Bugungi kun mulohazalari  ( 1483488 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 279 280 281 282 283 284 285 286 287 288 289 ... 296 B


AbdulAziz  08 Avgust 2013, 10:08:27

Bugun O'zb diyorida oy chiqqanini kuzatganlar bormi?

Havo bulutli bo'lgani uchun ko'rinmadi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  09 Avgust 2013, 07:32:53

Alhamdulillah. Iyd namozini ham ado etdik. Hali umrimda bu kabi katta jamoatni ko'rmagan edim. Toshkent shahridagi Bodomzor jomesiga taxminan 30 000 odam yig'ildi. Saf sal kam bir kilometrga cho'zildi.
Boshqa farz ibodatlarga ham shunday jamoat bo'lsaydi...
3 millionlik jamoatga ergashish barcha muxlis bandalarga nasib etsin!
Iyd muborak!

Qayd etilgan


Abdulhafizaka  09 Avgust 2013, 08:48:48

Yetkazganiga shukur biz ham iyd fitr namozini Andijondagi Devonaboy jome' masjidida juda katta jamoat bilam ado etdik. Jamoat ko'pligiga qaramay juda tartib va mukammal halovatni ko'rib qalblar quvnadi. InshaAlloh to qiyomat shunday halovat ila ibodat qilish bardavom bo'lsin. Oylarning sultoni bo'lgan mohi Romazonni sevuvchilarga Alloh bayram qilib bergan iydi fitr, sayyidul ayyom va hajjul masokin bo'lgan muborak Jum'a kunida muborak bo'lsin.

Qayd etilgan


IRFON-2012  12 Avgust 2013, 11:22:46

Miniladigan narsa markab deyiladi. Qadimda ot, tuya, eshak. Hozirda mashina, velosiped, hatto kemalar ham. Arab tilidan olingan so'z. Demak avtomobil olibdilar shekili.
(ancha avval yozilgan postga javob yozvoribmanku)

Qayd etilgan


Muxsiya  12 Avgust 2013, 18:11:57

Hozirgina puwkin bolalar bog'i yonidan o'tib ketyapman tavba yomg'irdayam odamlar karusel uchgisi kelarkanda

Qayd etilgan


Muxsiya  12 Avgust 2013, 18:12:10

Hozirgina puwkin bolalar bog'i yonidan o'tib ketyapman tavba yomg'irdayam odamlar karusel uchgisi kelarkanda

Qayd etilgan


Ansora  13 Avgust 2013, 15:14:31

Xuddi qishda titrab muzqaymoq yeganday :D

Qayd etilgan


Muxsiya  13 Avgust 2013, 15:39:49

40 C issiqda qaynoq ko'k choy ichganlarini ko'p ko'rgandimu bunisi yangilik bo'ldi.

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  13 Avgust 2013, 16:57:22

Ha endi tuman qishloqlardan "yil bo'yi ishladik, bir dam olay" deb kelgan odamlar, yomg'irda bo'lsayam bir yayrab oladi, buni ajablanarli joyi yo'q. Yomg'irli kunda poytaht Toshkentda ham, Rossiyaning Moskvasida ham parklarda odam doim gavjum bo'ladi.

Qayd etilgan


Sadulla  13 Avgust 2013, 16:58:27

Assalomu alaykum.

Bu safargi Hayit bayrami oldingilariga qaraganda boshqacha o'tdi men uchun.Rahmatli buvimlarni yo'qliklari juda bilindi.Oldinlari Hayit bayramida uyimizda odam to'lib ketardi,hamma uzoq yaqindan buvimlarni ko'rgani kelishardi.Bu Hayitda buvimlar yo'q bo'lganlari uchun unchalik ko'p odam kelmadi   :(  "Qarisi bor uyning parisi bor" degan gap bekorga aytilmagan ekan.Ota-onalarimiz,buva-buvilarimiz baxtimizga doim sog'-salomat bo'lib yurishsin!O'tganlarni Olloh rahmatiga olgan bo'lsin!

Qayd etilgan