Assalom alaykum. Ha forum ancha jim, sababi kuz, forum ham huddi O'zbek dehqon honadonidek hamma kuzgi yig'im terimda, kimdir pahtada kimdir shahsiy ekinlarini yig'ishtirish bilan ovora. Bu dunyo ishlari tugamaydi, yaqin insonlar bilan gaplashish esa hardoim ikkinchi darajali bo'lib qolmoqda afsus. Lekin forumdan pahtaga chiqish yahshi taklif ham pahta yig'im terimiga hissa ham pahtaga chiqmaganlarga armon bittaga kamayadi, qolaversa diydor g'animat, bir osh qilardik. Ha aytgancha yaqindagi bo'lgan birinchi orin mukofotini ham yuvish kerak, bahonada ichimizdagi muallim va muallimalarni ham tabriklab qo'yardik, yana bir gap kelgusi yili ZiyoUz o'nga kirarmidi a labbay...