Bugungi kun mulohazalari  ( 1483187 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 ... 296 B


Ansora  19 Sentyabr 2009, 01:30:09

Модомики, менинг чсзғилашим оқибатида бахслар бслар скан ва бизнинг нафсимиз чиройлик муомалани хохлар скан, сша чиройлик муомалага лойиқ ҳаракат қиламиз!

Muhammad Sohib, O'zbek tiliga ham yangi so'z olib kirdingiz:)

Qayd etilgan


Муҳаммад Соҳиб  19 Sentyabr 2009, 03:01:01

Assalomu Alaykum. Muhammad Sohib birodar. Fikr yuritishingizdan xuddi butun forum ahli bilan jangga kirishganga o'xshaysiz......

Mayli... Yuqorida iqtibos olganlarim menga tegishli joylari edi.     

Ва алайкум ассаламу!
Биродар бутун форумдаги хақсизликка қарши жангга киришдим! Аллоҳ нистимизга еткизсин! :))
Юқоридаги гапларни сса асло сизга теккизиб гапирмадим. Хатто бу нарса хаёлимга ҳам келмади. Бу Админ ва глобал модераторларга тегишли. Боиси, менинг айни сша кунларда ҳам постларим счирилган сди. Сизнинг бслимингиз(бслимга сиз модераторлигингизга тсғриси снди сътибор бердим)даги сша мавзу қолиб кетти.
Шунинг учун ёзгандим буларни.
Сизнинг модераторлигингизга сътибор қаратмаганим ва бу гап Мусуаннифга тегишли смас демаганим учун узр ссрайман! Бу жойда албатта, мен айбдорман. А ози бсласиз!

Qayd etilgan


Муҳаммад Соҳиб  19 Sentyabr 2009, 03:15:34

  Endi, bunday ishlar, mag'zava ag'darishlar bo'lib turarkanda, ayniqsa Islomiy bo'limlarda. Mayli chidaymiz.

Ўша номақбул ишларни қилиб, муборак А амазонда ҳам устсизликни тарғиб қилган срамасга Аллоҳ кифос қилсин. Зиёни зулматга айлантирмоқчи бслса, кеч киришини кутса кифос-ку номард. Майли, сша нусхалар ҳам бир инсофга келсайди.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Sentyabr 2009, 05:26:54

Assalamu alaykum!
Payg'ambar alayhissalom shunday deb marhamat qildilar:
"Kimki Allohga, oxirat kuniga iymon keltirgan bo'lsa, bas foydali so'zlarni so'zlasin, yoki sukut qilsin."

Qayd etilgan


saltanat  19 Sentyabr 2009, 06:03:21

Assalamu alaykum!
Payg'ambar alayhissalom shunday deb marhamat qildilar:
"Kimki Allohga, oxirat kuniga iymon keltirgan bo'lsa, bas foydali so'zlarni so'zlasin, yoki sukut qilsin."

Haa,Rosululloh S.A.W. butun bashariyatga ibratdirlar.U kishiga ceksiz salomlar va salovotlar bo'lsin, haqiqatdan ham nodonlar oldida sukut saqlashlik fahm-farosatu,aql-idrokning qay darajada ekanligidan dalolat beradi.Yo Rabbim,Habibingdan ibrat olishlikni va ul kishining yo'llarida yurishligimizni barchamizga nasib ayla,mo'min-musulmon nomiga loyiq bo'lishimizda madad ber.Amiyn.

Qayd etilgan


Abdul_Malik  19 Sentyabr 2009, 22:12:51

      Hozirgina huftoni o'qidigu, lekin huddi chanqog'i bosilmagan odam kabi namozni tugatdik. Ikkinchi tomondan bir oy davomida Alloh bergan nusrat, sabr toqat bilan ro'za va tarovehlarni ado etolganimga hursandlik hissi bor. Yana ertaga tong saharlab turib masjidlarga boramiz Iyd namozini ado etgani inshaalloh.
       Alloh jumlamizning Ushbu oy davomida qilgan barcha yahshi amallarimizni hato va kamchiliklarisiz O'z dargohida husni maqbul aylasin.

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Sentyabr 2009, 05:33:09

MENING MOLIM YONMAYDI

Yoshlari 80 dan oshib qolgan Sobir hoji ota hikoya qiladilar:
"Xalqimizning diniy ma'rifati toptalgan sovet yillarida Marg'ilondagi eng katta savdo timida katta yong'in bo'lib, hammaning ko'ngliga g'ulg'ula tushibdi. Yong'indan xabar topgan Mirhojiboyning og'illari otalari oldiga yugurib kelib, mollarini qutqarish chorasini ko'rishlikni aytishibdi. Shunda Mirhojiboy: "Parvo qilmanglar, men molimning zakotini berganman, zakoti berilgan mol yonmaydi, uni O'zi asraydi" deb hotirjam o'tiravergan ekanlar.
Ertasi kuni atrofdagi barcha do'konlar va ulardagi mol kul bo'lgani holda, Mirhojiboy otaning do'konidagi barcha mollar Allohning inoyati ila yong'indan omon qolgan ekan".

