Bugungi kun mulohazalari  ( 1483857 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 258 259 260 261 262 263 264 265 266 267 268 ... 296 B

Музаффар  17 Mart 2013, 08:28:56

кеча президентимизнинг болалар спорти буйича гапларини сшитдим. манга снг маъкул келгани, "miss world"га узбек кизлари бормаслиги булди...
хакикатан хам, шу мисс дунё снг беъмани конкурслардан бири дунёдаги.  аёл кишини хор булгани уша конкурсга чиккани.

Qayd etilgan

Музаффар  19 Mart 2013, 17:41:22

    opppa gangnam style! Koreyalik Kim Nam Seok O'zbekistonda vazir o'rinbosari lavozimida ish boshlabdilar.

KimSanBek aka  (endi shundak atasak bo'laversa kerak) vatanimizda elektron hukumat joriy qilish masalalariga ko'maklashadilar . bu yaxshi albatta, chunki e-hukumat birinchi navbatda fuqarolarga katta qulayliklar hosil qiladi. Natijasini yaqin vaqtlarda ko'rsak ajabmas...

Qayd etilgan

Lu`lu`  20 Mart 2013, 06:57:44

Ассаламу алайкум кадрдонлар.
Сог-саломат, Аллох панохида кишлардан чикиб олиб, довучча махалига кирволиб юрибсизларми?
Тан-жонингиз сог булсин.
Камина - Лу`лу холангиз бир хол-ахвол сураб кусй, деди-да.

Qayd etilgan

Muxsiya  22 Mart 2013, 10:48:19

Ваалайкум ассалом
Довучча хали пишмади утирибман дераза тагида урикка термулиб качонна довучча соларкин деб

Qayd etilgan

Best friend  22 Mart 2013, 20:54:23

Bir tanishimga ayta olmagan gaplarim:

Erkak ayoldan bir pog'ona ustun turishini pesh qilib, faqat til bilan va jismonan ustunligini amalda isbotlayotgan zulmkor er, Allohdan qo'rqing! Johillik ham shu darajada bo'ladimi? Shunchalik ustunlikni iddao qilsangiz faqat jismonan emas, aqlan va ruhan ustunlingiz qani? Qani sizdan qo'rqadigan ojizani zo'ravonlik bilan emas, balki zakiylik bilan boshqaruvchi zakovatdagi ustunlik?! Yo'q, siz begunoh ayolingizga nisbatan kuch ishlatish bilan ustunligingizni emas, balki qanchalik past, ha qanchalik pastkash ekaningizni isbotlayapsiz! Qaniydi payg'ambarimiz sollallohu alayhi va sallamning: "Sizlarning eng yaxshilaringiz ahli ayoliga yaxshi muomilada bo'lganlaringizdir.", degan so'zlariga quloqlaringizni yopib olmaganingizda. Ayolingiz sizni shu holingizda ham ho'jayinim, deb turibdi, sizdan qilmagan aybi va qilgan aybi (agar sizga ovqat pishirgani, kiringizni yuvgani... xullas sizga xizmat qilgani ayb bo'lsa, shular uchun) uzr so'rayabdi. Siz esa necha yillardan beri sizga mazali taom pishirib beruvchi ayolingizni bir ikki marta qilgan sho'r yoki tuzsiz ovqati uchun yomon xotinga chiqarib qo'yasiz! Erkak kishiga aslida buyuk maqsadlari oldida bu mayda narsalar e'tiborsiz bo'ladi. Lekin sizda yirikroq maqsad va bu yo'ldagi muammolar yo'qmi (?), shu darajada maydalashib ketibsiz!

Mening bu gaplarim bir odamga qaratilgan. Shunday bo'lsada, bu gap faqat mening ichimda emas. Har qanday zolim erni ayolining, o'g'lining, qizining va har qanday yaqinining ayta olmay, dilida tugilib qolgan gapi bo'lishi mumkin.

Qayd etilgan

Donishmand  25 Mart 2013, 17:31:16

Porimga nimadir yetishmayapti...

Qayd etilgan

LONER  26 Mart 2013, 17:22:02

ha nimasini aytasiz .....
nimadur va kim dur yetishmayapti?!

Qayd etilgan

Lu`lu`  26 Mart 2013, 18:51:29

Уша кимдир, нимадирни куришингиз бн форум остонасига елим суртинг, кириши бн епишиб колсин :)

Qayd etilgan

Bechora_Bandang_  27 Mart 2013, 09:20:34

Bugungi kungi emas hooooo bir kungi hulosam, mulohazam:

Mana forumdagi har xil mavzularni ko'ryapman o'qiyapman juda ham aqlli, odamni o'ylashga majbur qiladigan postlar, fikrlar qoldirilgan ekan. Hammasi 2006- va 2010 yillar ortasida bolgan ekan. Qanday aqlli insonlar bo'lishgan ekan dedim. Keyin Post qoldirganlarni yoshiga qarasam 24-25 tortib ketaveradi tepaga demak ular post qoldirgan paytda men bilan tengdosh bo'lishgan ekan.  shuni bilib qoyil qoldim bizdan 5- 10 yil oldin  otgan odamlar ham hozirgi yoshlarga nisbatan ancha aqlli bo'lishgan ekan. Men hozirgacha 20-22 yoshlar orasida hullas shu atrofdagi yoshlarni ichida aqllisini haqiqatda aqllisini uchratmadim (balki ozchilikni tanirman) Hamma yoshlarni qalbini (hususan meni ham) sevgi, dunyo, pul, ayshu-ishrat, maqtanishlik,riyokorlik, hiyonat kabi Allohdan uzoqlashtiradigan ishlar egallagan.

Qayd etilgan

Lu`lu`  27 Mart 2013, 09:48:44

Хммммм, нафсни мазаммат килишда шахсистга тегиш мазамматга тескари ишдир.

Qayd etilgan