Bugungi kun mulohazalari  ( 1483439 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 283 284 285 286 287 288 289 290 291 292 293 ... 296 B


Абдурроҳман  23 Sentyabr 2013, 05:20:06

Хақиқатдан ҳам. Форум жуддаям тинч. Ҳудди хеч кимсаси йўқ ҳонадонга ўхшаб қолди.

Qayd etilgan


Muxsiya  23 Sentyabr 2013, 07:29:29

Ziyouzda texnik nosozliklar bo'layotganga o'xwaydi ko'pincha forumga kira olmayapman. Iwlayotgan vaqtda ham har safar login va parolimni qayta so'rayapti avvallari bunaqa bo'lmasdi

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  23 Sentyabr 2013, 10:35:43

Xindiston va Britaniyada o'qib kelgan qizlarimiz mashina haydayotganingizda unutmanglar, O'zbekistonda yo'lning o'ng tomonidan yuriladi.
Kuni-kecha "Toshkent" (avvalgi Turkuaz) savdo markazi stoyankasidan bir qiz mashinasida tashqariga chiqyotganda hayron bo'lib qarab qolibman. Chiroyiga ham, mashinasiga ham emas, balki kirish yo'lagidan chiqayotganiga. Sal qoldi qarshisidagi mashinaga tegib ketishiga. Mashina to'xtadi, shofyorni jahli chiqib "bu tarafdan o'tmaysanmi" deganday narigi yo'lakni ko'rsatdi, qiz biroz hijolat bo'ldiyu, baribir bo'lar ish bo'lgani uchundir mashinasini oldiga yurgizdi. Yana ajablandim, o'ng tarafidan bemalol o'tish mumkin bo'lgan katta joy qolib chapga mashina uchma-uch sig'adigan tarafdan o'tdi. Bir amallab o'tib olib mashina yo'lga tushib oldiyamki, nuqul yo'lni chap tarafiga o'tib olyapti, 100 metrda 4 ta mashina bilan to'qnashib ketishiga sal qoldi.
U yog'iga ko'zim yetmadi, kim biladi bu ahvolda chiroyli mashinasiga yana qancha tikilib turardim.

Qayd etilgan


_IYMONA_  28 Sentyabr 2013, 21:21:51

Mehr ko'rgazdim ammo,
Mehribone topmadim...

Qancha yaqinlarizga yaxshilik qilmang, hol-ahvol so'rab eshik qoqib bormang, boshingizga og'ir musibat tushganda o'z jigariz ham holing nima deb so'ramasa...
 Axir jigarlarim, yaqinlarim deb qancha kuyib pishasanu, hech bo'lmaganda jilla qursa qo'ng'iroq qilib hol-ahvol so'rashgayam yaramaydigan jigarlar, qarindoshu yaqinlardan diling og'riydi. Qizim bilan kasalxonada yotganimda chinakamiga hammadan hafa bo'lgandim... Qadrimga yig'ladim.
Televizordayam shu mavzuda kinolar berib yotibdi. O'ylab qolaman, qayerda xato qildim? Nima qilishim kerak? Nega bu qadar befarqlik tomir-tomiriga singib ketgan o'ylab yetolmayman.
Onam bir safar urushib bergandilar: "Hali uni ko'rgani borasan, hali bunikidasan. Birov kelib mani shu ahvolimda yo'qlab kelmasa, nimaga san boraverasan? Baribir borganingni birov bilmasa..."
Mehr ko'zda ekan, haqiqatanam insonmiz bir og'iz shirin so'zga mushtoqmiz, ojizaligimiz bor. (bilaman baribir gapirgandan foyda yo'q)
Siz nima deysiz forumdosh?

Qayd etilgan


_IYMONA_  29 Sentyabr 2013, 13:40:13

Mani yo'qlab keling yoki kemadiyla degan niyatda yozmadim.
O'z yaqinlarizga mehr-oqibatli bo'ling, shuni o'zi yetarli.

Qayd etilgan


Muxsiya  29 Sentyabr 2013, 18:50:07

Paxta ko'p teriw bo'yicha musobaqami

Qayd etilgan


MUSLIM_uz  30 Sentyabr 2013, 11:23:43

hudoga wukur indi forumdanam pahtaga borarkanmiz.

Qayd etilgan


MUSLIM_uz  30 Sentyabr 2013, 11:24:58

hudoga wukur indi forumdanam pahtaga borarkanmiz.

Qayd etilgan


NANO  30 Sentyabr 2013, 13:57:52

On'g qo'ling bergan sadaqani chap qo'ling bilmasin digan gap boridi odamla shu yaxshiligini minnat qimasade a!

P.S Atak odamla adresini etganda borardi yuqlab immenno jigar bulishi shart emas o'pka bo'segam yuqlab borardi!

Qayd etilgan


Beautiful...  30 Sentyabr 2013, 16:25:28

Hecham paxta termaganman...
Lekin rossa hohlardim maktabda o'qib yurgan paytimizda o'qituvchilarga yalinardik paxtaga olib chiqing deb. Lekin biron martayam chiqmaganmiz haligacha oppoq paxtalarni ko'rsam tergim keladi

Qayd etilgan