"œOCHIQ"
Yorqinjon qori hikoya qiladi:
"œQo’qonda inqilobdan avval bittagina yuzi ochiq ayol bo’lgan ekan. Uni hamma beshqo’ldek bilib, nafratlanib, laqabini ham "œOchiq" deb atashar ekan.
"¦ Oradan yuz yil ham o’tmadi. Endi odamlar qo’li bilan "œfalonchi ro’mol o’ragan" deb ko’rsatyapti"¦ O’zi yoshgina ekan-u, lekin "œbabushka" bo’vopti" deyishyapti"¦"
Assalamu alaykum.
Kecha xuddi shunga o'xshash bir gap eshitib qoldim...
Uyimga mehmon bo'lib kelgan qizlardan biri bilan shunga o'xshash mavzu haqida gaplashdik.
U hikoya qildi:"Uch kun oldin bir sovchi keldi. Meni ko'rganidan keyin, xuddi boshqa sayyoradan kelgan kishini ko'rgandek hayron bo'lib, onamga:"Vooooyyyy, qizingiz ro'mol o'raydimi?" dedi. Onam:"Haa, qizim ro'mollangan" desala, u ayol:"Bizga "madaniyatli" qiz kerak edi, uzr", deb chiqib ketdi.Onam:"Ey,Alloh shunaqa insonlardan O'zing asraganing uchun O'zingga shukr" dedilar.
Alloh taolo har kimga o'ziga o'xshagan juft ato qilsin.

Bilmadim nima sabab ro'mol o'raganlarni "madaniyat" dan uzoq, hich narsaga aqli yetmaydigan dib o'ylashadi. Bunaqa holga ko'p tushganmiz. Masalan, ishxonada ishlab yurgan paytimda rus tilida so'zlaydigan insonlar bilan ko'p muloqatda bo'lishga to'g'ri kelardi. Negadur rus millati vakillari kelib hech qanaqa ortiqcha savollarsiz murojat qilib, ishlarini yaxshi hal qilib ketardi. "Yangi o'zbeklar" esa(o'zlaricha rus tilini o'z ona tillaridan ustun qo'yishni madaniyat sanaydiganlar) kelib, avval manga qarab, o'zimga murojat qilmay, yonimda ishlaydiganlardan "Bu o'zi rus tilini biladimi, tushunadimi?" deb so'rashardi. Allahga shukur rus tilini ular kabi ona tilim sanamasamda, rus tilidan muammo yo'q, darrov man ham rus tilida javob qilardim. Ko'zlari chiqib ketguday bo'lib "Vay san ham bilasanmi rus tilini?" dib qo'yishardi. Ishlari bitgach, ba'zilari uzr so'rar, ba'zilari esa ensasi qotib ketaverardi. Tovba, bu kabi ishlarni ko'raverib ko'nikib ham ketarkansan kishi.
Kecha o'qishda ham shu kabi voqea sodir bo'ldi. Darsda o'tirgandik, bir o'quvchini onasimi, holasimi kelib darsizni ko'raman, dib darsda o'tirdi. Juda "zamonaviy" ayol ekan. O'tirdiyu hammani ko'zzdan kechira bo'shladi. Nigohi mada to'htadi. Manga boshdan oyoq nazar solib chiqdi

Ensasi qotti. (Birov sizga tikilib qarasa baribir sezilarkan, ahamiyat bermay disangiz ham). Hullas, dars boshlandi, uy vazifasini topshirdik. Man topshirayotganimda, og'zimga qarab qoldi, hayolidan nima kechgan bilmadim, unisi Allohga havola, lekin mandan bunaqa javob kutmagandek dovdirab qoldi. Ingliz tilni rus tilidek gapirmasamda, lekin qiynalib ham qolmayman, Allahga shukur.
Allahga shukur ro'moldagi qizlarni ma'daniyatli sanashmasada, Alloh "madaniyatlilar" ni oldida hich qachon muslimamlarni hor qilmaydi! Alloh barchamizni O'zi muhofaza qilsin! Amin!!!