Bugungi kun mulohazalari  ( 1481723 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 ... 296 B


Abdulhafiz  26 Sentyabr 2009, 00:36:44

Ey chekuvchi do'stim! Sizning chekishingizdan musulmonlar qachon qutuladilar?!

Bugungi kunda shu qurg'urni(nomini yozmasam ham bilasizlar-a nimaligini) chekuvchilardan ozor yetdi va yetmoqda. Eng yomoni ramazonda taroveh namozlaridagisi bo'ldi, odamga qattiq tegarkan. Ba'zilariga bundan qaytarib gapiramizam, ba'zilariga gapirishga til bormaydi, til borsayam ularni diliga yetib bormaydi, yetib borsayam nafsiga gapini o'tqazolmaydi...
   Endi har kuni asabimizga tegadigani haqida: O'sha chekuvchi tanishiz bilan shundoq qo'l berib so'rashib o'tib ketasiz, qayerdandir o'shani hidi kelaveradi, hayron bo'lmang albatta qo'lizdan kelayotgan bo'ladi...
Xitobim: Ey birodar shuni chekmaslikni iloji yo'qmi?! Nafsizga gapiz o'tmayaptimi?! Unday bo'lsa, jamoat joylarga XUSUSAN MASJIDGA bunday badbo'y hid bilan kirishdan qayting!!! Zero Rosululloh s.a.v:"Sarimsoq va piyozni xom yegan kishi bizdan va masjidimizdan uzoq tursin" deganlar. Siz chekayotgan narsa bu ikkisidan ham badbo'yroqdir! Iloji boricha O'NG QO'LINGIZDAN uzoq tuting, so'rashganda birodaringizga ozor yetmasin!!!
Ushbu yomon odatni tark qilishingizda Alloh madadkor bo'lsin. :amn:

Qayd etilgan


Shokir63  27 Sentyabr 2009, 01:07:37

Iftordan keyin sigaret chekuvchilar

kun bo'yi haloldan o'zlarini tiyib, iftodan so'ng haromdan tiyila olmaganlariga haron qolaman

Qayd etilgan


Ansora  27 Sentyabr 2009, 08:59:22

Iftordan keyin sigaret chekuvchilar

kun bo'yi haloldan o'zlarini tiyib, iftodan so'ng haromdan tiyila olmaganlariga haron qolaman
Bir kuni din haqida savol-javoblar ko'rsatuvida bir tomoshabin telefon qilib, "Domla, meni do'konim bor, shular shularni sotaman, deb sigaretni ham sanab o'tdi. Do'konimning zakotini qanday to'layman, deb so'radi. Din ilmlari Profesori Jevat Akshit domla esa: "Sigaret sotasanmi, bolam bo'lmasa topgan tutganlaring harom, sen hech zakotini o'ylamay qo'yaqol, men necha yildan beri suhbatlarimda sigaretning harom ekanligini uqtirib o'taman, sen demakki mening gapirganlarimni hech diqqat bilan tinglamading, tinglasang ham jiddiyga olmading!
 Harom, harom, harom,,,,,,"deb javob bergandi

Domlamizning suhbatlari uchun link:

