasi haqida qanday qayg`ursa u ham shunday qayg`uradi. Boshqacha qilib aytganda Muslima qiz O`z jufti halolini sevadi. U Seni o`z nikohiga olishni xohlaydimi? Rostdan hammi? Unday bo`lsa nega u Sening Otang bilan yoki Valiying bilan gaplashmaydi? O`zining do`stlariga yangi qiz topganini gapirib bergandan ko`ra. Berilayotgan va`dalarchi??? U qanchalar ko`p va`da berar ekan, keyinchalik shunchalar ko`p seni afsuslantiradi. mana bu VA`DA. HAQIQIY SEVGI MUOLAJASI, - quyidagi sevgi muolajasini Un(yigit)da sinab ko`r:1. Sen haqingda u yigit ko`proq qayg`uradimi yoki Allohmi??? Shu haqida o`ylab ko`r. 2. U senga bu dunyoda yaxshilikni ravo ko`radimi? Halollik, shar`iy nikoh, sening sha`ningni, nomusingni, hayoyingni saqlash? Oilang, ota-onang haqida qayg`uradimi?3. U seni Muslima singlisidek yaxshi ko`radimi? U o`zining singlisiga "Yigiti" bo`lishiga ruxsat bergan bo`larmidi? Agar ruxsat berganida, demak u singlisi haqida qayg`urmaydi, yoki Islom haqida qayg`urmaydi. Agar u singlisini o`zga "yigiti" bo`lishiga qat`iy qarshi bo`lsa,unda uning senga nisbatan bo`lgan munosabatlariga nima deyish mumkin???4. U senga Kelasi Hayotda ham yaxshiliklarni ravo ko`radimi? Nikohsiz sevgi munosabatlarida bo`lganlarga Qiyomat kunida qanday ahvolga tushadilar? Zinokorlarning jazosichi, tortadigan azoblarichi??? U seni Jahannamga tushishingga sabab bo`lib qolmasmikin? Yoki barcha aybni senga yuklab, o`zi rohatga erishishni istar.
Endi esa "Haqiqiy Islomiy muolaja" ni sinab ko`r. 1. U Seni o`zi bilan Jannatda, Payg`ambarimiz s.a.v. ga yaqin bo`lishingni xohlaydimi?2. U sen bilan faqat yoningda valiy ( Otang, akang) borligida gaplashadimi?3. U taqvodormi? Senchi? Sen buni haromligini bilishingni aytding, ammo shunday bo`lsa ham davom etaverasanmi? Shu qilayotgan ishing taqvodanmi??? "U kunda taqvolilardan o'zga do'stlar bir-birlariga dushmandirlar"Haqiqiy sevgi??? Bu haqiqiy sevgi abadiy bo`ladi, bir necha oy, hafta, yoki bir necha kecha emas. Islomiy sof munosabat??? Bunga ruxsat bor,hech qanday muammosiz, Faqatgina oddiy bir amaldan so`ng -NIKOH!!!Endi esa o`zingga savol ber. "Men Allohni sevamanmi???"Albatta, bo`lmasamchi. Ammo sevgining 2 turi mavjud, iymonli bandaning qalbida ikkalasi mavjud bo`la olmaydi. 1. Allohga bo`lgan sevgi, Olamlarning Robbisi, Qiyomat Kunining Egasi.2. Harom bo`lgan sevgi. Singlim, ko`zingni och, uyg`on, HOZIROQ TO`XTAT, ahvol jiddiylashmasidan avval to`xtat, keyin kech bo`ladi. Sen buni tark qila olasan. Bu HAROM yo`lni tark qil. HOZIROQ. ALLOH uchun tark qil. Allohga qayt, Allohga tavba qil. Alloh taolo albatta sen istaganingdan Ortig`ini ham berishga Qodir bo`lgan Zotdir. Ammo Sen Shayton qarshisida kuchli bo`lishing kerak, uning so`zlariga, ikkalangiz ham qarshi tura olishingiz kerak. Eng birinchi qadam, Allohga duo qil, "Meni to`gri yo`lingga boshla, Meni mag`firat qil, va Meni Men uchun Qiyomat Kunida foyda bo`ladigan yo`lingga boshla, Amin"Yig`la, yig`ashing kerak, ko`proq yig`la, shunda o`zingni yengilroq his qilasan. Ota onangga turmush qurishga tayyor ekaningni ayt, VA juda ham e`iborli bo`l, Haqiqiy taqvodor musulmon yigit bilan turmush qurishga sabab bo`luvchi omillarga juda ham e`tiborli bo`l!!!Yodingda tut, "Bugungi qilayotganingni tuzatish uchun hech qachon ertani kutma, Ertangi kun hech qachon kelmasligi ham mumkin!!!"

