Bugungi kun mulohazalari  ( 1405776 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 ... 296 B


ЖАМШИДЖОН  01 Oktyabr 2009, 16:15:35

Maqtanish deb o‘ylamang-u, ancha ko‘rkam yigitman. Buni atrofimdagilardan ham ko‘p eshitganman. Onam ham doim: "œKo‘z tegmasin, shunday chiroyli o‘g‘lim bor", deb qo‘yadilar. Ularning gaplarimi yoki boshqalarning menga havas bilan qarashlari ta’sir qilganmi, ishqilib, o‘zimga ancha yuqori baho berardim. Yulduzga qo‘limni uzatsam bemalol uza olaman, deb o‘ylardim...

U oddiygina qiz edi. Bir guruhda o‘qirdik. Oyni uyaltirgudek malohati ham yo‘q edi. Oshiqlarni lol etadigan darajada go‘zal emasdi. Ammo kishini o‘ziga tortadigan nimasidir bor edi (bundaylarni istarasi issiq, deyishadi, shekilli). Avvaliga unga boshqa kursdoshlarimdek munosabatda edim. Ammo vaqt o‘tib, unga boshqacha qaray boshladim. Negadir uni ko‘rgim kelaveradigan bo‘lib qoldi. Oldiniga bu holatni o‘tkinchi deb parvo qilmadim. Bora-bora uni ko‘rmasam, bir narsamni yo‘qotgandek seza boshladim o‘zimni. Uni sevib qolganimni tushundim. Sevganda ham, yoniq harorat bilan sevdim.

Unga sevgimni izhor qilishga anchagacha botinmay yurdim. Nihoyat, yurak yutib, dardimni aytganimda esa, u sevgimni qabul qilmadi. "œMen sizni sevmayman!" deb ko‘zimga tik qarab aytdi. Lol bo‘lib qoldim. Ochig‘i, meni rad etishini kutmagandim...

Nahotki, yulduzlarga yetgan qo‘lim unga yetmasa?.. Hazil hazil

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  01 Oktyabr 2009, 16:18:27

Adashmasam, bir shoiraning "œJon berar oshiqni jonon suymaydi" degan misrasi bor edi. Ilk bor o‘qiganimda, hayron bo‘lganman: "œShu qadar sevadigan odamni sevmaslik mumkinmi?" deb. Ammo shoira bu satrni hayotiy tajribasidan kelib chiqib yozganga o‘xshaydi...

Bir odamga qattiq bog‘lanib qoldim. Uning quvonchi mening quvonchim, qayg‘usi mening qayg‘um edi. Har doim yonida bo‘lishni istardim. Og‘ir damlarda qo‘llab-quvvatlasam, quvonganida quvonchiga sherik bo‘lsam, derdim. Bor mehru muhabbatimni tutishga, haqiqiy do‘st bo‘lishga urinardim. Undan esa bu qadar javob kutmasdim, faqat ozgina mehrini mendan ayamasa kerak, deb o‘ylardim. Munosabatlarimiz shunchaki emasligiga umid qilardim. Endi bilsam, bekor umid qilgan ekanman. U meni do‘st deb bilish tugul, ishonchini ham ravo ko‘rmas ekan. Yuragimga qanchalik og‘ir botdi bu...

Men ko‘p narsa talab qilganim yo‘q-ku. Samimiy mehr istadim, xolos. Yoki odamga qanchalik yaqin bo‘lishga urinsang, u sendan shunchalik yiroqlashib boradimi?..

Qayd etilgan


Kumush  01 Oktyabr 2009, 16:25:33

Аёл киши тескари магнитга ухшайди. Якинлашсанг узоклашади. Узоклашсанг аксинча сенга талпинади.

У.Хошимов "Дафтар хошиссидаги битиклар".

