Bugungi kun mulohazalari  ( 1481811 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 ... 296 B


ЖАМШИДЖОН  24 Sentyabr 2009, 07:52:29

Assalamu alaykum.
Allohga tavakkul qilgan bandasini Alloh hech qachon tashlab qo'ymaydi, albatta.
Buni hayotimdagi bo'lib o'tgan bir misol yana bir bora tasdiq qildi. Bu oddiy holat bo'lsa-da, menga juda ta'sir qildi...
Ho'jayinim bilan bozorga bordik,u kishi ro'zg'orga bozor qilish uchun bordila, meni ham kichik bir ishim bor edi bozorda. U kishi tarvuz bozorida to'xtatdila mashinani va menga:"Siz ishingizni bajarib menga tel qiling, men qayerda bo'lsam shu yerga borasiz dedila". Men xo'p, dedimda, ketdim.
Meni ishim juda tez bitdi. Bitishi bilan telefonga qo'l uzatib raqamni tersam"Hisobingizni to'ldiring" desa bo'ladimi. Yonimda bir so'm ham pulim yo'q. Bozorda biror tanishim ham yo'q. Bir oz turdimda, tushib qolgan joyimga boraman, u yerda bo'lmasa narigi tomonga o'tib mashinani qidirib ko'raman, topolmasam piyoda uyga qarab ketaveraman, ALlohga tavakkul dedimda, bozordan chiqa boshladim. HAli bozordan chiqib ulgurmagan ham edimki,bir ayol yonimdan o'tib"Assalamu alaykum" dedi. Men boshimni ko'tarmasdan alik oldimda, ozgina yurganimdan keyin ovoz tanish ekanligini sezib to'xtadim. Yaqin birodarim kulib,Tanimadingizmi, deb turibdi. U bilan salomlashib:"Voy sizni ALloh yetkazdi,telefoningizni bering" desam u hayron....
Bandalarini o'z holiga tashlab qo'ymagan ALlohga hamd bo'lsin...

Kecha ayajonim manga huddi sizga o'xshash xodisaga tushib qolishibdi, o'zlari aytib o'zlari yig'lab beryabdilar yozmoqchi masadimu lekin yozvorordim.

Hullas kecha ayajonim Prezidentimiz Islom Abdug'anievich Karimovga hat yozishgan ekan sababini aytmay qo'ya qoli. Pochtaga borishgan ekan hatdi junatish uchun, odam juda ko'p ekan bir chekkaroqda navbat olib kutib o'tirishgan ekan yonlarida jurnalist bir odam turganmish yoshini bilmadimu lekin aytishlaricha 60 X 70 larga kirgan odam ekan. Jurnalist bilan gaplashib navbat kelishini kutib o'tirishibdi, jurnalist nimaga keldiz debdi, ayam shunaqa qamoqda _____ bor shu _____ kechirishlarini surab hat yozyabman debdilar, jurnalist hatizi o'qib kursam bo'ladimi debdi ha bemalol deb hatdi beribdilar jurnalist o'qib bo'lib e hatosi ko'pku yana siz kichkinagina konvertga solibsiz boring kotta konvert olib keling debdi. Ayam borib kottasini olib kelibdilar xatdi ham boshqatdan yozibdilar, jurnalist agar shunaqa qilmaganizda hat ichkaridan emas tashqaridan qaytib o'zizga kelardi endi topshirin diyishibdi. Tashqariga chiqib ayami va ____ duo qilishibdi. Ayam amaki nimaga manga yordam beryabsiz debdilar. Jurnalist man sizga emas sizi onajoniz yordam beryabman, amaki nima ish qilasiz yurin uyizga tashlab qo'yaman diyishibdi. Qizim yana sizga yordam bermoqchiman mani o'g'lim Farg'onada kotta tergovchi shuni oldiga borin sizga yordam beradi qo'lidan kelgancha diyishibdi. Ayam rahmat amaki olloh rozi bo'lsin sizdan o'zi nima ish bilan kelgandiz debdilar, kecha mani chaqirishibdi soat 14.00larda keling deb kelsam chaqirgan odamdi o'zi yo'q ozgina dam olvoli keyin uyga ketaman deb turgandim siz kelib qoldiz bu ham bir olloh mo'jizasi.