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  21 Sentyabr 2009, 13:57:23

Bolalarimiz tobora kitob o‘qimay qo‘yishyapti, e’tibor beryapsizmi? Ha, bilaman, hozir kosmos asri, tezlik asri, axborotlar asri, ammo kitobning insoniyat tarixida o‘rni beqiyos ekanligini, uning o‘rnini halizamon biron narsa bosa olmasligini internetni o‘ylab topgan davlatlarda ham e’tirof etishmoqda. Yaqinda o‘zim o‘qidim bir joyda. Mashhur psixolog Jon Sauz o‘zining «Ming yilni jamlagan bahor» asarida quyidagi jumlalarni hammaga tushuntiradi: «Shu paytgacha odamlar internet har qanaqa axborot tizimini ortda qoldirdi, deb ta’kidlashmoqda. Aslida undoq emas. Chunki internet tabiiy jihati bilan kitob va gazetaning o‘rnini bosa olmaydi. Bunga eng yorqin misol shuki, gazetalarning minglab saytlari bor, shu saytlar orqali odamlar o‘sha gazetani qog‘ozsiz ko‘rinishda o‘qish imkoniyatlari bor. Ammo men hali «biron bir gazetani sayt ochgani uchun odamlar olmay qo‘yibdi, shuning uchun ham bu nashr xodimlari o‘z sohalarini o‘zgartirib, gazetadan sayt tayyorlashga o‘tib ketishibdi», degan xabarni eshitmadim. Aksincha, avvaliga sayt tashkil qilib, so‘ngra uni gazeta ko‘rinishiga keltirgan va shuning oqibatida boyib ketgan shaxslarni bilamiz. Xullas, insoniyatning bundan keyingi kashfiyotlari kitob va gazetaning o‘rnini odamlar o‘rtasidan ko‘tara olmasligi kundek ravshandir!»
Menga bu gaplar juda yoqdi. Asosli fikrlar. O’z vaqtida aytilgan fikrlar. Tajribadan o‘tgan fikrlar. Shu bois ham men bolalarimizga birinchi navbatda KITOBga mehr qo‘yishni o‘rgatish kerak, deb hisoblayman. Farzandlarimiz kompyuterning klavishlarini ko‘zlarini yumib bosadigan darajaga yetganlarida ham, Qodiriyning «O’tgan kunlar»ini o‘qimagan bo‘lsalar, ularning salohiyati butun bo‘lishiga shaxsan men ishonmayman. Chunki kitob insoniyat kashfiyoti emas, balki ilohiy bir ne’matdir. Internet va kompyuter, xorijdagi yangi o‘quv tizimlari odamlar tomonidan kashf etilayotgan yangi bir bosqichlar, xolos. Asrlarni yelkasida ko‘tarib kelayotgan, zalvorli o‘tmishning nurli sahifalarini o‘z zimmasiga olgan KITOBdan bolalarimizni mosuvo qilib qo‘ymaylik. Bir soat kompyuterga vaqti ketsa, ikki soatini kitobga bag‘ishla, deb buyuring, kam bo‘lmaysiz.
Men bularni nima uchun jur’at bilan aytyapman. Sababi, inson o‘ylab topgan narsa bilan boshlang‘ich nuqtasini biron odam bilmaydigan narsalar o‘rtasida katta tafovut bor. Mana, misol uchun QALAM. Hozirda dunyoning istalgan joyiga boring, hatto eng sifatli kompyuterlarni ishlab chiqaruvchi korxonalarga kiring, o‘sha korxonaning rahbari qulog‘ining bir chetiga, yoki ko‘ylagining cho‘ntakchasiga ruchka (ruchkaning qalamdan farqi yo‘q!) solib yuradi. Nega unaqa, desangiz, o‘zim ham bilmayman, deb qo‘yadi. Insonning fitratiga joylashtirilgan narsalar bor, tashqi olamdan qabul qilingan narsalar bor.
Bularning farqi hayotda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Internet tizimiga bog‘lanib qolgan, turli kompyuter o‘yinlarini soatlab, balki kunlab o‘ynaydiganlar ichidan insoniyat tarixida uchramagan qotillar chiqmoqda. Ammo kitob o‘qigan inson — hatto o‘qigan kitobi razolat botqog‘idan sug‘orilgan bo‘lsa hamki — bu qadar qabihliklarni qila olmaydi, deb o‘ylaymiz. Kitobning mehri boshqacha bo‘ladi.