Qayd etilgan


Ansora  01 Oktyabr 2009, 16:31:02

Sa'diy Sheroziy  hikoya qiladi:

"Nizomiya" madrasasida talaba edim. Kecha-kunduz darsimni takror etardim.
Bir kuni ustozimga: "Falonchi o'rtog'im juda hasadchi. Men bir hadisni maromiga yetkazib tahlil qilganimda, hasadchining yuragi siqilib, hech xursand bo'lmayabdi", dedim.

Ustozim esa, mendan bu gaplarni eshitib juda jahli chiqdi.
 
"Hey inson bolasi, demakki do'stingning hasad qilishi senga yoqmadi, shundaymi, juda yaxshi! G'iybatning esa yaxshi narsa ekanligini senga kim aytdi! Agar do'sting hasadlik qilib Jahannamga qarab yo'l olgan bo'lsa, sen ham bu ketishda u ketgan joyga qarab ketasan, faqat boshqa yo'ldan," deb javob bergan edi...






Qayd etilgan


Mahdiyah  02 Oktyabr 2009, 10:44:31


Pedagokikadagilar faqat pul ishlash maqsadida o'qituvchi bo'ladi, 2-3 bolani bo'sayam odam qili dimidi...
Meddagilar odam emas, mol do'xtiri bo'b yetishib chiqadi...
Iqtisodchi o'z foydasini, o'z schyotini o'ylidi...

Hamma shu ahvolda yuraversa, ertaga haqiqiy KRIZIS boshlanadi.



Ozgina adashdingiz. hamma pedagoklar ham pul olish uchun o'qituvchi bo'lishmaydi. Aksincha ko'proq aksariyat talabalar ularni shunga majbur qilishadi. Olmaganiga ham qo'yishmaydi. Misol uchun bizning institutda 1-2 ta o'qituvchilarni aytmasa hammasi yurakdan dars berishadi. Lekin uning gaplarini tinglaydigan talabalar judayam kam. U kimga gapirayapdi nima deyapdi ishi ham yo'q. Har bir domladan o'qib o'z bilimi evaziga 5 yoki o'ziga kerakli bo'lgan bahoni olish mumkin. U xoh poraxo'r bo'lsin, xoh boshqasi bo'lsin hamma hammasi o'qigan boladan pul olishga qo'rqishadi.
Iqtisodchilarni hammasi ham faqat schyotni o'ylashmaydi. Hozirda vaziyat biroz ijobiy tomonga o'zgarmoqda.

InshaAlloh hammasi o'z o'rniga tushib ketadi.

Man ham hamma pedagoklarni nazarda tutmadim.

O'zimni ham qancha tanishlarim bor pedagok.
Misol uchun bir dugonam (u ham su forum useri), u ham o'qituvchi.
Uni etishicha "1 chi darsimda hammada bo'lgani kabi o'quvchilar quloq solishmadi, to'palonliklar qilishdi, lekin keyin taktikani o'zgartirdim.
O'ylab, qay taraflama dars o'tishim kerak? Qanday qilib bolalarni qiziqtirishim mukin?
Nima qilsam bolalar darsga qiziqishi ortadi dib turli xil yo'llar bilan bolalarni darsga qiziqtira boshladim.
Dars vaqtida dasrlar bilan bog'liq o'yinlar ham o'ynab turdik..., kerakli vaqt boshqa mavzularda suxbat ham bo'ldi...
Keyin bolalarni muomilasi ham, darsga e'tiborlari ham o'zgardi.
Darslarda qiziqish bilan o'tiradigan bo'lishdi."


Mani fikrimcha ham bolani bezdirib qo'yishlik bilan ko'pchilik (Muhammad Amin! shu so'zimga e'tibor berin, hamma emas, ko'pchilik) pedagoklar o'z ishlariga loqaydlik qiladilar.
Darsni mazmunli o'tish, bolaga yetkazib bera olish pedagokni ishi emasmi?
O'zin kitobni topib, o'zin o'qib olaver deyishni hamma ham biladi?
O'quvchi psixologiyasida shunaqangi narsa borki, unga qiziq narsaga intiladi...,
kerakli vaqt uni maqtash ketak, kerakli vaqtda tanbex ham berib turish kerak.
Demak o'qitayotgan inson qiziqtira olishni ham bilishi kerak birinchi o'rinda.