Ayam o'zlari manga aytib berib yig'lab berishyabdi. Hullas ayamga bunaqa hodisalar, arzimagan hodisalar ham ollohdi mo'jizasi deb qabul qilishadi.

Qayd etilgan


Ansora  24 Sentyabr 2009, 11:20:47

Demokratiya men uchun "Butun mavzularda boshqasining haqqini yemaslik va o'z haqqingni hech kimga yedirmaslik", degan ma'noga keladi.
Bugundan Turkiyada maktablar ochildi. Tv kanallaridan biri FOX'da anket tayyorlanyabdi. Savoli esa: "Siz bolangizni maktabga joylash uchun kimlarga pul berdingiz, bu pulning haqqoniy ekanligidan shubhalanyabsizmi?"
Tomoshabinlar javob bersihyabdi sms yo'li bilan. Bu ma'lumotlar bo'yicha Ta'lim vazirligi chora-tabdir ko'rib, insholloh poraho'rlaning kerakli jazolarini beradi.

Qani endi, O'zbekistonda ham shunday anketlar tayyorlansa va tabiiyki muttasaddi tashkilot va shashlar chora-tabdir ko'rishsa. Bizni u taraflarga (butun eski 15 Sovet Jumhuriyatlari) borganlar poraho'rlikdan shikoyat qilishgani qilishgan.
Afsus, bizda bazi shahslar Turklarning maqolida aytilganday "Menga tegmagan ilon ming yil yashasin" deganday, tanish bilishga gap tegib qolmasmikan, bir kun ishimga yarab qoladi, deb harakat qilishadi.
Sovetlar zamonida bizga aytishmagan lekin poraho'rlik juda avj olgan, tabiiy holda bunday bo'lishi aniq! Chunki sen insonlarni "din yo'q, inson muhim" deb ularning Ollohga bo'lgan ishonchlarini qo'ldan olsang va qalblaridagi Olloh qo'rquvinini yo'q qilsang bu poraho'rlik degan balo tabiiyki kuchayadi.
Lekin O'zbekiston va qolgan Jumhuriyatlar 18 yildan beri mustaqil, din ta'qiqlanmagan, Ollohga shukrlar bo'lsin. Asosan davlat tashkilotlarida ishlaydigan shahslar (İymoni va Olloh qo'rquvi bo'lgan dindoshlar bundan mustasno) ishlarini suiste'mol qilishyabdi. Masalan aviakassadan har safarida bilet olar ekanman, hech bilet yo'q, bundan 2-3 oy keyingacha tugagan deyishadi, keling opa, aka kelishaylik deng, darrov bilet topiladi...

Olloh haromdan va boshqasining butun mavzularda haqqini yeyishdan bizlarni saqlasin va poraho'rlarga fursat bermasin insholloh...

Qayd etilgan


Muhseena  24 Sentyabr 2009, 20:22:27


Hayotda mana shu holdagi insonlarni ko'rishni istamayman.Negadir menga juda og'ir botadi.Hech kimning boshiga mana shu holatni solmasin.

Qayd etilgan


zuhrahon  24 Sentyabr 2009, 20:28:18

       Ro’za  ramazon  kunllarida  bir  g’ayridin  insoning  farzandi  ko’chada  narsa  yeb  yurgan  ekan  shunda  otasi  buni  ko’rib  qolibdi  va  uni  urishib  tanbeh  beribdi..Hozir  hamma  musilmonllar  ro’za  tutayogan  paytda sen  nega  ko’chada  narsa  ko’vshanib  yeb  yuribsan  deb  urishib  beribdi.O’sha  g’ayridin  inson  olamdan  o’tganida  Jannatga  kirgan  ekan  bolasiga  bergan  tanbehi  tufayli.
Hozirgi kunimizdachi  kundalik  hayotimizdachi  shunday  insonllar  bormikan?