http://video.google.com/videoplay?docid=7552596908155121403#

Qayd etilgan


Ansora  27 Sentyabr 2009, 09:59:13

Kecha yonimizdagi "dom"da to'y bor edi. To'y bo'ldimi, bezillab turaman. Sababi to'ydan kelgan "navo" lar to'ydan ham ko'proq bizni uyda chalinayotganday odamni boshini og'ritib yuboradi. Derazalarning romlari "Pimapen" deyilgan turdan, yani tashqaridagi ovozni ichkariga juda kam "eshittiradi". Yo'q bu to'y ashulachilarining tang'ir-tung'urlari hech qanaqangi "chegara" tanimaydi. Bilaman, kimdir yaxshi niyat bilan to'y qilyabdi, kimdir baxtli bo'lmoqchi. Lekin boshqalarining haqqini yegan holda hech kim baxtli bo'la olmasa kerak. İlgari men ham qishloq to'ylariga ko'p borganman. Qishloda ko'p qavatli bino bo'lmagani uchun ovoz qayoqlargadir "uchib" ketaveradi, lekin shaharda bu ovoz baland binolardan biridan ikkinchisiga urilib, "siqilib" qolaveradi. Yoki bo'lmasa, menga o'hshab shovqindan juda qattiq boshi og'riydigan insonlarni uyiga yashirinib oladi:)
Men bechora, butun xonalardagi soatlarni to'htatib dars tayyorlaydigan odam edim:) Kecha ham juda allambalo ashula aytishayotgan edi, odamlar rosaa o'ynayotgandir, deb balkondan mo'raladim, to'yda atigi 20 kishicha bor, ular ham o'tirishibdi. Eee birodar, bo'lmasa nimaga shuncha shovqin solib, odamlarni huzurini qochiryabsan??? Ho'jayinim ishdan kelishi bilan shikoyat qildim, u esa: "ha nima qilsin, ashulachi pulini olgan, odamlar o'ynasa ham o'ynamasa ham hatto eshitmasa ham kelishilgan vaqtgacha chalishi kerak-da", deb javob berdi.
Bizda hali bu holatlar qanday bilmadim. Lekin bu yerda ham sekin sekin ozayyabdi, chunki insonlar menga o'hshab shikoyat qilishyabdi. Qaynonam taraflarda juda kam tashqardia to'y qilisharkan, sababi orqa mahallada tuman hokimi o'tiradi...20.00 dan keyin shovqin chiqqan joyda darrov polislar yetib borib, "tinch qilishadi". Bizni mahallada esa bu soat 23.00...dan keyin belgilangan emish!!! Ha hamma yerda "boshliqlar" tabiiy yana ham muhim!!!
Yana bir tarafi, endigina uyidan janoza chiqqanlar bor, shularni o'ylash kerak. Qolaversa uyida kasali, injiq chaqalog'i, ertasi kuni saharlab ishga, o'qishga ketadiganlari bor. Menimcha to'y qilgan odam, bularni ham o'ylashi va hech kimning haqqini yemasligi kerak.

Qayd etilgan


Ansora  27 Sentyabr 2009, 10:49:54

Kecha "Ayna" Oyna, degan ko'rsatuvda Finlandiyani ko'rsatishdi, vaqtim bo'lganichalik tomosha qildim. Finlandiyada Davlat oilasida yangi bola tug'ilgan har bir oilaga yangi tug'ilgan bola uchun ehtiyoji bo'lgan hamma narsani oila hoh boy, hoh kambag'al bo'lsin bir hilda uylariga jo'natishar ekan. Korobkani ichida yo'q yo'q. Sandiq kattaligia qutini ichida bola uchun adeyol, pampers, o'yinchoq, hatto tirnoq oladigan mitti qaychisi ham bor:)
 
Keyin ona bola tug'ilgandan keyin 3 yilgacha ishlaydigan joyidan maoshi davom etgan holda ta'tilga chiqar ekan!


Finlandiya hukumati nufusini orttirish va bolalarni moddiy manaviy kelishgan holda o'sihi uchun qo'lidan kelgan yordamni berayotgan ekan....

Qayd etilgan


Ansora  27 Sentyabr 2009, 11:55:50

Hozirgi kunda bir-birimizga bo'lgan hurmat-e'tibor kamayib, afsuski yerini manmanlik olyabdi....Xalqimizning takrorlanmas iste'dod egasi Erkin Vohidov bundan 53 yil oldin oltindan ham qimmat satrlarni qoralagan ekanlar...

КАМТАА ЛИК ҲАҚИДА

Гарчи шунча мағрур турса ҳам,
Лиёлага сгилар чойнак.
Шундай скан, манманлик нечун,
Кибру ҳаво нимага керак?

Камтарин бсл, ҳатто бир қадам
Ўтма ғурур остонасидан.
Лиёлани инсон шунинг-чун
Ўпар доим пешонасидан.
1956

Qayd etilgan


Ansora  27 Sentyabr 2009, 12:13:17

Yuqorida yozgan satrlarim bilan bog'liq o'tgan yili bir voqea yuz bergandi. Turkiyalik dugonlarimdan biri uyiga iftorga chaqirdi. Menikiga ham Qirg'iz dugonam Oycho'rak kelgandi, kel birga boramiz, dedik va mehmonga iftorlikka bordik.
Mehmonxonada esa, bir plakat osilgan, unda O'zbek choynagi va Turk stakanini rasmi bor pastda esa, yuqorida keltirilgan mashhur satrlar yozilgandi. Ko'rib ta'biri joiz bo'lsa, "qotib" qoldim. Rosa hayajonlandim, Uyda mendan tashqari 5-5 mehmon bor edi. Hammani unutdim, xayollarga toldim. Bu misralar meni O'zbekistonga yillar oldin bu she'rni yodlagan paytlarimga olib ketdi. Oycho'rak ham o'qidi va "ooo zamira, juda zo'r gap ekan, menga ham yozib ber, dedi. Himm Erkin Vohidov, kim o'zi deb, so'radi. Men esa, hayajondan faqat "biz u kishini juda yaxshi ko'ramiz"i deya oldim, xolos...Erkin Vohidov va asarlarini bir og'zi so'z bilan tushuntira olish,,,juda qiyin narsa...uni faqat yashash kerak, his qilish kerak...