Tog'ri xozirgi studentlar ichida darsga beetiborlari juda ko'p.
O'zim ham bunga ko'p guvoh bo'lganman.
Lekin bunda aybni faqat o'quvchi yoki o'qituvchiga bog'lashlik notog'ri.
Ilm o'rganayotgan inson avvalo o'zi uchun, kelajagi uchun o'rganadi, domlasi uchun, dekani uchun emas!

Eng kulgilisi o'zi ololmagan ilm uchun unga yetkazib berolmagan domlasiga, baho uchun "hadya" berishidir .

Xullas ikkala taraf ham o'z ishiga ma'suliyat bilan yondoshsa OLAM GULISTON.
Qornini o'ylagan odam ertaga o'ziniyam esidan chiqarib qo'yadi...
  :D

Qayd etilgan


Муҳаммад Соҳиб  02 Oktyabr 2009, 11:59:17

"Bugungi kun mulohazalari" :-) Men telefonimdan netga chiqyapman. Kechagina bir birodarimizga kompyuterimni yigishtirganimni aytib, endi kira olmayman deyayotgandim. Allohning mehribonchiligini qarang, siz aziyzlarning diydoridan ayirmadi.

Qayd etilgan


Ansora  02 Oktyabr 2009, 14:00:57

Yaqinda forumda shunday manzara paydo bo'ladi:

 Forumda: 5 mehmon (50 ta yashirin) borrr
    :7 :7 :7


Qayd etilgan


siddiqa  02 Oktyabr 2009, 14:10:24

Аёл киши тескари магнитга ухшайди. Якинлашсанг узоклашади. Узоклашсанг аксинча сенга талпинади.

У.Хошимов "Дафтар хошиссидаги битиклар".

teskari magnitniyam teskarisi o'zbegim ayollari ...............

Qayd etilgan


Ansora  02 Oktyabr 2009, 14:18:12

Shayton eng ko'p Din bilan shug'ullangan, Dinini yashamoqchi bo'lgan, Dinini yashayotgan insonlar bilan "ovora bo'lar" ekan.
 
Dindan uzoq kimsalarga esa: "Ha u bizdan zotan," der ekan...

Bu holatlarni keyingi paytda tv kanallarida Din haqidagi qizg'in tortishlamalarga shohid bo'lganim uchun ko'p ko'rdim.

Afsus, tortishmalardan ularni tomosha qilib, eshitib o'tirgan insonlar juda qattiq ta'sirlanib( men masalan) vaqtimizni behudaga sarf qilib Dinni o'rganib, yashashga sarf qilishim kerak bo'lgan vaqtimizni "sovuryabmiz"....

Ha shayton rostdan ham Dindor insonlar bilan ko'p ovora bo'layabdi...

Bir yerda oldinroq yozganimday doimo duo duo duo, so'nggi nafasgacha shaytonni sha'ridan qo'rinishimiz kerak ekan....

Juma kuningiz hayirli, duolaringiz qabul bo'lsin, birodarlar....

Qayd etilgan


Muhammad Amin  02 Oktyabr 2009, 14:50:51


Pedagokikadagilar faqat pul ishlash maqsadida o'qituvchi bo'ladi, 2-3 bolani bo'sayam odam qili dimidi...
Meddagilar odam emas, mol do'xtiri bo'b yetishib chiqadi...
Iqtisodchi o'z foydasini, o'z schyotini o'ylidi...

Hamma shu ahvolda yuraversa, ertaga haqiqiy KRIZIS boshlanadi.