Qayd etilgan


siddiqa  25 Sentyabr 2009, 00:54:43

       Ro’za  ramazon  kunllarida  bir  g’ayridin  insoning  farzandi  ko’chada  narsa  yeb  yurgan  ekan  shunda  otasi  buni  ko’rib  qolibdi  va  uni  urishib  tanbeh  beribdi..Hozir  hamma  musilmonllar  ro’za  tutayogan  paytda sen  nega  ko’chada  narsa  ko’vshanib  yeb  yuribsan  deb  urishib  beribdi.O’sha  g’ayridin  inson  olamdan  o’tganida  Jannatga  kirgan  ekan  bolasiga  bergan  tanbehi  tufayli.
Hozirgi kunimizdachi  kundalik  hayotimizdachi  shunday  insonllar  bormikan?


Kursdoshlar orasidagi suhbat nogoh eshitib qoldik .

Rozamisiz ???
tavba qildim deng (huddi jinni bo'ldimmi ro'za tutib degandek)

ichimiz shuv etdi ........bildirmadik lekin qachongacha jimjitlik . .......

Qayd etilgan


Ansora  25 Sentyabr 2009, 09:20:03

       Ro’za  ramazon  kunllarida  bir  g’ayridin  insoning  farzandi  ko’chada  narsa  yeb  yurgan  ekan  shunda  otasi  buni  ko’rib  qolibdi  va  uni  urishib  tanbeh  beribdi..Hozir  hamma  musilmonllar  ro’za  tutayogan  paytda sen  nega  ko’chada  narsa  ko’vshanib  yeb  yuribsan  deb  urishib  beribdi.O’sha  g’ayridin  inson  olamdan  o’tganida  Jannatga  kirgan  ekan  bolasiga  bergan  tanbehi  tufayli.
Hozirgi kunimizdachi  kundalik  hayotimizdachi  shunday  insonllar  bormikan?


Kursdoshlar orasidagi suhbat nogoh eshitib qoldik .

Rozamisiz ???
tavba qildim deng (huddi jinni bo'ldimmi ro'za tutib degandek)

ichimiz shuv etdi ........bildirmadik lekin qachongacha jimjitlik . .......

Yuqorida keltirilgan misollar rostdan ham achinarli. Bunday misollarni hayotimizning har sohasida ko'rishimiz mumkin. Bazi insonlar din haqida hech eshitgilari ham, gapirgilari ham kelmaydi. Chunki shayton ularning ko'ngil ko'zlarini tamoman berkitib qo'ygan. Olloh aslida bir navi bizning ham sabrimizni, iymonimizni qarshimizga shunday insonlarni chiqarib o'lchmoqda. Biz afsus insonning tashqi qiyofasiga, kiyim kechak tarziga qarab hulosa chiqaramiz. Ha bu ochiq-sochiq kiyinibdimi demakki bundan foyda yo'q. Balki shu inson sizdan bir "qutqaruvchi" so'z kutayotgandir. Balki hijobingizni sizga juda yarashganligi yarim yalang'och bir qizga juda ta'sir qilishi va hayotini umuman o'zgartirishi mumkin. Qarshimizdagi isnon haqida ham "husnu-zann" yani "yaxshi fikr" qilish ham iymondan ekan, birodarlar. Yaxshi fikr qilganimiz uchun ham Olloh bizga savob yozar ekan. Tabbi bazan ko'rinib turgan shahslar haqida ko'r-ko'rona yaxshidir, degan xayolga borish ham kerakmas.
O'tgan yillarda İstambuldagi O'zbekiston Boshkonsulligiga borishim kerak edi. Turgan joyimdan ilk marotaba borayotganim uchun yo'lovchilardan so'ray, keyin kattakon İstambulda adashib yurmay, deb o'yladim. Men ham ataylab avtovusda ko'zlarigina ochiq bo'lgan qop-qora hijob kiygan bir ayoldan yo'l so'radim. Turkiyada ham bu qora kiyinganlar juda qattiq qarshilik ko'rishadi. Odatdagi hijoblardan kiyishsa nima qiladi, qop-qora rang insonni ichini qoraytiradi, degan gaplarni ko'p eshitganman. Avtobusdagilar shuncha inson turib aynan shu ayoldan yo'l so'raganimga hayron bo'lishdi. Suhbatimizni ham eshitishga harakat qilishyabdi, qani ko'raylikchi qanday javob berar ekan, degan qiziqish bor albatta. Ayol ham (balki qizdir, chunki ovozi yosh qiznikiday kelayotgandi) savollarimga juda chiroyli qilib, tushunarli bir shaklda javob berdi. Menga to'htamay duo qildi. Avtobusdan tuhsayotganimda ham qo'l ko'tarib, faqatgina ko'rinib turgan ko'zlari bilan kulimsiradi. Shu voqeadan keyin qop-qora kiyingan ayollar o'qimagan, dag'al, qishloqi, degan odatdagi so'zlarni hammasini hofizamdan "o'chirdim".
Musulmonlar bir-birlari bilan qardoshtir, inson o'z ukasi uchun yomon xayolga boradimi, yo'q albatta. Qo'lidan kelguncha bilmaganlarini o'rgatadi, gapirishga kuchi yetmasa, odob-ahloqi bilan o'rnak bo'ladi, deb o'ylayman...