Marmara Universitetidagi darslardan birida O'zbegim qasidasidan :

Тузди-ю Мирзо Улуғбек
Ксрагоний жадвалин,
Сирли осмон тоқига илк —
Қсйди нарвон сзбегим.

Мир Алишер наърасига
Акс-садо берди жаҳон,
Шеърист мулкида бслди
Шоҳу султон сзбегим.

satrlarini o'qib misol keltirdim, butun talabalar hayron bo'ldilar va Erkin Vohidov bilan bog'liq savollar berdilar. Erkin Vohidov-qadriga yetishimiz kerak bo'lgan, she'rlarining har misrasida olam olam ma'no mujassam shorimiz. U kishiga Allohdan uzoq, sihhatli umrlar tilayman...

Qayd etilgan


imlaah  27 Sentyabr 2009, 13:00:10

1998 yil O'z milliy universitetining bir nechta bitiruvchilari E.Vohidovning uyiga bordik.Maqsad boshlarini romol bilan o'ragan universitet bitiruvchisi bo'lgan dugonalarimizni diplomlarini faqatgina romollik bo'lganlari sababli bermayotganlari uchun deputat ,oliy majlis a'zosi va oshkoralik qo'mitasi  raisi eng asosiysi she'rlarida O'zbegim deb halq dardini yonib kuylaguvchi shoirdan haqtiqat uchun masul bo'lib turgan vazifalari shartidan yordam berishlariga umidimiz bor edi.Ammo she'r boshqa hayot boshqa ekanini va har bir tilidan duru oltin so'zlarni terib aytguvchi inson asli hayotda o'zgacha ekanini bilib qaytganmiz...
Huddi shu mavzu bilan T.Malikni ham uylariga borganmiz .Allah ajrlarini bersin adib o'ta hushmuomalalik bilan bizlarni qabul qilib juda go'zal ibrat bo'lgan edilar.Garchi amaliy yordamga imkonsiz bo'lsalar ham ruhiy dalda berguvchi go'zal ibrat bergan edilar qizlarga...

Qayd etilgan


Ansora  27 Sentyabr 2009, 13:20:42

Har bir so'z insonning shahsini belgilaydi, deb o'ylayman. Juda ko'p mahshur insonlarimizning ochiqcha ko'p narsalarni bajara olmayotgani va ayta olmayotganini yaxshi bilaman, his qilaman. Birgina "O'zbegim" qasidasining yuzidan ham shoirning ham hofizning boshiga kelganlarini eshitganman.
Erkin Vohidovning nasihatomuz she'rlari menga juda yoqadi, shahsiy hayotda qanday inson ekanliklarini bilmayman...

Qayd etilgan


imlaah  27 Sentyabr 2009, 13:33:01

Biz ham o'sha uchrashuvgacha o'zbeklarni ozodlik kuychisi deb bilar edik E.Vohidovni.Men ham so'zlarda insonning hissiyotlarini anglasa bo'ladi deb o'ylardim.Hatto bir qancha asarlari odamiylik va insoniylikni targ'ib qilguvchi buyuk zotlarni o'z shahsiyatlarida asarlarida kuylangan hissiyotlardan juda kam nasibador ekanliklarini ko'rganimdan keyin ham negadir fikrim o'zgarmadi..
Hudoyberdi To'htaboyev, T.Malik,Shavkat Rahmon,A'zam O'ktam kabi bir qancha yozganlaridan shahsiyatlarini ayro tutmagan adiblarni ko'rmaganimda balki adabiyotga tashnaligim hozirgidek saqlanib qolmagan bo'larmidi deb o'ylayman gohida...
Allah haqni kuylaguvchilarni o'zlarinida HAQqa bo'yinsundirib qo'ysin amiin.

Qayd etilgan