Zamonamiz ajoyib...Ertalabdan imkon bo'lib, yarim soatcha o'tirib odamlarni kuzatdim...
Bolasini qo'lidan yetaklab ketayotgan ONA (!!!) ertalabdan farzandini "chiroyli" so'zlar bilan siylamoqda: "ovozingni o'chir..."
Osmonda esa qishda ovozi ham chiqmagan qarg'alar ovozini baralla qo'yib qag'illashmoqda...
Biri kelib, biri ketayotgan yo'l mashinalari hammani o'z manziliga yetkazmoqda... hozircha shu dunyodagi...
Milliy matomizdan o'ta zamonaviy dizaynda tikilgan ko'ylakni kiygan qiz, qo'l telefonida... undan 100 metrcha narida o'tirgan otaxonlarning boshini achinish hissi ila chayqashiga sabab bo'lguvchi shovqini kuchli chet el musiqasini eshitib ketmoqda...
Kim o'ngga, kim chapga, kim oyoqda, kim esa...
Sekin-asta odamlar gavjumlashyapti... Yana turli xillik, rang-baranglik...
Hamma o'z tashvishida...ish,savdo,oila...
Va ushbu kishilarda bitta umumiylik bor: Dunyosini deb oxiratini unutishyapti, Vallohu a'lam!..
Iye, ana kimdir velosipedda kelayotib yiqilib ketdi gulzorga...
Maqoming muborak, ey notanish birodarim! Payg'ambarimiz SAVdan hadis borki, kimga zarracha shikast yetsa, tikandan ziyon yetsa, Alloh uning ajrini beradi...
Biz ham shunday ajrlardan umidvormiz...InshaAlloh!
Muhimi osmon ko'm-ko'k, musaffo, quyosh porlab turibdi!
Tinchlik, osoyishtalikdan masrur bayrog'imiz hilpirayapti...Muhimi shu emasmi azizlarim!
Yana bir go'zal kun, ibrat kuni muborak, aziz forumdoshlar!
Dunyomizni, kishilarimizni shunday yaratib qo'ygan Allohga beadad hamdlar bo'lsin!
Har qadamda ibratlanish hammamizga nasib etsin!