Kecha bir hodisani eshitdim eshitib, buguni shuni ta'sirida yurdim. Allohga ko'zda yosh bilan duo qildim. Alloh barcha muslima mazlumalarimizga yordam bersin!!!
Namanganda men o'qigan maktab bor. Shu maktabda atiga 5-6tagina ro'molda yuradigan qizlar bor edi. Bu yilgi o'quv yilini boshidan qattiq kurash boshlanagani sabab, maktabni barcha o'quvchilarini bir joyga yig'ib, tekshiruvchilar bilan birgalikda, bu qizlardan ro'mollarini yechishni talab qilishibdi. Bitta qizdan boshqa hamma qizlar ro'mollarini yechisibdi. Bitta qiz qolibdi yechmagan. Undan ham talab qilishibdi, u bo'lsa ro'molimni yechmayman deb turib olibdi. Alhamdulillah. Alloh bu singlimizdan rozi bo'lsin. Shunda o'rtaga jismoniy tarbiyasi o'qituvchisi, o'zi barzangidek keladigan bir erkak chiqib, qizni oldiga kelib, yech deb baqiribdi. U qiz yechmayman, debdi. Shunda haligi o'qituvchi, qizni boshidan ro'molini yulib olib, oyoqlari ostiga tashlabdi ezg'ilabdi. Haligi qiz hech narsa demasdan yosh to'la ko'zlarini katta-katta ochganicha o'qituvchiga qarab, maktabdan yugurib chiqib ketganicha, qaytib kelmabdi. Bu hodisa menga juda yomon ta'sir qildi.
BAlki bu ishni qilgan "ERKAK" o'zini kuchliligidan hozirda faxrlanayotgandir. Bunga tomoshabin bo'lgan erkagu ayoldan birortasi bundan hafa bo'lib tunni uxlamay o'tkazgandir.
Lekin men bu qizni tanimasamda, unga hamdardman, unga ko'nglim achidi. Buguni bilan ko'zimni yoshi tingani yo'q. Alam qildi, juda alam qildi. Ilojsizligimdan, hech qanday yordam bera olmasligimdan bunday muslimalarga, erkaklar shunday ishni qilayotganidan, tomoshabin bo'lib turishganidan, shu qizni oilasidagilar bu narsaga jim ketishganidan, juda kuydim. Alam qildi. Ularni haqqiga duo qildim. Muslimalar haqqiga duo qildim.
Erkak degan nomga sazovar bo'lgan, Alloh tomonidan ilmda, aqlda, kuch quvvatda ustun qilingan erkaklarni ahvoliga achindim...