Qayd etilgan


Salsabil  12 Fevral 2013, 23:08:37

O'zbekistondan kelgan mehmonlar bilan suhbatlashib o'tirsak aksari:" Eee hozirgilada insof qomagan, 1 kiloni o'rniga ko'zini lo'q qilib 700 gr beradi" deb nolib qolishadi...
-"Ho'sh siz indamadizmi, 700 gr berganiga?!" Javob xar hil:" Voy boplab qarg'ab berdim! Ta'siram qimidiya to'ba?! Eee unaqala bez bo'p ketgande", "Voy unaqalaga gapirib bo'larmidi, O'zinga tashab qolishadi!", "Voy unaqala gappi olarmidi?! Ichimda Hudodan qaytsin deb indami keturdim!"...
Qiziq, shu paytgacha hech kimdan:"Nasihat qildim, bu narsani haromligini Alloh hamma gunohlarni kechirsa ham, birovni haqqini kechirmasligini tushuntirdim, qilayotgan ishidan qaytarishga harakat qildim" degan javob eshitmadim...
"Qars ikki qo'ldan chiqadi" degan maqol bejizga emas! Agar kimdur o'sha "insofsizga" "insof bilan" ( sabr, yumshoqlik bilan) qilayotgan ishidan qaytarganida, harom yo'ldan qaytsa Alloh mukofatlashi haqida tushuntirsa balki, Allohni qudrati bilan bunday "insofsiz"lar ancha kamayarmidi?!...

Qayd etilgan


Donishmand  13 Fevral 2013, 12:08:08

Чархнинг мен ксрмаган жабру жафоси Ò›олдиму?!
Хаста кснглим чекмаган дарду балоси Ò›олдиму?!
Мени хор стти-ю Ò›илди муддаини парвариш,
Дахридунпарварнинг узга муддаоси колдиму?!....
 
Алам билан шундай сузларни айтиб утиб кетган Захириддин Мухаммад Бобурнинг таваллуд кунида сна уни смас, кандайдир валентинни сслаб юрибмиз... Уст... Ашларгамас, биз - катталарга уст, уларни шундай килиб куйганимиз учун...

Qayd etilgan


Муҳаммад Соҳиб  13 Fevral 2013, 12:26:02

"Хее сша Валентин кунини нишонламай Ò›огурлар. МуÒ³аббати бир йилда бир марта аллаÒ›аердаги копирни слган кунида ссига тушмай Ò³ар нарса бслгурлар"


Qayd etilgan


Ansora  13 Fevral 2013, 13:15:54

Assalomu alaykum.


Donishmand, siz axborot tarmoqlarida ishlasangiz ayb sizda:) chunki bularga sabab axborot tarqatish vositalari, reklamalar...


Turkiyada otgan yili judayam jonga tegishgandi 1 oy oldindan. Bu yil ham endi 2-3 fevralda 1-2 marta reklama korgandim. Harqalay keyingi kunlar yo'q boldi, demak "yuqoridan" ta'qiq kelibdi Valentin kuni reklamalariga...


demak chorasi bor ekan-u:)

