Ey inson! Sen olgan lazzatlar qani? Hammasi o'tib ketdi. Hammasi qandaydir kichik muddatlar uchun edi. Necha marta nafs uchun gunohga qo'l urding? Undan olgan vaqtinchalik foydang qani? Bir onda o'tib ketib bo'ldi. Amal daftaring, saxifang qora bo'lgani qoldi holos! Rohatlari o'tkinchi-yu, xisob-kitobi abadiy bitilajak ammallarda haliyam davom etmoqdasan! O'zing o'tirgan shoxga bolta urmoqdasan, oz qoldi, bir kun xalok bo'lasan. Xuddi boltaning gursillaganiga ishtiyoqmand bo'lib, takror-takror zarba berayotgan nodonga o'xshaysan. Shox singach, senga hech qanday yordamchi topilmas va hargiz najot topmaysan! Yelkangdagi ikkita farishtadan ham uyalmasdan osiylik qilaverasan. Naqadar uyatsiz, naqadar bexayo bo'lding! Qayoqdagi bir begona, gunohkor, osiy bandadan ham uyalasanku, nega begunoh farishtalardan uyalmaysan? Qalblardan ham xabardor bo'lgan Allohdan uyalmaymasmi? Har xil narsalarni o'ylaysan, qalbingni ichiga videokamera o'rnatilganda mana shularni o'ylarmiding? Holbuki Alloh qalbingni eng tiniq kameradan ham yaxshiroq ko'rib turadi.