Mahmud ASROR.

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  21 Sentyabr 2009, 16:48:08

BYeBAHO BOYLIK QADRI

Ishga kelayotib, ikki kishining suhbati qulog‘imga chalindi.
«Bugungi kundan, hayotingizdan mamnunmisiz?» deb so‘radi ulardan biri.
«Ha, albatta! — javob berdi ulardan yoshi ulug‘i. — Shukrki, tinch zamonda yashayapmiz. Istagan narsamiz bor, xohlagan mahsulotimizni u xoh kiyim-kechak bo‘lsin, xoh oziq-ovqat yoki boshqa mahsulotlar bo‘lsin, topsa bo‘ladi, taqchillik yo‘q. Lekin bugungi davrda hammasidan ham muhimi, biz xotirjam yashayapmiz. Xotirjamlikda esa, bilasiz, hikmat ko‘p...»
Bu so‘zlarni bejiz keltirmadik. Gap shundaki, oramizda tushungan kishilar ko‘p. Shu bilan birga noshud odamlar ham uchraydi. Ular oddiy muammolarni gapirib, pashshadan fil, havodan holva yasashga urinishadi. Bundaylar uyidagi vodoprovoddan oqayotgan suvni ichishadi-yu, qaysidir mamlakatda bir qultum suvga zor bo‘lib nobud bo‘layotgan bolalarni xayollariga keltirishmaydi. Ular o‘z uylarida o‘tiradilar-u ba’zi mamlakatlarda taloto‘plar bois yoshu qari xor inson umri va qadri bir pul bo‘layotganligini o‘ylashmaydi. Chunki bundaylar hayot mazmunini faqat yeb-ichishda, farog‘atda yashashda, deb bilishadi. Xolbuki, yoshi ulug‘ kishilarning aytishlaricha, bugungidek hayot xalqimiz tarixida kuzatilmagan ekan.
Eng muhimi, sizu biz bilan birga yon-atrofimizda ro‘y berayotgan bunyodkorliklar, yangilanish va o‘zgarishlar tufayli quvonchdan boshi ko‘kka yetgan, xalqimiz shodligini o‘z quvonchi deb biladigan turli millat vakillari yashab kelmoqda. Ularning so‘zlariga quloq tutganda esa yurtimizning benazir ekanligidan yanada faxrlanib ketasan, kishi.
— O’zbekistonda yashayotganimizga yigirma besh yildan oshdi, — deydi Eleonora Polvonova. — Taqdir taqozosi bilan bog‘dodlik (Farg‘ona viloyatidagi tuman) yigitga turmushga chiqqanman. 6 nafar farzandim shu yerda tug‘ilib, voyaga yetdi. O’qituvchilik qilaman. Asli millatim moldovan. Gapning ochig‘i, men bir paytlar O’zbekiston degan yurt, o‘zbek millati haqida gap ketsa hech narsa bilmasdim. Endi esa shunday aziz o‘lkada, bag‘rikeng odamlari, saxovatli zamini bor yurtda yashayotganimdan faxrlanaman. Faqat faxrlanaman, desam kamlik qiladi. Qarindosh-urug‘larim bilan telefon orqali tez-tez gaplashib, ularning gap-so‘zlaridan, munosabatlaridan anglaymanki, O’zbekiston chindanam beqiyos yurt. Osmoni musaffo, taraqqiyot yo‘li mustahkam bu zaminda har kuni, har nafasda shukrona aytib umrguzaronlik qilish kerak, deb o‘ylayman.
Hozir farzandlarimning barchasi o‘qimishli, uyli-joyli. Ro‘zg‘orida kami yo‘q. Ishlab chiqarish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan o‘g‘illarimga qarab turib, havas qilaman. Chunki mustaqillik boshqalar qatori mening farzandlarimga ham keng imkoniyatlar eshigini ochdi. O’ylab yurgan ezgu niyatlarini amalga oshirishga turtki berdi. Ana shu imtiyozlardan foydalangan holda katta o‘g‘lim tadbirkorlik bilan shug‘ullanayapti. Ukalari ham uning ortidan ergashayapti.
Demak, baxtim to‘kis! Omadu baxtni esa O’zbekistondan topganimdan behad mamnunman!..
Kondo Yukixito. U mashhur Nagoya universitetining Toshkent davlat yuridik instituti qoshidagi yapon tili va huquqi tadqiqoti markazida uch yildan buyon o‘qituvchi bo‘lib ishlaydi. K. Yukixitoning aytishicha, har qanday millatning o‘tmishi va kelajagi haqida tasavvurga ega bo‘lish uchun o‘sha yurtning ona tiliga qiziqib ko‘rmoqlikning o‘zi kifoya ekan.
— Men til va adabiyotshunoslikka qiziqaman, deydi u. — O’zbekistonga kelganimda nomlari satrlaridan, satrlari nomlaridan ulug‘ shoirlarning ijodini o‘rgana boshladim. Navoiy va Bobur, Mashrab va Huvaydo, Nodira va Uvaysiy, Furqat va Muqimiy she’riyatidagi nafislik, falsafa, mantiqiy uyg‘unlik har qanday kishini asir aylaydi. Ayniqsa, Navoiy she’riyatidagi yetuklik, har bir misraning o‘ziga xos ma’no anglatishini ko‘rib, ochig‘i, lol qoldim. Bilasizmi, biz yaponlar hamisha dunyo ko‘rishni, yo‘limizda uchragan har bir yangilikdan o‘z foydamiz uchun saboq olishga intilamiz. Navoiy men uchun tengsiz kashfiyot bo‘ldi. Uning ijodidan butun dunyo bahramand bo‘lsa arziydi.
Buyuk o‘tmishingiz bilan bog‘liq daholarga tan berish bilan birga bugunning odamlari, ayniqsa yoshlaringizga qiziqishim ortdi. Ulardagi bilim olishga bo‘lgan qiziqish, o‘qituvchini tinmay savolga tutishi, til o‘rganishga bo‘lgan qobiliyatini ko‘rib, qilgan mehnatingga achinmaysan, kishi. Hozirda bizning markazda tahsil olayotgan ko‘plab talabalar Yaponiyada o‘qishni davom ettirishmoqda. Ular nihoyatda murakkab sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tib, men kabi bir necha yaponiyalik mutaxassislarning e’tirofiga sazovor bo‘lishdi. Yana o‘zbekistonlik yoshlarning bir emas, bir nechta tillarda erkin muloqotga kirishishidan hayratlanaman. Aslida buning hech qanday ajablanarli joyi yo‘q. Navoiydek buyuk zotning avlodlari bundan kam bo‘lmaydiyam-da!
K. Yukixito bilan suhbatlashib, endi qaytayotgandik, hayal o‘tmay tarjimon yigit ortimizdan yetib keldi. Qaytib bordik. Mehmon tilmochga nimalarnidir uqtira boshladi. Angladikki, u eng muhim narsani eslab, shuni bizga yetkazishni tarjimonga bildirmoqda. Yapon tilida bemalol gaplashadigan yigitcha esa kulib, uning dil izhorini bayon etdi:
«Men yurtingizda o‘z hayotimda asqotadigan juda ko‘p taassurotlarga ega bo‘ldim. Xalqingizning samimiyatidan tortib, mehmondo‘stligi-yu bir-biriga bo‘lgan mehr-oqibatidan ibrat olib, ko‘p jihatlarning o‘z fe’l-atvorimga ko‘chganini his qilyapman. Buni men yurt kezib topgan eng bebaho boyligim deb bilaman!»