Qayd etilgan


Best friend  13 Fevral 2013, 21:42:11

Pultni qo'lga olib, televizorni yoqib bir qator kanallarni aylantirayotsam, bir mahal yurakli atkritkalarni ko'rsatib, sevgi haqida nimalardir deyapti. Uyalmasdan shu kun bilan tabriklayashyapti shekilli, deb tursam bir mahal "BEHAYOLIK "BAYRAMI"" degan yozuv chiqib qoldi. Yana ham e'tibor bilan ko'ra boshladim, chunki bu kun bilan tabriklayotganini emas, balki bu kunni asl basharasini ochayotganini anglab bo'lgandim. Ko'rsatuv meni o'ziga tortib qo'ydi. Diqqat bilan ko'ra boshladim. G'arbning ma'naviyatimizga salbiy ta'sir ko'rsatishga urinayotgani haqida, bugungi kunda dunyo bo'ylab mashxur yurak shaklining tarixi haqida, qizil rang haqida... juda yaxshi kerakli ma'lumotlarni gapirdi. Axborot vositalarida shu narsalardan yoshlarni qaytarayotganiga quvonib ketdim to'g'risi. Keyin ko'rsatuv tugadi, lekin televizorni o'chirmadim, boshqa kanalga ham olmadim. Bir payt xozirgina ma'naviyatimizga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi narsalar haqida gapirayotgan "akam", eng buzuq o'zbek kinosi nominatsiyasi bo'yicha birinchi o'rinni olgan "VISOL" nomli kinoni reklama qilyapti. Ehhh... deb yubordim...

Qayd etilgan


Хадича  14 Fevral 2013, 05:27:38

Kecha Alisher Navoiy kutubxonaga borgandim. Rosti shu joyni rosa yaxshi ko'raman. Hohlagan turdagi kitobni,ma'lumotni topsa bo'ladi. O'quv zallari keng va yorug'. Havosi mo'tadil. Konditsionerlar bir xil temperaturada saqlab turadi. Kitob o'qiyotganda tushadigan yorug'lik ham, siyrak odamlarni sukunati ham ma'qul. Har bir o'quv zallarda kompyuterlar bo'lib,bemalol internetdan foydalanish ham mumkin ma'lumot izlab. Qo'riqchi,tekshiruvchilarni hisobga olmaganda hodimlari xushmuomala.
Aslida odam siyrak bo'lardi. Lekin kecha ancha gavjumlashibdi. O'quvchilar ko'payibdi 1-qavatda. Tepadagi o'quv zallarda esa doimgidek odam sanoqli. (yoki man ayni hamma o'qishda bo'ladigan payt borganim uchundir)
Registraturada ham o'quvchilar navbatlashib turishgan ekan. Avvaliga quvondim,kitobga qiziquvchilar ko'payishibdi,deb.
Keyin bilishimcha bir tanlov bo'layotgan ekan. 10-13 fevral kunlari " Dil isxori" tanlovi o'tayotgan ekan.
" Vatan" "Ona"  "Sevimli inson" mavzularida dil isxori yozilib, 14-fevral kuni tomoshabinlar yordamida ulardan eng chiroyli dil isxori tanlanar ekan.
Hayron qoldim... Uni o'rniga Mirzo Bobur kechasi uyushtirishsa bo'lmasmidi,manam qatnashardim.
Yoki yoshlarni shu yo'l bilan kitobga qiziqtirish yoki teskarisi...
Bugun bormoqchiydim,kitob qiziq joyiga kelgan edi. Keyingi hafta bora qolaman endi. Bugungi dil isxorlarni tanlashga hushim yo'q ???

Qayd etilgan


Mahdiyah  14 Fevral 2013, 12:44:23

Assalamu alaykum.
Biz bu yerda har yili shu 14 fevral haqida yozamiz, bunga o'z qarshiligimizni bildiramiz.
Lekin yoshlarning ko'pchiligining ongida bu narsa SEVISHGANLAR kuni deb shakllanib bo'lgan afsus.

Endu bu narsa to'g'ri emasligini tushuntirish uchun avvalo KATTA XOHISH, SABR va VAQT  kerak. Tanishlarimizga qo'ldan kelganicha tushuntirishimiz kerak, indamay ketmasdan.


Qayd etilgan


_IYMONA_  15 Fevral 2013, 18:58:24

Bugun bir jiyanimiz mehmonga keldida mandan sirli ohangda so'radi:
"Kenayi, 14 fevral - Sevishganlar kuniga Bahtiyor akam sizga nima sovg'a qildilar?" dedi. "14-fevral kofirlani bayramiku, biza unaqa bayramlani nishonlamimiza" deb javob qaytardim va yana bir nimalar demoqchi bo'ldimu o'zimni bosdim...

Qayd etilgan


azizbek_mx  16 Fevral 2013, 07:01:43

assalomu alaykum!
<a href="http://www.youtube.com/watch?v=L9iUaCKr6Mw" target="_blank">http://www.youtube.com/watch?v=L9iUaCKr6Mw</a>


 ???

Qayd etilgan