Bugungi kun mulohazalari  ( 1483919 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 273 274 275 276 277 278 279 280 281 282 283 ... 296 B


Muxsiya  07 Iyun 2013, 14:45:06

Juma ayyomi muborak bo'lsn barchaga

Qayd etilgan


Ansora  07 Iyun 2013, 17:25:18

Turkiyadagi voqealar sabab xalq- "Dunyoga sharmanda boldik", deyabdi. Bazilari esa "daraxt uchun bunday namoyish qildik va ohiri sozimizni otkazdik, bu katta gap, sharmanda bolmadik, biz tabiatni shunchalik sevsak, insonga bolgan sevgimizni tasavvur ham qila olmaysiz", deyishyabdi:)


G'arb matbuoti - Erdogan bosh kotarganlarni Taksim maydonida osmoqchi, deb gap tarqatibdi, kulgili, qaysi davrda yashayabmiz, demokratiya degan narsa bor ahir...



Siz nima deysiz, Turkiyadagi voqealar qanday korinyabdi siz turgan joydan:)

Qayd etilgan


Muxsiya  07 Iyun 2013, 17:37:00

bitta daraxt uchun shuncha ovoragarchilikni nima keragi bor shunchalik tabiatni sevishsa uylariga agar uylarida iloji bo'lmasa ko'cha-ko'yda, odamlarga soya salqini tegadigan joylarga ekib qo'yishsin. Qancha odam norozilikka chiqdi undan ko'ra o'shalarning har biri bittadan daraxt ekkanida buzilayotgan parkdan ham kattaroq bog' bunyod qilish mumkin

Qayd etilgan


Donishmand  07 Iyun 2013, 17:39:09

Men esa bir tarafini yomon ko'raman: Shunday chiqib ketganlar bir aylanib qaytib kelsa "Keling, keling, qadamlaringizga hasanot" - deb qarsaklar bilan kutib oladiganlarimiz ham bor.

Qayd etilgan


Donishmand  07 Iyun 2013, 17:43:36

Turkiyadagi bo'lgan voqealarga qarab turib bitta narsani hayoldan o'tkazdim: "Kurtlar vadisi pusu"da ko'rsatilganlari to'g'ri, real hayotda ham bu mamlakatda shunday siyosiy sharoit mavjud, ammo Po'lat Alemdarlar yo'q. Kurtlar vadisi pusuda bittagina to'qima obraz bor - Po'lat Alemdar.

Qayd etilgan


Muxsiya  07 Iyun 2013, 18:30:12

Balki Po'lat Alemdar ham bordir. Axir aksariyat buyuk insonlar boshida telbaga chiqarilgan

Qayd etilgan


Donishmand  07 Iyun 2013, 18:41:28

Ko'z tegmasin, yaqin o'rtada forumda bunaqa aktivlik kuzatilmagan. Bugungi postlarning soni hozirgacha 67 taga yetibdi.

Qayd etilgan


Sayyid90  07 Iyun 2013, 19:01:18

Turkiyadagi voqealarni aslida parkdagi daraxt bahonsaida chiqqanini eshitdim,odamlar aslida Otaturkdan qolgan an'analarni qayta tiklashni so'ramoqda ekan.

Qayd etilgan


NANO  07 Iyun 2013, 19:57:48

Ko'z tegmasin, yaqin o'rtada forumda bunaqa aktivlik kuzatilmagan. Bugungi postlarning soni hozirgacha 67 taga yetibdi.
75% postla Forumni yangi spameri Muxsiya xonga tegishli :)

Qayd etilgan


Musannif Adham  07 Iyun 2013, 21:57:04

Turkiyadagi voqealar menga joriy hukumatga qarshi ig'vo sifatida ko'rinyapti. Nega shu namoyishchilar kelib-kelib shu daraxtlarning himoyasiga otlanib qoldi. Turkiyada bundan boshqa muammo yo'q ekanmi?

Lekin o'sha 1 hafta oldingi ilk namoyishni bostirmaslik kerak edi nazarimda. O'zi chiqqan olomon o'zi sekin qaytib ketar edi. Bunaqa odamlarga qancha qarshilik qilinsa, shuncha jazavasi chiqib yangi gaplar, shiorlarni ko'tarib chiqaveradi. Lekin bugun ertalab Erdo'g'on yaxshi gapirdi: "Men 2011 yilda saylovlarda yutib Bosh vazir bo'lganman. Shu xalqqa hisob beraman", deb. Endi bir to'da odam chiqib, namoyish qilib, "Hukumat ketsin", "Falonchi iste'fo bersin" deyaversa ham ensa qotar ekan. Qirg'iziston bo'lib ket-e.

Xullas men Erdo'g'on tarafman. Unda ham barcha kabi xato-kamchiliklar bordir. Lekin bir musulmon sifatida uni yaxshi ko'raman. Anavi ba'zi turklar sig'inadigan kofir Otaturkni esa go'riga g'isht qalash kerak. Musulmon turk xalqini dunyoparast, sekyular qilib ketgani uchun...

P.S. O'zi bir necha oy deganda kirib agressiv post yozib yuborganim uchun uzr. Lekin fikrlarimni bundan yumshoq qilib ifodalay olmadim.

Qayd etilgan