Ozgina adashdingiz. hamma pedagoklar ham pul olish uchun o'qituvchi bo'lishmaydi. Aksincha ko'proq aksariyat talabalar ularni shunga majbur qilishadi. Olmaganiga ham qo'yishmaydi. Misol uchun bizning institutda 1-2 ta o'qituvchilarni aytmasa hammasi yurakdan dars berishadi. Lekin uning gaplarini tinglaydigan talabalar judayam kam. U kimga gapirayapdi nima deyapdi ishi ham yo'q. Har bir domladan o'qib o'z bilimi evaziga 5 yoki o'ziga kerakli bo'lgan bahoni olish mumkin. U xoh poraxo'r bo'lsin, xoh boshqasi bo'lsin hamma hammasi o'qigan boladan pul olishga qo'rqishadi.
Iqtisodchilarni hammasi ham faqat schyotni o'ylashmaydi. Hozirda vaziyat biroz ijobiy tomonga o'zgarmoqda.

InshaAlloh hammasi o'z o'rniga tushib ketadi.

Man ham hamma pedagoklarni nazarda tutmadim.

O'zimni ham qancha tanishlarim bor pedagok.
Misol uchun bir dugonam (u ham su forum useri), u ham o'qituvchi.
Uni etishicha "1 chi darsimda hammada bo'lgani kabi o'quvchilar quloq solishmadi, to'palonliklar qilishdi, lekin keyin taktikani o'zgartirdim.
O'ylab, qay taraflama dars o'tishim kerak? Qanday qilib bolalarni qiziqtirishim mukin?
Nima qilsam bolalar darsga qiziqishi ortadi dib turli xil yo'llar bilan bolalarni darsga qiziqtira boshladim.
Dars vaqtida dasrlar bilan bog'liq o'yinlar ham o'ynab turdik..., kerakli vaqt boshqa mavzularda suxbat ham bo'ldi...
Keyin bolalarni muomilasi ham, darsga e'tiborlari ham o'zgardi.
Darslarda qiziqish bilan o'tiradigan bo'lishdi."


Mani fikrimcha ham bolani bezdirib qo'yishlik bilan ko'pchilik (Muhammad Amin! shu so'zimga e'tibor berin, hamma emas, ko'pchilik) pedagoklar o'z ishlariga loqaydlik qiladilar.
Darsni mazmunli o'tish, bolaga yetkazib bera olish pedagokni ishi emasmi?
O'zin kitobni topib, o'zin o'qib olaver deyishni hamma ham biladi?
O'quvchi psixologiyasida shunaqangi narsa borki, unga qiziq narsaga intiladi...,
kerakli vaqt uni maqtash ketak, kerakli vaqtda tanbex ham berib turish kerak.
Demak o'qitayotgan inson qiziqtira olishni ham bilishi kerak birinchi o'rinda.

Tog'ri xozirgi studentlar ichida darsga beetiborlari juda ko'p.
O'zim ham bunga ko'p guvoh bo'lganman.
Lekin bunda aybni faqat o'quvchi yoki o'qituvchiga bog'lashlik notog'ri.
Ilm o'rganayotgan inson avvalo o'zi uchun, kelajagi uchun o'rganadi, domlasi uchun, dekani uchun emas!

Eng kulgilisi o'zi ololmagan ilm uchun unga yetkazib berolmagan domlasiga, baho uchun "hadya" berishidir .

Xullas ikkala taraf ham o'z ishiga ma'suliyat bilan yondoshsa OLAM GULISTON.
Qornini o'ylagan odam ertaga o'ziniyam esidan chiqarib qo'yadi...
  :D


Gaplarizga qo'shilaman. Lekin mening fikrimcha ko'proq ayib talabalarning o'zida. Mana o'zimning kursdoshlarimdan misol har bitta domlalarimiz jon kuydirib dars o'tishadi. Lekin ular quloq ham solishmaydi. Bazi darslar ma'navyat darsiga aylanib ketadi. Shunday talabalar borki ularga gapirish umuman befoyda. ba'zi domlalar shunchalik mehr bilan gapiradiki hatto ko'zlaridan yosh chiqib ketadi. Shunday o'qituvchilarning borligiga ming shukur. InshaAlloh shunday ustozlar ko'payadi degan umiddaman.

Qayd etilgan