Qayd etilgan


zuhrahon  25 Sentyabr 2009, 10:21:03

Assalomu  alaykum.Aziz  fo'rumdoshllar  hozirgi  kunimizda  ko'pgina  ayollarimiz  Hijobning  orqasidan ko'pgina  yomon  ishllarni  qilishmoqda.Bunga  esa  hozirigi  kunimizda  misollar  juda  ko'p.Ho'jaynimdan  eshtgan  bir  voqeyani  aytib  bermoqchiman.Ho'jaynim  domlalaridan  eshtganllarini  aytib  berdillar.Bir  kuni  Imom  domla  do'stllarining  kafellariga  kirganllarida  bir  manzaraga  ko'zllari  tushibdi  stollarining  birida  3  4  ta  ayollar  bo'yanib  sochllarini  turmakalab yasanib    ovqatllanib   o'tirishgan  ekan.Imom  domlaning  do'stllari  kelib,anavullarni  ko'ryabsizmi  hozir  shullar  ustiga  hijobini  kiyib  ro'molini  o'rab  sitafor  tagida  turishga ketadi  sadaqa  so'ragani  debdi!Bunday  misollar  juda  ham  ko'p.O'zim  ham  hayotda  bunaqalarni  ko'p  eshitganmiza  ko'p  ko'rganmiza  o'z  ko'zim  bilan sitafor  tagida  sadaqa  so'rab  o'tirgan  hijobli  ayolni  burchakka  o'tib  sigareta  chakayotganini  ham  ko'rganaman  astag'firulox  deysan  kishi  yoqangizni  ushlisiz bunday  hollatllarni  ko'rib.Yana  bir  misol.Bir  dugonam  bir  voqeyani  aytib  bergan  edi.Dugonamning  qo'shnisining  o'g'li  uylanmoqchi  bo'lib  hijobli  qiz  qidirib  yurgan  ekan  bir  Hijobli  qizni  ham  topibdi  uni  ozgina  sinab  kuzataychi  deb  ketidan kuzatib  yuribdi  bir  kuni  o'sha  Hijobli  qiz  qandaydir  bir  kafega  o'xshidigan  joyga  krib  ketibdi  bola  esa  kutib  turibdi  chiqishini  bir  ozdan  so'ng  haligi  hijobli  degan  qizimiz  sochllari  yoyilgan  pardoz  andoz  qilgan  tegiga  shim  kiyib  olib  chiqib  ketibdi  bola  esa  turgan  yerida  qotib  qolibdi  bu  holatni  ko'rib.Bunga nima  desizllar  fo'rumdoshllar  bundayllar  ko'pku  bu  yerdagi  muslima  hijobli  oapllarimzning  shanllariga  bu  juda  katta  dog'dir  hatoki  o'zimizga  ham  bu  achinarli  holati Barchamizga  Ollohning  o'zi  insof  tofiq  bersin  Imonimizni  bundanda  ziyoda  qilsin  yomonllardan yiroqda  qilsin

