ULAR QACHON O‘ZGARADI?
Birodar nima qilishini bilmay qoldi...
Kimga yorilsa ekan? Uni tengÂqurlari nuqul "œyovvoyi"likda ayblashadi: "œCen ham odamga o‘xshab yayrab yursang-chi". To‘g‘ri, ularga hadeb qo‘shilavermagani yaxshi emas. Lekin o‘zlari shunga majbur qilishadi-da. Ayrimlari yosh bolalarning qilig‘ini qilishadi, yana birovlari chollarday aql o‘rgatgani-o‘rgatgan. Birodar ular orasida o‘zini juda noqulay sezadi. Gapi hech qovushmaydi. Yo, rostdan ham, "œqarib" qoldimikan?
Ular ko‘rinishidan yaxshigina yigitchalar. Ammo turgan-bitgani ziyon. Oq qo‘chqor(ularning tilida "œshaytonning suvi" aynan shunday deyiladi)ni qulatmagan, sigaret chekmagan, "œyurmagan"larni erkak deb hisoblashmaydi.
Yaqinda ana shunday tengdoshlaridan biri uylandi. Kelin xushxulq, xushro‘ygina qiz ekan. To‘g‘risi, Birodar qizga achinganday bo‘ldi. Kuyovbolani necha yildan beri biladi. Uylangunicha ham boshqa qizlar bilan ko‘p "œsho‘xlik" qilgan.
Darvoqe, to‘y haqida. Davra qizib boraverdi. Kuyovjo‘ralardan boshqa hech kim yayrab raqsga tushmadi, hisob. Birov o‘rtaga chiqib ham ko‘rsin-chi! Sharob kuchidan qo‘chqorga aylangan yigitlar bir bo‘lib shunday tashlanadiki... To‘y tugagunicha kayf-safo. Undan keyin urush-janjal. Ularning tilida buning nomi yigitchilik! "œ Hayotdan qancha lazzatlanish kerak bo‘lsa, shu davrda yayrab olish kerak. Ertaga boshingga olaxurjun tushgandan keyin kech bo‘ladi. Yoshligingda o‘ynab qol" — mana ularning "œhayot falsafasi".
Ular bilan birga ko‘cha changitib yurgan, keyinchalik bu odatini tashlab astoydil sportga mehr qo‘ygan Nodir jahon chempioni bo‘ldi. Yoshu qarining havasi keldi. U ham kechagina shular qatorida edi. Boshida o‘tgan-ketganning ko‘ziga g‘irt bekorchi, bezori ko‘rinib yurgan Nodir o‘zgardi-qoldi. Ota-onasining, yaqinlarining koyishu tanbehlari ta’sir ko‘rsatdi. O‘ylab qarasa, bu yurishidan o‘ziga ham, birovga ham foyda yo‘q. Boksga qiziqib ko‘rdi... Bugun u — chempion. Tengdoshlaridan ancha yuqorida.
Mening undan qaerim kam? Agar yaxshiroq harakat qilsam, men ham chempion bo‘lishim mumkin-ku, deydigan mardi topiladimi-yo‘qmi, Birodar bilmaydi. Mana, Sherzodni olaylik. Bilaklari baquvvat, ayni kuchga to‘lgan payti. Mashq qilsa, yaxshigina sportchi chiqishi mumkin undan. U esa shunday imkoniyatini behuda sovuryapti. Yoki Bahrom, Javlon-chi?.. Ular na sportga qiziqdi, na ilm yo‘lini tutdi.
Birodar ulardan chetroq yurishga harakat qiladi. KitobÂlar bilan gaplashadi. Televizor bilan ham hech kelisha olmadi-da. Ekranda ham deyarli o‘sha hayot: hayotni aysh-ishratdan iborat deb o‘ylaydigan, yayrab-kulgan, qiyshanglagan yigit-qizlar...
Bir kuni sinfdoshi bilan ketishga to‘g‘ri keldi. Yo‘l-yo‘lakay kitob do‘koniga kirib o‘tmoqchi edi. "œTezda chiqasanmi?" so‘radi yonidagi sherigi buni xushlamaganday. "œXohlasang birga kirib chiqamiz",— dedi u xijolatomuz. U yerda 10 daqiqa bo‘ldimi-yo‘qmi, sherik betoqatlana boshladi: "œZerikib ketdim, tezroq bo‘lsang-chi". Noiloj shunday ajoyib dunyodan chiqib ketdi. Shu paytda o‘rtog‘iga nimalardir degisi, savollar bergisi keldi. "œUstimdan kulgani qoladi, xolos" deb o‘yladi. To‘g‘ri, endigina bu haqda gap boshlagan ham ediki, sherigi og‘ziga urdi: "œYana aqllilik qilmagin".
...Ukasi Birodarni bir sinfÂdoshi so‘rayotganini aytdi. "œTayyorgarligingni ko‘rib qo‘y, bugun Shokirnikida o‘tiramiz. Gap navbati unda". Ochig‘i, shu yoshda "œgap" tashkil etgan jo‘ralariga hayron. "œYana yovvoyilik qilibdi-da" deyishmasin uchun noiloj ularga qo‘shildi. "œGap" o‘z nomi bilan gap ekan. Birov birovga gap bermaydi. Suhbat mavzusi tez-tez o‘zgarib tursa-da, bir xil — g‘iybatnamo. Qiziq, o‘g‘il bola ham shunchalik maydagap bo‘ladimi?
Shu zaylda kunlar o‘tayapti. Birodar-ku, bir yo‘lini topib olar. Lekin tengdoshlariga juda achinadi. Ertaga ularning hayoti qanday bo‘ladi? Ular tarbiyalagan farzandlar-chi? Yaqinda Zarif ikkinchi marta uylanadi. Xotini yoqmaganmish... Qodir otasi qattiqroq urishgani uchun uyiga bormay qo‘yibdi. Bobur qo‘shnisinikiga mehmonga kelgan begona bolalar bilan mushtlashib, kasalxonada yotganmish...
Ana shunaqa gaplar. Birodar hali ham nima qilishini bilmayapti. Tengdoshlariga aytar gaplari ko‘p. Lekin foydasiz. Baribir, ular gazeta o‘qimaydi...
Behzod FAZLIDDIN