Maqsud JONIXONOV.
Forumga joylashtirgan "Kamina"



Qayd etilgan


Ansora  21 Sentyabr 2009, 22:21:12

Turkiyada kelinlar birinchi hayitlarida asosan mehmonga borishadi, garchi hayit bo'lmasa ham to'ydan keyingi ilk hafta kuyov tarafning yoshi ulug'lari, yaqin qarindosh-urug'lari ziyorat etiladi. Mehmonga borayotgan insonlarga kelin o'zning sepidan sochiq, joynamoz, ro'mol, ayol-erkakligiga qarab bo'hcha tayyorlab olib boradi. Mezbonlar esa yangi kelinga oltin taqishadi.
Bizni kelinlarimiz bo'lsa, ilk hayitida 2-3 kunlab dasturxon tuzaydi, ertalabdan kechgacga oyoqda (kechasi ham uhlab-uhlamagani aniqmas, chunki ustida juda katta stres bo'ladi). Bu odatga asosan Toshkentda qattiq rioya qilishadi, keyingi vaqtda boshqa viloyatlarda ham urf- odat holiga kela boshlaganini eshitgandim.
Kelinni ota-onasini hech gapirmaylik.
Bugun qaynonam biznikiga yangi kelin keladi, ziyoratga degandilar, ichimdan esa "himm yangi kelin mehmonga borib, aylanib yuribdi, mazzaa, bizni O'zbek ayollariga yana bir bor Olloh sabr, kuch-quvvat bersin", dedim:)

Qayd etilgan