Qayd etilgan


Ansora  25 Sentyabr 2009, 10:34:24

Zuhrahon, Xalqimiz bekorga: "guruch kurmaksiz bo'lmaydi" demagan-ku.
Men ham juda ko'p shohid bo'lganman siz aytib o'tgan voqealarga, insonni yomon jahli chiqadi, zotan dunyoda Musulmonlarni yomonga chiqarish uchun g'ayri muslimlar qo'lidan kelgan hamma ishni qilishyabdi, hatto Amerikani bazi siyosatchilari 11 Sentyabr portlashini o'zlari uyushtirib, aybni Usama bin Ladinni ustiga otdi, bu Ladin deganlari esa Amerikani odami, qachon bir ish bo'lsa shu shaxsdan foydalaniladi, Amerika Afg'onistonga kirmoqchi bo'ldi, Ladin u yerda deb, kirib bordi,...Afsus Musulmonlar terrorist, degan tushuncha bizni tanimagan insonlarni miyasiga o'rnashib qolgan. Yaqinda Avustraliyali aslan Hirisitiyan lekin keyinchalik Musulmon bo'lgan bir talaba gapirib bergandi, men ilgari Musulmonlarni terrorist, hech o'qimagan, johil insonlar deb o'ylardim. Musulmon bo'lgandan keyin esa, dunyoning butun dart-alamlaridan qutulish uchun İslom dini va Ollohning Rasuli Muhammad Payg'ambarning (S.A.V) yuborilganligini ko'rdim. Johiliya davrida insonlar qizlarini tirik tirik qumlarga ko'mar ekan, Payg'ambarimizning kelishi bilan dunyo jannatday bo'ldi, insonlarga, eng asosiysi esa ayollarga qadr-qiymat berila boshladi.

Yuqorida aytib o'tganimizday insonlar har doim bo'lgan, bo'lyabdi va bo'laveradi (afsus) Bu ham bo'lsa shaytonni ishi. Bigza tushgan vazifa esa, bu kabi isnonlarning emas haqiqiy din yo'lidagi insonlarni ovozlarini eshitish, jiddiyga olish, narigi turdagilarni esa ko'rmaslikdan kelib, haqlarida faqatgina hidoyatga erishib, to'g'ri yo'lni topishlari uchun duo qilish tushadi...

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Sentyabr 2009, 11:01:15

Samarqandlik dugonam etgandi. Samarqandda deyarlik hijobli ayolni ko'rmaysiz.
Lekin 1 tasini ko'rgandim kafega kirganimda.
Erkak kishi bilan qah-qah kulib hammani o'ziga jalb qilardi...

Yuqorida aytilganidek kabi "hojiblilar" asli esa NIQOBLILAR afsuski ko'p.
Kapalak opa etganlaridek "Bigza tushgan vazifa esa, bu kabi isnonlarning emas haqiqiy din yo'lidagi insonlarni ovozlarini eshitish, jiddiyga olish, narigi turdagilarni esa ko'rmaslikdan kelib, haqlarida faqatgina hidoyatga erishib, to'g'ri yo'lni topishlari uchun duo qilish tushadi..."

Allohdan ularni HIDOYAT BILAN JAZOLASHINI so'rab qolamiz.


Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Sentyabr 2009, 12:02:44

Yana bir masala...

Man oldinlari hali dinimni to'liq tushunmay yurgan vaqtimda, do'ppilini ko'rsam bo'ldi u man uchun dindor bo'lardi.
Do'ppili sigater chakishini tasavvur qilolmasdim, vaholanki u shunchaki do'ppi kiygandur, u ham Allohning bir gunohkor bandasidir, balki u ham namoz o'qimasdir....

Halqimiz shunga odatlangan "5 vaqt namoz o'qirkan, hijobda ekan" desa bo'ldi, o'sha qizni farishta deb tushunishadi.
Aslida har birimizda o'zimizga yarsha aybu-nuqsonlarimiz, tushunmagan jihatlarimiz ko'p.

Avval o'izmizdagi dunyoqarashni ham o'nglashimiz kerak.

Hamma hijobliham siz o'ylaganchalik taqvo egasi, haqiqiy muslima bo'lmasligi mumkin.
Hijob hech narsani belgilamaydi.
Hijob oddiy bir avratlarni yopadigan kiyim xalos.
Bundan hijoblanganning o'zigagina foyda...

Ammallarini esa Alloh hisob-kitob qilguvchidir.

Biz ularga indamay ketayotganimiz uchun esa ENG KATTA AYB O'ZIMIZDA!!!

Qayd etilgan