Assalomu alaykum!
Odamlarda mehr tuyg'usi yo'qolib, hamma narsani insonning tashqi ko'rinishi yoki cho'ntagiga qarab baho berish zamonining boshlanishi fojea emasmi?
Afsuski bunaqa holatlarga men ham ko'p duch kelaman.
Avtobuslarda ham qari otaxon va onaxonlardan uyalmasdan to'liq to'lang deya o'shqirayotgan konduktorlarni uchrataman. To'g'ri, talab qilish ularning ham vazifasi, lekin hurmat qayerda qoladi, musulmonga xos izzat qayerda qoladi?
Aslida men pensiya yoshidagilarga davlat transportining umuman bepul bo'lishini hohlayman. Aslida shunday bo'lishi ham kerak. Chunki ular g'animat, vaqtida qadrlariga yetib olishimiz kerak.
Yana shu transportda biron qariya yoxud yukli ayollar chiqsalar yoshlar bemalol joy bermasdan o'tiraverishadi. Hatto bir kuni TVda qanday qilib joy bermaslik usullari haqida ham gapirishdi... Fojea-ku bu ham...
Fransiyada, masalan, Rossiya TV laridan birida aytishdiki, yoshlar kattalarga, u juda keksa kishi bo'lsa ham joy berishmas ekan, negaki ular "o'z huquqlarini birov bilan bo'lishishni emas, ulardan foydalanishni" ma'qul ko'risharkan (tushunchangdan o'rgildim!) Abdulaziz, o'sha usullarni o'zimizning TV dan o'rgatishmagandir, yoki...
Umuman, shaharlar transport tizimimizni tubdan qayta ko'rib chiqish kerak o'zi allaqachon. Toshkentda qanday, bilmadim-u, har holda u yerda aholining turli qatlamlariga mo'ljallangan "proezdnoy"lar bor, o'quvchilar uchun ham bor edi, shekilli. Lekin bilasizmi, Surxondaryoda shahrlar ichida umuman avtobusning o'zi yo'q, hamma yo'nalishli taksilar (Damas, RAF) da yuradi va yo'l kira haqi hammaga - 1-sinf o'quvchisimi u, katta yoshdagi kishimi, nogironmi, qariyami farqi yo'q - 200 so'm, vassalom! Yosh bolalar, yo'lning chetida turib, qo'llarida pulni ko'rsatib silkitishadi va taksilarni to'xtatishadi, aks holda haydovchilar to'xtashmaydi... Odamlar har xil, ularning ichida bemorlar bor, nogironlar, qariyalar bor, bizning uchqur Damaslar esa bilasiz qanday noqular, ichi tor va yo'lovchilarga ancha qiyinchilik tug'diradi. mashina to'lib qolganda o'rta o'rindiqda, eshik oldida o'tirgan odamga esa havas qilib bo'lmaydi - tush-chiq, tush-chiq... Qishqa esa, qo'yavering, uch kishi yonma-yon o'tirsa sigmay, eshiklar yopilmay qoladi

).